O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Qadimgi Sharq tarixiga kirish
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Qadimgi Sharq tarixiga kirish
Kirish Qadimgi Sharq deb, shartli ataladigan bepoyon geografik hudud g'arbdan sharqga qadimgi Karfagen 6 joylashgan hozirgi Tunisdan, Xitoy,Yaponiya va Indoneziyagacha, janubdan shimolga-hozirgi Efiopiyadan Kavkaz tog'lari va Orol dengizining janubiy qirg'oqlarigacha cho`zilib ketgan. Bu yerda qadimda mavjud bo`lgan ko`p sonli sharq davlatlari tarixda muhim rol o`ynaydi: Qadimgi Misr podsholigi, Bobil davlati, Xett davlati,ulkan Osuriya imperiyasi, Finikiya, Suriya va Falastindagi kichik davlatlar, Frigiya, Lidiya davlatlari, Eron tog' tizmasidagi davlatlar,jumladan Yaqin Sharq hududlarini o`z tarkibiga kiritgan qudratli fors Ahmoniylar davlati, Hindiston, Xitoy, Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyo hududlaridir. Insoniyat tarixida ibtidoiy jamoadan sivilizatsiyaga o`tish shaharlarning paydo bo`lishi, ularning hokimiyat va diniy markaz sifatida shakllanishi ibodatxona, saroylar qurilishi, yozuvni paydo bo`lishi bilan va shuningdek jamiyatda turli sinflar va davlatchilikni paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Qadimgi sivilizatsiyalar davri, qadimgi dunyo tarixi fani tomonidan o`rganiladi. Tabiiyki sivilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda eramizdan avvalgi IV ming yilliklardan jamiyatning taraqqiyoti natijasida turli ijtimoiy qatlamlarni paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi turli geografik hududlarda, turli davrlarda tugallandi. Jumladan Old Osiyoda Qadimgi Sharq tarixi Makedoniyalik Iskandarning yurishlari (er. avv. IV 7 asr.) bilan tugallandi, Janubi y va Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun eramizning I ming yilligini II yarmigacha davom etdi. “Qadimgi Sharq” geografik tushunchasi shimoliy-g`arbiy Afrikadan Tinch okeanigacha va buyuk cho`ldan Hind okeani va Saxaragacha bo`lgan ulkan hududni qamrab oladi. Asosan bu hudud subtropik iqlimli, juda issiq va quruq yozi, yumshoq qishi bilan ko`zga tashlanadi. Qadimgi Sharq xalqlarining sivilizatsiyalari asosan buyuk daryolar Nil, Dajla va Frot, Hind, Gang, Xuanxe, Yanszi, Amudaryo kabi daryo havzalarining unumdor vodiylarida sun`iy sug`orishga asoslangan xo`jalik hayotini samarali rivojlanishi bilan ajralib turadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi jahon xalqlari taraqqiyotining keyingi rivojlanishiga samarali ta`sir ko`rsatadi va uning poydevori hisoblanadi. Qadimgi Sharqni mamlakatlar bo`yicha o`rganib borish qulayroq bo`ladi. Bunday o`rganish umumiy taraqqiyot yo`lini ham mahalliy xususiyatlarni ham aniqlashga yordam beradi: bu ayirmalar o`zining juda xilma xillligiga qaramasdan taraqqiyot qonuniyatini o`zgartirmaydi. Asosiy e'tibor yirik daryolar vodiylarida vujudga kelgan, Sharq (Misr, Ikki Daryo oralig'i, Hindiston, Xitoy keyinroq Xorazm) kabi davlatlarga qaratiladi. Tog'li mamlakatlar (Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Eron) uchun boshqa sharoitlar xarakterlidir, bu joylarda jamiyat va davlat ancha keyin vujudga kelgan. 8 Dasht yerlarida cho`l sharoitida o`ziga xos xo`jaliklar tarkib topgan, ularda ko`chmanchi chorvachilik ustunlik qilgan. Qadimgi Sharq xalqlarining tarixini er. avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmida Nil va Frot vodiylarida ilk davlatlar va jamiyatlar paydo bo`lishidan boshlab o`rganish qabul qilingan. Qadimgi Sharq tarixining so`ngi davri Makedonniyalik Iskandarning Yaqin Sharq, Eron tog'ligi, O`rta Osiyoning janubiy qismi va Hindistonning shimoliy-g'arbiy qismini er. avv. IV asrning 30-20 yillaridagi istilolari bilan tugaydi. Iskandar yurishlari bilan Ellin davlatlari vujudga keldi. O`rta Osiyo, Hindiston va Uzoq Sharq mamlakatlari tarixida antik davr eramizning III-V asrlarigacha, qaysiki bu hududlarda antik ishlab chiqarish munosabatlari yemirilgan vaqtgacha o`rnatiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling