O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
217 Shumer-Bobil madaniyati Yozuv. Maktab Mesopotamiya – jahon sivilizasiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk o`choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo’lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o’zlashtirib, davom ettirdilar. Mesopotamiya madaniyatining manbalari er. avv. IV ming yillikda shaharlar paydo bo’lishi bilan boshlandi. Uning uzoq yashash davrida unga xos ichki birlik, an'analarni merosiyligi, uning unsurlarining ajralmas aloqasi saqlanib qoldi. Mesopotamiya madaniyatining boshlang`ich davri o’ziga xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo’lib uning barcha jihatlarini birlashtirgan an'analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. 218 Er.avv. IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi paydo bo’ldi. Taxminlarga ko’ra bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga qadar noma'lum xalq tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni sivilizasiya xizmatiga qo’ydilar. Dastlab shumer yozuvi piktografik shaklda alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Shunday yozuvdan eramizdan avvalgi III ming yillikdan boshlab foydalanilgan. Piktografiya juda sodda bo’lib, haqiqiy yozuv emas edi, u so’zlarni ifodalamas edi. Sekin-asta u mixxatga aylandi. Mixxatga 600 belgi bor edi. Er. avv. XXIV asrda ilk batafsil yozilgan shumer matnlari paydo bo’ldi. Akkad tili janubiy Mesopotamiyada er.avv. III ming yillikning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Shumer va akkad tillari bir- biridan ko’pgina so’zlarni o’zlashtirib oldi. Er. avv. III ming yillikning oxirida qadimgi Shumer–akkad lug’atlari tuzilgan. Shumer yozuvi keyinchalik shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari o’zlashtirib oldilar. Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. Qadimgi Meosopotamiyada loy mo’l-ko’l edi. Loy taxtacha yozuv uchun asosiy manba bo’lib, xizmat qildi. Taxtacha loydan yasalib tuzlardan kuydirish yo`li bilan tozalangan. Mesopotamiyada o’rmon bo’lmaganligi sababli, faqat eng muhim matnlar yozilgan loy taxtachalar (podsho yozuvlari, 219 kutubxonada saqlanishi lozim bo’lgan asarlar) kuydirilgan. Qolgan taxtachalar oftobda quirtilgan. Odatda, taxtachalar yetti-to’qqiz sm. uzunlikda bo’lgan. Yozuvlar ba'zida tosh va metall taxtachaga ham yozilgan. Er.avv. I ming yillikda bobillik va osuriyaliklar yozuv uchun teri va chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlaganlar. Shu vaqtni o’zida Mesopotamiyada yog`ochdan qilingan uzun taxtachaga mum surtib mixxat belgilarini tushirganlar. Er. avv. VII asrdan boshlab oromiy tili va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari o’limga yuz tutdi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling