O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
Iqtisodiy - ijtimoiy
munosabatlar Misr avvalgi gullab yashnagan zamoniga qaraganda tushkunlik davrini kechirayotgan bo’lsa ham, xo`jalik hayoti batamom to’xtab qolmagan edi. Misrliklar bu davrda hunarmandchilik ishlab chiqarishning ba'zi bir sohalarini hatto anchagina mukammallashtirgan ham edilar. Ular jezdan har xil buyumlarni, nafis haykallarni juda mohirlik bilan ishlay olganlar. Bu xaykalchalarni kumush yoki oltin tolalari bilan bezaganlar. Takushet nomli misrlik ayolning Efiopiya-Sais davriga oid haykalchasi shunday tolalar terib ishlash texnikasining ajoyib namunasidir. Podsho Pasebxaning yaqinda Tanisdan topilgan kumush sarkofagi (tobuti) metallni badiiy jihatdan ishlash sohasida ajoyib yutuqlarga erishilganini ko’rsatadi. To’qimachilik kasbi ham yuksak darajada rivojlangan. Misrda to`qimachilik ishlab chiqarishining alohida markazlari vujudga kelgan. Shunday markazlardan biri Memfis bo’lgan. To’qimachilar va yigiruvchilar sexga o’xshash alohida-alohida guruhlarga birlashganlar. To`qimachilik ishining xatto Tait degan aloxida ma'budasi O’rta Misrda to`qimachilik ishining Xets- 127 xetep («PokiRaxmat») degan xudosi mavjud bo’lib, unga sajda qilganlar. Fayans buyumlar ishlab chiqarish rivojlangan. Fayansdan har xil uy-ro`zgor buyumlari, bo`yi 25 smga yetadigan nafis haykalchalar yasalgan. Boylar va chet ellarga chiqarish uchun tayyorlanadigan ziynat buyumlari jumlasiga har turli xushbo`y va upa-elik buyumlar ham kirgan. Shu davrdayoq nilufardan maxsus moy olishni bilganlar, bu moy amaldorlarni yangi mansabga tayinlash vaqtida ularning yuziga surtish uchun ishlatilgan. Er.avv.I ming yillikda iqtisodiyotdagi xal qiluvchi omil xo`jalikda temirdan foydalanish bo’ldi. Er.avv.VII-VI asrlardayoq Misrda temirni ishlash texnologiyasi o’zlashtirib olindi. Hunarmandchilikda metall ishlash yetakchi tarmoq bo’ladi. Bu davrga kelib topilgan hujjatlardan savdo yanada rivojlanib va murakkablashib borganligidan guvohlik beradi. Chet el savdogarlari Misrga tez-tez kelib ketib turganlar. Tashqi savdoda Misrning asosiy sheriklari Finikiya va Karfagen bo’lgan. Misr savdogarlari yunon polislari bilan savdo aloqalari o’rnata boshlaydilar. Fir'avn Nexo davrida Nil daryosini Qizil dengiz bilan tutashtiradigan kanal qurish yuzasidan katta ishlar olib borilgan. Bu kanal qurilishi bilan Misrdan Nubiyaga va hatto undan nari Puntga to’gridan-to’gri boradigan suv yo`li ochilar edi. Gerodot ma'lumotiga ko’ra, 128 Nexoning buyrug`i bilan finikiyalik dengizchilar kemada Afrikani aylanib chiqqanlar. Misr Kichik Osiyodagi Kariya-Lidiya xalqlari bilan keng savdo olib borgan. Tashqi savdoning rivoji va Misrning yunonlar bilan bo’lgan iqtisodiy aloqalarining mustahkamlanishi natijasida pul xo`jaligining ilk shakllari paydo bo’ladi. Misrning iqtisodiy jihatdan vaqtincha bunday rivoji quldorlardan va yer egalaridan iborat aslzodalarning hukmron qatlamini, kohinlar liviyalik harbiy aslzodalar, yunon savdogarlarning hamda ma'lum darajada yollanma askarlarning boyib ketishiga sabab bo’ladi.Misrliklar o’zlariga kerakli mollarni ko’p qismini avvalgidek, Suriyadan keltirganlar. Gerodotning yozishicha Misr podshosi Yaxmos II misrliklar uchun bir qonun chiqargan. Bu qonunga muvofiq Misrning har bir fuqarosi tirikchilik qilish uchun qanday mablag`larga ega ekanligini har yili viloyat boshligiga kelib aytishga majbur bo’lgan. Buni bajarmagan odamga yoki qonuniy yo’l bilan topilgan mablag`lar hisobiga yashayotganini isbot qila olmagan kishiga o’lim jazosi berilgan. Bu qonun tufayli Misr aholisi goyat farovonlikda yashaganligi ko’rsatiladi. O’sha davrning ijtimoiy tuzumidagi yana bir xususiyat shu ediki, mansab va kasb otadan bolaga meros bo’lib o’tgan. Shu sababli, koxin, askar va hunarmandlarning tor doiradagi ijtimoiy guruhlari maydonga kelgan. Bu toifaviy yopiqlik yurish-turish 129 va urf-odatlarning an'anaviyligida ham yaqqol ko`rinadi. So’nggi davr mafkurasida e'tiqod, urf-odat, unvonlarga, til, adabiy uslubida, me'morchilik va san'atda qadimiylikka qaytish kayfiyati hukm suradi. Qadimgi va O’rta Podsholik davri «Oltin asr» deb atalib, bu davr siyosiy ideal sifatida tasavvur qilindi. Misrda bu davrda yunonlarning ta'siri seziladi. Yunon va Misr san'atining o’zaro ta'siri jarayoni kuchaydi. Misrga qo’shiqchi va shoirlar-Orfey, Musey, Gomer, Dedal, Likurg va Solonlarning sayoxat qilgani to’g`risida afsonalar mavjud. Yunonlarning vaza san'atida Afrika, Misr motivlari: lotos, raqsga tushayotgan negrlar, Misr ma'bud va ma'budalari keng tasvirlangan. Gerodot Misr tarixini o’z sayohatidan olgan taassurotlari, odamlardan eshitgan hikoya, qissa, ertaklar asosida yoritishga urinadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling