O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet268/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Etrusklar. Rim podsholik davrida

Etrusklar


Er. avv. I ming yillik boshlarida Italiyaga Kichik Osiyodan etrusk qabilalari kelib o’rnashdi. Latinlar ularni etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki tersenlar deb atadilar.

Etrusklar tarixi bo`yicha sog’ona, dafn toshlari, qo’rg’oshin taxta, ko’za, muxrlarda mavjud bo’lgan 11 ming etrusk yozuvlari mavjud. Ularning ko`pchiligi bag’ishlov, in’om mazmunida bo’lib qisqa yozilgan.

Etrusklar to’g’risidagi ilk aniq ma’lumotlar er. avv. VIII asrga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari O’rta Italiyada Tibr va Arnus daryolari oralig’ida Rimliklar Etruriya (hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to’plangan. Etrusklar dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Temir va misdan ajoyib buyumlar yasalgan. Ular vositachilik savdosi bilan ham shug’ullanganlar. Etrusk shaharlarini qadimdan rasman podsholar boshqardilar, er. avv. VI asrda ularni o’rnini magistratlar egalladilar. Amalda hokimiyat zodagonlar (harbiy-kohin zodagonlarluqumonlar) qo’lida edi. Etrusklar janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o’z koloniyalarini barpo qildilar. Er. avv. VII-VI asrlarda Etruriyada markazi Volsiniya shahri (Bu shaharda etrusklarning oily xudosi kertumnani ziyoratgohi bor edi.)bo`lgan, etrukslarning 12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyosatiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan.

Aholisi ko`p sonli va boy Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tarkviniya, Vulchi, Tsere kabi etrusk shaharlari bo’lgan, Etrusk me’morchiligi yuqori darajada shakllangan bo’lib keng ko’chalar (kengligi 10-15 metr), maydon, kvartal, mudofaa devorlari, tosh kuprin, suvquvurlari va kanalizatsiyalarni mavjudligi buning dalilidir. Etrusklar kuchli harbiy flotga ega bo’lib Misr, Fnikiya va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan savdo qilganlar va dengiz qaroqchiligi bilkan shug’ullanganlar.

Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqobat qildilar. Er. avv. 535-yilda Etrusklar Alaliya yonidagi jangda (Korsikada yaqinida ) yunonlarni tor-mor qiladilar. Korsikani etrusklar qo’lga oldi. Shu vaqtda etrusklar Latsiya, Kampaniya va shimoliy Italiyani bir qismi Etrusklar qo’lida edi. Er. avv. VI asrning birinchi yarmi Etruriyani iqtisodiy-siyosiy hayotini yuksalish davri edi.

Er. avv. VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha boshladi. Ular birdaniga yunon, rimliklar va gallarni siquvi ostida qoldi. Er. avv. 524-yilda yunonlar Kampaniyada etrusklarni tor-mor qildilar. Er. avv. 509-yilda rimliklar so’ngi etrusk podshosi Tarkviniy mag’rurni shahardan haydab yuboradilar.

Er. avv. 265-yilda Voliniyani qulashi bilan rimliklar Etruriyani to’la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida Etrusklar romanlashtirish jarayonida o’z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan qo’shilib ketdilar.

Etrusk san’ati tarixi to’rt davrga bo’linadi:

Birinchi davr er. avv. VIII-VII asrlar, arxaik er. avv. VI asr, klassik er. avv. V-IV asrlar va ellin er. avv. IIII asrlar. Etrusk shaharlarida qal’a inshootlari qoldiqlari, ibodatxona xarobalari, ularni barchasi odatda tuf va travertindan qurilgan. Etrusklar qobiliyatli injenerlar bo’lib pishiq ko’priklar va yo’llarni quruvchilar edilar. Jahon san’at tarixiga mansub mashhur etrusk maqbaralari Kvyuzi, Cherveteri Vulchi Volterra va Mantanoli burtma naqshlar, jez va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan, luqumonlarning naqshin sog’onalari, dafn ko’zalari jezdan yasalgan diniy va kundalik, zargarlik nafis, yuksak san’at asarlaridir. Bizgacha Tarkveniy Mag’rur oldida ishlagan haykaltarosh afsonaviy Vulku ma’lum. Shuningdek etrusklarni jezdan bunyod qilingan noyob haykallari “Kapitoliy ona bo’risi” va “Ximere” (er. avv. V asr) butun dunyoga tanilgan haykallar hisoblanadi.

Etrusklarning dini asosida odamlarni qurbonlik keltirish bilan o’liklarga, ruhlar va devlarga e’tiqod qilish yotar edi. Oliy xudo Vertumn hisoblangan. Uning orqasida triada: Tiniya, uni va Menerva (rimliklarda-Yupiter, Yunona va Minerva). Qolgan xudolar fufluns keyin u rimliklar tomonidan VakxDionis bilan, Maris-Mars bilan, Aplu-Apollon bilan, Turms-Germes bilan tenglashtirilgan edi.

Etrusk madaniyatini shakllanishiga Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari, yunon dunyosi ijobiy ta’sir qildi. O’z navbatida etrusk sivilizatsiyasi rim madaniyatini rivojlanishida jiddiy ta’sir ko’rsatdi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling