Sharqiy O’rtayer dengizi madaniyati Sharqiy o’rtayer dengizi hududini eng katta
yutug’i alfavitli yozuvni yaratilishi edi. Er. avv. II
ming yillikda Sharqiy o’rtayer dengizi shaharlarida
savdo-hunarmandchilik, dengizchilikni taraqqiyoti,
barchani qondiradigan savdo ishlarini tez yuritishga
imkon beradigan oddiy yozuvni yaratishni talab qildi.
Er. avv. XV-XII asrlardayoq Ugaritda o’ttiz belgili
mixxat alfaviti qo’llanilgan. Finikiya alfaviti yanada
takomillashgan tizim bo’lib yunonlar tomonidan qabul
qilinib, keyinchalik barcha zamonaviy alfavitlarga
asos bo’ldi.
Sharqiy o’rtayer dengizi xudolar panteoni tabiat
kuchlarini aks ettiradi. Har bir shaharni o’z homiy
ma’budi bor edi: Bal (hokim) yoki El (xudo), ba’zida
Melek (“podsho”, boshqacha aytilishi Molox), Tir
shahrida Mel’kart (“shahar podshosi”), ayol ma’buda
Astarta (Mesopotamiyada Ishtar). Falastinda er. avv.
VIII-VI asrlarda monoteistik ta’limot keng tarqaldi.
Ugarit va Ebla shaharlarida hashamatli
me'morchilik inshootlari saroylari bunyod qilingan.
Dengizchilik kemasozlik sohalari yuksak darajaga
ko`tariladi. Yog`och va toshdan podsho va
ma'budalar haykallari yasalgan. Er. avv. 600-yillar
atrofida firavn Nexo buyrugi bilan finikiyaliklarni
dengizchilik tarixida ilk bor Gibraltar orqali
Atalantika okeaniga chiqib, Afrikani aylanib o’tishlari
294
buyuk kashfiyot edi. Finikiyaliklar mohir kemasoz
bo’lganlar. Ularning kemalaridan misrliklar va
boshqa Old Osiyo xalqlari keng foydalandilar.
Tayanch iboralar Tavr, Bibliya, Lazurit, Naramsuen, Megiddo,
Quddus, Laxesh, Xalpa, Yamxad, Ugarit, Giksos,
Filistim, Utika, Damashq, Benxadad III, Dovud,
Sulaymon, Xudo Yaxva, Axmoniylar, Finikiya, Ebla,
monoteizm.