O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
33 Qadimgi Misrda sinfiy jamiyat va davlatni paydo bo’lishi Mamlakat va aholi Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab keng Nil deltasini hosil qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi 1 kmdan 20 km.gacha) aytiladi. Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan. («Yegipet» nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha «Xetkau-Ptax» yoki xikupta «xudo Ptaxning ruhi kal'asi» ma'nosini bildiradigan so`zdan kelib chiqqan.) Misrliklar o`z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli yeriga qarab Kemet-«qora yer» deb ataganlar. Misr Afrika qit'asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo`yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog'langan. Misr 34 Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O`rtayer dengiziga tutashgan. Gerodot “Misr-Nilning sovg`asi”-deb ta'riflaydi. Chunki Nil daryosi Misr iqtisodiy hayotida yetakchi o`rin tutgan. Nilda har yili 19 iyunda toshqin ko`tarilgan. Bu toshqin sentabr o`rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o`z o`zaniga tushgan. Ekilgan yer aprel-mayda hosil keltirgan. Nil daryosi Misr iqtisodiyotining asosi dehqonchilikda muhim o`rin tutgan. Mo`l-ko`l hosil sun'iy sug'orish asosida olingan. Misrliklar dehqonchilik ishlariga ko`ra yilni 3- mavsumga bo`lganlar: “to`la suv mavsumi”-Nil toshqini (iyul o`rtalari), «ekin, unish mavsumi» ekishdan hosil yig'ishgacha bo`lgan qishloq xo`jalik ishlarini to`liq sikli (noyabr va may o`rtalari), «quruq mavsum»-yerni dam olish vaqti va shafqatsiz jazirama (may o`rtalaridan iyul o`rtalarigacha) davri. Suv omborlari qurilib, Nil vodiysi to`g'on, kanallar bilan to`g'ri burchakli havza (basseyn)larga bo`lingan. Ekinlar: arpa, bug'doy, kunjut, kanop, emmer (polba) xurmo, kokos palmalari, akatsiya (qurilish materiallari uchun), uzum va mevali daraxtlar o`sgan. Asosiy ovqat hisoblangan baliq ko`p bo`lgan. Chorva mollari: qo’y, echki, sigir, eshak, cho`chqa boqilgan. Qazilma boyliklar: granit, bazalt, diorit, alebastr, shifer, ohak. Memfis yonida yirik tosh konlari, o`rta Misrda Fiva yaqinida alebastr konlari va Sinay yarim 35 orolida boy mis konlari bo`lgan. Oltin Shimoliy Nubiya va Arabiston yarim orolidan olib kelingan. Aholi: Qadimgi Misrliklar o`rta bo`yli, to`ladan kelgan, soqoli qirilgan, sochlari qisqa qirqilgan.Ozgina turtib chiqqan daxan. Qalin lablar, uzunchoq bosh, «negroid» va «Osiyo» belgilari qo`shilgan. Kiyimlar qisqa, old yubka, lungidan iborat bo`lgan. Ovqat: arpa non, emmer bo’tqasi, quruq baliq, piyoz, sarimsoq va bodring. Qadimda misrliklar dunyo tarixida birinchi bo`lib pivoni kashf qilganlar va arpadan tayyorlangan pivo asosiy ichimlik bo`lgan. Go`sht kam iste'mol qilingan. Nil vodiysida qadimgi aholi Saxara, Liviya sahrosi va Efiopiyadan er.avv.VI ming yillik oxirida kelib joylashgan. Bu etnik guruhlarning qo`shilishidan qadimgi Misr xalqi kelib chiqqan. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling