O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Tasviriy san`at va memorchilik


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/244
Sana06.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1333272
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Tasviriy san`at va memorchilik 
Nilning aholisi, moddiy resurslari va Misrning 
siyosiy qudrati memorchilik va tasviriy san`atning 
gullab yashnashiga sabab bo’ldi. Memorchilik va 
tasviriy san`at sekin –asta mavjud tuzumni, uning 
davlatchiligini va ma'naviy qadriyatlarini mafkuraviy 
oqlashga xizmat qila boshladi. 
Misr memorchiligi, haykaltaroshligi va rel`yef 
san'atida badiiy vosita va bosh maqsadlarni asosiy 
arsenalini shakllantirdi. San'atning diniy e`tiqodga 
o’ta qaramligi yaqqol seziladi. Er. avv.III ming 
yillikdayoq Misr san'atining yetakchi yo`nalishlari 
bo’lgan xudo va fir`avnlarning cheksiz qudrati 
g`oyasini tashkil etish shakllandi. Bu g`oyalar 
piramida va ibodatxonalar, ulkan haykallarda o’z 
aksini topdi. 
Me'morchilikda xudo fir'avn piramida-qabrlari, 
ibodatxonalar qurish ustivor ahamiyat kasb etdi. 
Sog`onalarning ikki xili: yer usti sog`onalari (VI 
sulola piramidalari) va qoyaga o`yilgan sog`onalar 
(yangi podsholik davrida) keng tarqaldi.
Piramida va sog`onalar qurish uchun I-II sulola 
fir'avnlari dafn qilingan mastabalar namuna bo’lib
xizmat qildi. III sulola fir'anvni Joser uchun 


147 
balandligi 60 m bo’lgan zinapoyasimon ilk piramida
mastaba o’rnida qurildi. Bu kichrayib borayotgan olti 
ustma-ust qo`yilgan mastaba edi. IV sulola fir'avni 
Xufu piramidasi (146,6 m balandligi, uzunligi 233 
m, maydon hajmi 54 ming.kv.m, 2 tonna 2,3 mln. 
tosh), Xafra piramidasi (balandligi 140 m, uzunligi 
asosi 220 m), Xafradan keyin piramidalar kichik
hajmda qurila boshlandi. Ibodatxonalar qurilishi 
o’zgacha me'morchilik shaklida bo’ldi. Karnak va 
Luksorda Amon-Raga bag`ishlab ibodatxonalar 
qurildi. Bu ibodatxonalar xarobalari bizgacha yetib
kelgan. Ular juda baxaybat hajmda, atrof manzaraga 
qo’shilib ketgan, hashamatli bezalgan edi. Ularda
yuzlab keng xonalar, katta hovlilar, xudolarning
ulug`vor haykallari, sfinks, pilonlar va alleyalar 
mavjud. Karnak ibodatxonasida kolonna zali 5,5 
ming kv.metr bo’lib, 134 kolonna bor. 12 markaziy
kolonnaning balandligi 21 m, 10 m. aylanasi 15 m. 
Har qaysi kolonnaning yuqori maydonida yuz 
kishini joylashtirish mumkin. Ibodatxonada 500 ta 
toshdan, 17 ming jez haykal va haykalchalar mavjud 
bo’lgan qadimda yashirib qo’yilgan joydan topilgan.
Dayr-al Baxrdagi malika Xatshepsut ibodatxonasi 
va Ramzes III ning Madinat Abudagi (Fiva) 
ibodatxonalari ulug`vor qurilgan. Yana shunday 
ibodatxonalar qoyalarga uyib yasalgan (Ramzes III
ning Nubiyadagi Abu Simbel ibodatxonasi). 


148 
Yana bir me'morchilik san'ati namunasi podsho 
saroyi qarorgohi monumental shaklda qurilgan. 
Barcha ibodatxona va saroylar rel'yeflar, boy devoriy 
rang tasvirlar bilan bezatilgan.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling