O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Qadimgi dunyo2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Damashq podsholigi
Finikiya
Er. avv. II ming yillik oxiri I ming yillik boshlarida Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`i shaharlari qayta tiklandilar. Vayron qilingan Sidon shahri qayta qurildi, bu shahardan ko’chgan bir qism 286 aholi Tir shahrini egallab, uni qayta quradi. Shundan so’ng barcha finikiyaliklar o’zlarini umumlashgan holda nomlana boshladilar. Sharqiy o’rtayer dengizi qirg`og`ida finikiyaliklar xalqaro savdoda yetakchi o’rinni egalladilar. Shuningdek Misrning tashqi savdosida birinchi o’rinda edilar. Finikiya shaharlarida kemasozlik, dengizchilik yuqori darajada rivojlanadi. Finikiyaliklar O’rtayer dengizi havzasida o’zlarining o’nlab koloniyalarini barpo qiladilar. Tir va Sidon shaharlari bu yo’nalishda faol harakat qiladilar. Er. avv 1100 yilda Tir Shimoliy Afrikada o’z koloniyasi Utikani barpo qiladi. Taxminan shu vaqtda Tir shahri Ispaniyada Gades koloniyasini tashkil qiladi. Finikiyaliklar G`arbiy Sitsiliya, Sardiniya, Malta va Balear orollarini ham egallaydilar. Tir va Sidon shaharlari birlashib yagona davlat tuzadilar. Tir-Sidon podsholigi podsho Xiram (Er. avv. 969-936-yillar.) davrida gullab-yashnaydi. Finikiya shaharlari Tir, Sidon va Bibl tranzit savdo bilan shug`ullanib, Misr va Bobilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarini Yunonistonga, yunon hunarmandchilik mahsulotlarini Sharqqa sotadilar. Finikiya kemalari yo’l-yo’lakay dengiz qaroqchiligi bilan ham shug`ullanganlar. Damashq podsholigi Damashqning yuksalishi er. avv. II ming yillik oxirida Arabistondan kelgan somiy qabilalaridan biri 287 oromiylar bilan bog`liq. Ular Arabistonda tuya boqish va ko’paytirish bilan mashg`ul bo’lganlar. Er. avv. I ming yillik boshlarida oromiylar Suriya va Shimoliy Mesopotamiyada oromiy-xurrit aholisini to’la assimilyatsiya qiladilar. Bu vatga kelib, oromiy tili Old Osiyoda asosiy tillardan biriga aylanadi. Er. avv. II ming yillik oxirlarida kontinental Suriyada savdo yo`llari kesishgan nuqtada Arabistondan kelgan somiy qabilalaridan biri oromiylarning Suriyadagi bosh markazi Damashq shahri kuchayib ketadi. Damashq podsholigining iqtisodiyoti rivojlangan chorvachilik, butun Yaqin Sharqqa mashhur bo’lgan qurolsozlik va oliy navli jun bilan vositachilik savdosiga asoslangan. Damashq podsholari Qadimgi xurrit podsholari unvonlarini eslatadigan “Xudo Bo’ri O’g’li” (“Ben- Xadad”) unvonini olganlar. Er. avv. IX asr o`rtalarida Damashq osur podsholari Ashshurnasirpal II va Salmanasar III ni Sharqiy o`rtayer dengizi hududida bosqinchilik urushlariga qarshi kurashda hal qiluvchi rol o`ynaydi. Er. avv. 853-yil Damashq podshosi Ben Xadad II va Isroil podshosi Axav boshchiligidagi birlashgan qo’shin Qarqara yonidagi jangda Salmanasarni 120 ming kishilik qo`shini hujumini qaytardi. Er. avv. 841-yilda esa Salmanasar Damashq qo`shinlarini yengadi va shaharni qamal qiladi, lekin uni ishg’ol qila olmaydi. Er. avv. VIII asr boshlarigacha Osuriya 288 Sharqiy o’rtayer dengizini bo’tsundirishga harakat qiladi, lekin bu yerda o’rnasha olmaydi. Er. avv. IX asrning II yarmida Damashq podshosi Benxadad III Isroilning Iordan daryosi ortidagi mulklarini qo’lga kiritadi, janubiy Falastinga ham kiradi va yahudiyadan xiroj oladi. Damashq podshosi Benxadad III shimoliy Suriyani 17 hokimini birlashtirib, ularni Orontdagi o’zining raqibi Xamat podsholigiga qarshi qo`yadi. Er. avv. IX asr oxirida beto’xtov urushlar sababli zaiflashib qolgan Damashq Osuriya podshosi Adadnerari III qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Osuriyaliklar bu yrda ulkan miqdorda temirni o’lja sifatida oladilar. Sharqiy o’rtayer dengizida birinchilikni da'vo qilgan qudratli davlatlar Tir-Sidon va Damashq bilan bir qatorda kichik davlatlar ham mavjud bo’lgan. Jumladan, Shimoliy Suriyadagi Karxemish boy savdo hunarmandchilik markazi bo’lgan. Xett davlati yemirilgach, u mustaqil bo’ladi va xett tili, xett madaniy an'analarini saqlab qoladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling