O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Isroil-Yahudiya davlatlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Isroil-Yahudiya davlatlari 
Er. avv. XII asrda Falastin hududida kelgindi 
ko’chmanchi isroil qabilalari va mahalliy xananlar 
birlashib 12 qabila ittifoqini shakllantiradilar.
Er. avv. XI asr boshlarida Falastinda temir 
qurollar ishlab chiqarishda yetakchi bo’lgan filistimlar 
hukmronligi o’rnatiladi. Isroil qabilalari filistimlarga 


289 
qarshilik ko’rsata olmaydi. Falastinda isroil qabilalari 
Misrdan kelib o’rnashadilar. Er. avv. XIII asrda o’n 
ikki yahudiy qabilalari Falastinga bostirib kirib, 
mahalliy Xanaan shahar-davlatlarini bo`ysundirganlar. 
Yahudiy so’zi etimologik jihatdan «daryo ortidagi 
aholi» degan ma'noni bildiradi. Saylab qo’yiladigan 
yo’lboshchi-Shofetlar (“Qozi”), oliy kohinlar 
vazifasini bajarib, qabila ko’ngilli qo’shinlariga 
boshchilik qilganlar va tinchlik paytida ajrim ishlari 
bilan shug’ullanganlar. Er. avv. XI asrning oxirida
yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy 
jamiyatga o’tish yuz bergan. Saylab quyiladigan
yo’lboshchilar o’rniga merosiy podsho hokimiyati 
shakllanadi. Filimstyanlar bilan bo’lgan janlar 
davomida podsho qilib Saul saylanadi. U birinchi 
merosiy podsho bo’ladi. Saul Filistimlar bilan bir 
necha g’olibona urushlar olib boradi, lekin navbatdagi 
urushda mag’lub bo’lgani uchun o’zini o’ldiradi. Er. 
avv. 1000-yillar atrofida Saulning oddiy jangchisi 
bo’lgan Dovud Isroil podshosi bo’ladi. Dovud 
markazlashgan harbiy-byurokratik davlat tuzishga 
harakat qiladi. Dovud (1010-970 yillar) podsholigi 
davrida markazlashgan davlat tuziladi. Bosib 
olingan Quddus yangi davlatning poytaxti bo’lgan.
Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat 
organlari tuziladi. Podsho kritlik va filistimlardan
o’ziga sodiq yollanma qo’shin tuzadi. Dovud faol 
tashqi siyosat olib boradi. U filistimlar bilan sulh


290 
tuzadi. Iordan daryosi ortidagi yerlar filistimlar va 
janubiy Suriya oromiylarini bo’ysundirib davlat 
chegarasini Akab qo`ltig`iga olib boradi.
Dovudning taxtini uning kichik o’g’li Sulaymon 
(Er. avv. 970-930-yillar atrofida) egallaydi. Sulaymon 
davrida qurilish ishlari keng yo’lga qo`yiladi. Uning 
davrida Quddusda xudo Yaxva sharafiga ibodatxona 
quriladi. Davlat hududi 12 okrugga bo’linadi. 
Ularning har biri yilda bir oy podsho saroyiga oziq-
ovqat yetkazish majburiyatini olganlar. Mehnat
majburiyati joriy qilinadi. Rivoyatlar Sulaymonni 
dono va adolatli podsho deb tariflanadi. Haqiqatda esa 
Sulaymon hokimiyatparast hukmdor bo’lib, aholiga 
ko’plab soliq va majburiyatlarni yuklagan. Boshqa 
xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat yuritgan. 
Sulaymon podsholigining so’nggi yillarida 
shimolda Damashq podsholigi kuchayadi. 
Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan norozi bo’lgan 
10 shimoliy yahudiya qabilalari ajralib chiqib, Isroil 
podsholigini tashkil qiladilar. Uning poytaxti yangi 
qurilgan Samariya shahri bo’lgan. Dovud sulolasi 
hukmdor bo’lgan Quddus podsholigi uning bosh 
qabilasi nomi bilan Yahudiya deb atalgan. Ikkala 
podsholik ham bir-biri bilan dushmanchilik 
munosabatida bo’lib vaqti-vaqti bilan konfederatsiya 
tashkil qiladilar. Yahudiyani parchalanganidan 
foydalangan. Misr firavni Shishonk I er. avv. 926-
yilda Falastinga yurish qilib Yahudiya va Isroilni 


291 
bosib oladi. Er. avv. VIII asri o’rtalaridan-VI 
asrlarida Sharqiy o’rtayer dengizi.
Er. avv. I ming yillikda Falastinda savdo-
hunarmandchilik, dehqonchilik rivoj topadi. Tashqi 
savdo kuchayib, ortiqcha g`alla va boshqa mahsulotlar 
Tir shahriga sotiladi. Yerga xususiy mulkchlik paydo 
bo’ladi. Er. avv. VIII-VI asrlarda Falastinda quyidagi
4 toifa mavjud bo’lgan: dunyoviy zodagonlar, diniy 
zodagonlar (koxinlar, payg`ambarlar), yerli xalq 
(erkin aholining asosiy qismi), begona yurtliklar 
(kelgindi va ko`chib kelganlar), eng pastki pog`onada
qullar turgan.
Er. avv. VIII asr o’rtalarida Osuriya, (er. avv.
732-722 yillar) Damashq va Isroil davlatlarini tor-
mor qiladi. Tir-Sidon podsholigining katta qismi 
Osuriya tomonidan bosib olinib, tobe hududga 
aylantiriladi. Finikiyaliklar Osuriya zulmiga qarshi 
kuchli qarshilik ko’rsatdilar. Yuz yil davomida Tir 
shahri 5 marta Osuriya tobeligidan qutulishga harakat 
qildi. Tirning shunday ikkinchi qarshiligini podsho 
Sinaxxeribni er. avv. 701-yilda bostirishi natijasida 
Tir shahridan boshqa barcha Finikiya shaharlari 
ajratib tashlanadi. Natijada Tir-Sidon podsholigi 
dengiz orti hududlari bilan tugatiladi. Osuriyaning 
g’arbiy qismiga skiflarning hujumi Sharqiy o’rtayer 
dengizi qirg’og’ida Osuriya hukmronligiga chek 
qo’yadi.


292 
Yahudiya podshosi Iosiya (er. avv. 640-609-
yillar) davlat mustaqilligini tiklab, podsholar Dovud 
va Sulaymon davridagi davlat chegaralarini tikladi. 
Misr esa Frot daryosigacha bo’lgan yerlarni bosib 
olib, er. avv. 616-yilda bobilliklarga qarshi 
Mesopotamiyada osuriyaliklarga yordamga keladi. Bu 
vaqtda Tir shahri vaqtinchalik butun Finikiyada 
yetakchi davlatga aylanadi. Tir savdogarlari er. avv. 
VII asr oxiri VI asr boshlarida Kichik Osiyoning 
sharqi va Janubiy Arabistonga suqilib kirdilar, 
Ispaniyadan kumush hamda Britaniyadan qo’rg’oshin 
tashiganlari ehtimoldan holi emas. Iosiy davrida 
Yahudiyada monoteistik harakat boshlanadi. Yaxva, 
yagona xudo deb e’lon qilinadi.
Osuriyaning halokatidan keyin Sharqiy o’rtayer 
dengizi Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat maydoniga 
aylanadi. Er. avv. 609-yilda firavn Nexo II Megiddo 
yonidagi jangda Iosiya qo’shinlarini yenib, Yahudiya 
Misrga tobe bo’ladi. Misr va Bobil o’rtasidagi raqobat
oxir-oqibatda er. avv. 587-yilda Yahudiyani halokati, 
yahudiylarning Mesopotamiyaga asir qilinib olib 
ketilishi, butun Sharqiy o’rtayer dengizini Bobilga 
tobe bo’lishi bilan yakunlanadi. Er. avv. 539-yilda
axmoniylar tomonidan Bobilni bosib olinishi bilan bu 
hududda forslar hukmronligi o’rnatiladi va
Ahmoniylar Quddus uning atrofidagi hududlarga 
cheklangan muxtoriyatlar berdilar. 


293 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling