O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Ijtimoiy munosabatlar 
Avvalgidek Misr jamiyati uch qatlamga bo’lingan 
edi: hukmron tabaqa quldorlar, ustaxonalar,uy egalari: 
kichik mayda ishlab chiqaruvchilar, o’z mehnati bilan 
kun kechiruvchi hunarmand va dehqonlar: o’z 
mulkiga ega bo’lmagan qaram qullar. Yangi 
podshohlik davrida ijtimoiy qatlamlar va ijtimoiy 
tizimda ularning ichida ko’pgina o’zgarishlar yuz 
bergan. Quldorlik munosabatlari mustahkamlangan. 
Yuz minglab asirlar qullarga aylantiril. 1-3 qulga esa 
bo’lgan mayda quldorlar paydo bo’lgan. Hukmron 
tabaqa va uning tarkibida keskin o’zgarishlar yuz 
bergan. Aslzoda bo’lmagan, ma'muriyatda o’rta va 
kichik lavozimlarni egallagan, fir'avnga qaram 
bo’lgan kichik va o’rta quldorlar paydo bo’ldi. Ular 
fir'avn hokimiyatini asosiy tayanchi edilar. 
Hukmron tabaqa ichida xizmatdagi zodagonlar, 
qo’shinning qo`mondon tarkibi, merosiy zodagonlar, 
xudo Amon boshchiligidagi oliy kohinlar alohida 
o’rin egallaganlar. Nom zodagonlari va oliy kohinlar 


94 
XVIII sulola davrida istilochilik urushlaridan ulkan 
boylik orttirdilar. Yillar davomida moddiy boyliklarni 
to’plab olgan. Fiva kohinlari davlat hokimiyatiga 
kuchli ta'sir o’tkazib fir'avnlarni siyosatiga faol 
aralashganlar. Fiva kohinlari bilan nom zodagonlari 
va xizmatdagi zodagonlar o’rtasida kuchli qarama-
qarshilik paydo bo’lgan. Natijada bu kurash 
Exnatonning diniy islohatlari bilan tugagan.
Misrdagi ijtimoiy vaziyat ziddiyatli edi. 
Istilochilik yurishlari davrda iqtisodiy o`sish ma'lum 
holda barqaror bo’lgan, ammo, mehnatkash aholining 
ahvoli og`ir bo’lib qolavergan. 
Davlat boshqaruvi 
Yangi podsholik davrida davlatni idora qilishning 
murakkab apparati vujudga kelgan. O’sha vaqtdan 
qolgan juda ko’p hujjatlar markaziy va mahalliy idora 
tizimi bilan tanishib chiqishimizga imkon beradi. 
Markazlashgan byurokratik idora tizimi borgan sari 
kuchayib boradi. Ota-bobosi fir'avnlar bo’lgan 
Yaxmosning ittifoqdoshi bo’lgan Al-kaba 
nomarxlaridan tashqari, boshqa viloyatlarning ilgarigi 
mustaqil hokimlari o’z mustaqilliklarini yo`qotganlar 
va fir'avnga tamomila itoat qilishga majbur etilganlar. 
Mamlakat Shimoliy va Janubiy Misrni o’z ichiga 
olgan ikkita katta ma'muriy okrugga bo’lingan; 
okrugga fir'avnning maxsus hokimi qo’yilgan. Bu esa 
idora qilish ishini yanada ko’proq markazlashtirishga 


95 
imkon bergan. Nomlarni idora qilish podsho 
amaldorlari qo’liga topshirilgan. Har bir viloyatning 
boshida maxsus amaldor turgan. Uning mirzasi va
alohida devoni bo’lgan. Shaharlarni fir`avn
tayinlagan maxsus mansabdorlar boshqarganlar.
Hujjatlarda sud ishining qanday tashkil 
qilinganligiga oid ba'zi bir ma'lumotlar saqlanib 
qolgan. O’sha davrdayoq sud qonunlari to’plami 
bo’lgan. Shunday tasvirlar saqlanib qolganki, bu 
tasvirda biz sud mahkamasida bosh sudyaning 
o’tirganini va uning oldida bir sandiq bo’lib, uning 
ichida 40 ta qonunlar to’plamining yozilgan matni 
borligini ko`ramiz. Exnaton III o’zini «Qonun 
o’rnatuvchi» deb atagan. U o’z yozuvlarida qonunga 
doim rioya qilinganligini bayon qiladi. 
Bu davrda boshqaruv xodimlari soni o’sib 
ketdi,boshqaruv bo`g`inlari ko’paydi. Lavozimlar aniq 
darajalarga bo’linadi. Tutmos III ning bosh vaziri 
Rexmirning davlat apparatini murakkabligini 
ko’rsatadigan yo`riqnomasi bizgacha yetib kelgan. 
Ushbu hujjatga ko’ra XVIII sulola davrida davlat 
apparati bir necha bo`g`inlarga bo’lingan. Bu 
yo`riqnoma quyidagi so’zlardan boshlanadi. «Shahar 
boshlig`i, janubiy shahar va qarorgoh vaziri vazir 
devonida o`sha tora-vazir majlis ko’rganida shu vazir 
devonida eshitib turgan chog`da qilishi lozim bo’lgan 
hamma ishlar xususida farmoyish u vazir kursisida 
o’tiradi. Yerga boyra solingan, tepasida taxtiravon, 


96 
uning orqasida ham teri, oyoq ostida ham teri ...yoyib 
tashlangan qo’lida aso, oldida 40 kun uning kamida 
ikki tomonida janubning 10 ta kibori, ichki qasr 
boshligi uning o’ng tomonidan daromadlar boshlig`I, 
chap tomonda vazirning mirzalari qo’liga yaqin joyda 
turadigan… ». Bu yo`riqnomaga qaraganda bu oliy
mansabdagi amaldor butun mamlakatni idora qilish 
ishini o’z qo’liga olgan. Markaziy boshqaruv apparati 
bir necha bo`g`inlarga bo’lingan. Xazina boshlig`i, uy 
boshqaruvchisi (soliq yig`uvchi, xiroj to`lovchi) 
ekinlar mudiri, chorva boshlig`i, qabulxona 
boshlig`i, sud mudiri, harbiy palatalar boshlig`i kabi 
vazifalariga ega bo’lgan vazir qoshida 10 ta yuqori 
Misr amaldorlari bo’lgan. Keyingi bugin hududiy 
ma'muriy boshqaruv apparati bo’lgan. Rexmir 
yo`riqnomasiga ko’ra vazir to’rtta ma'muriy 
hududlarni boshqaradigan amaldorlarni tayinlagan. 
«U (vazir) Yuqori va Quyi Misr va Yuqori Misrning 
janubiy qismi (Fiva boshchiligidagi poytaxt okrugi). 
Nilning viloyati. Ular barcha yuz bergan voqealar 
to’grisida har to’rt oyda hisobot berishlari kerak. Ular 
vazirlarga o’zlarini boshqaruvlari yozuvlarini 
yetkazadilar».(O’sha davrdagi hujjatdan parcha…) 
Davlat xavfsizligi uchun muhim bo`lgan 
qo`shinda yollanma askarlar soni ko’paytirilgan. Shu 
maqsadda Liviya qabilalaridan ko’plab askarlar 
olingan, qo`mondonlik tarkibi va qo`shinning moddiy 


97 
ta`minoti mustahkamlangan. Tashkiliy jihatdan 
qo’shinlar shimoliy va janubiy qismlarga bo’lingan. 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling