O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Apennin yarim orolining qadimgi aholisi


Download 0.77 Mb.
bet265/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Apennin yarim orolining qadimgi aholisi


Arxeologik qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashganini tasdiqlaydi. Ular dastlab g’orlarda yashaganlar va ovchilik bilan shug’ullanganlar. Er. avv. 1800 yillar atrofida Apennin yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o’rnashdilar. Ular bilan Terra – Marra (italyancha-“qora unumdor yer”) dehqonchilik madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan ko’tarilgan ustunlarda qurilgan yoki uylarda yashaganlar to’g’ridan – to’g’ri qirg’oqda qurilgan. Keyinchalik bu madaniyatning vakillari latin, samnit, umbrlar qabilalariga bo’linib ketdilar.

Er. avv. 1000 yilliklar atrofida qabilalarning yangi to’lqini Villan madaniyatini (Bolqoniya yaqinidagi joy nomi bo’yicha) olib keldilar. Bu madaniyat vakillari o’lik mayitlarni gulxanda yoqib, kulini maxsus idishlarda saqlar edilar.

Er. avv. VIII asrda Italiyada ikki til guruhida so’zlaydigan latin – sikull, sabin-umbrlar tashkil qildilar. Latinlar dastlab qadimgi Latsiya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning yuqori qismida samnitlar togli Samnit viloyatida, shimoliy Kampaniya, Apuliya, Lukaniya va Bruttiyada yashadilar. Volsklar tili umbrlar va sabin qabilalariga yaqin bo’lgan Volsk hududida latinlardan janubda yashadilar.

Aterna daryosining so’l qirg’og’ida vestin va marusin qabilalari joylashdilar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo ibtidoiy edi. Italiyaliklar kelishigacha mamlakatni shimoli-g’arbidagi ligurlar italiyaliklar kelishigacha eng qadimgi tub joy aholisi edi. Jez davri boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Italiyaning shimoliy g’arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylashgan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular dastlab Sitsiliyada yashar edilar. Keyinchalik ularni Finikiya va yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davrda Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar mehnatidan foydalanib jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga erishganlar. Er. avv. I ming yillikda yarim orolning aholisini asosiy qismini hind-yevropa qabilalari bo’lgan italiklar, illiriyaliklar va yunonlar tashkil qildi.

Yunonlar ilk bor Italiyaga er. avv. II ming yillikda paydo bo’ldilar. Er. avv. VIII asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada ko’plab yunon koloniyalari barpo qilina boshlandi. Janubiy Italiyada shunday koloniyalardan Lokri, Sibaris, Tarent va Kroton, Sitsiliyada esa Sirakuza, Gela va Akragant koloniyalariga asos solindi. Yunonlar dehqonchilik, chorvachilik va vositachi savdo bilan shug’ullandilar. Yunon koloniyalarida savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik gullab yashnadi. Bu koloniyalar o’z ona vatanlari

Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo va boshqa hududlar bilan faol savdo aloqalarini yo’lga qo’ydilar. Vaqt o’tishi bilan bu hudud buyuk Yunoniston nomini oldi. Yunon koloniyalarida ijtimoiy-siyosiy hayot keskin ziddiyatli edi. Yunonlarning ilg’or ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, polis tuzumi, madaniy turmush tarzi mahalliy qabilalarni tarixiy taraqqiyot jarayoniga ta’sir qilib, ularda ilk sinfiy jamiyat va davlat tashkilotini shakllanish jarayonini tezlashtirdi. Tarentlik Liviy Andronik Rim adabiyotining asoschilaridan biri hisoblanadi.

Er. avv. I ming yillik o’rtalarida Po vodiysida kel`t qabilalri o’rnashdilar. Ular bosh kiyimlarini xo’roz patlari bilan bezar edilar, shu sababli Rimliklar ularni gall (latincha gallus-“xo’roz”) deb atadilar. Er. avv. VI asrdan boshlab Sitsiliya va Italiyaga finikiyaliklar kela boshladilar.

Er. avv. III asrda Italiya hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga birlashdi. Natijada bu yerda yashagan turli qabila va xalqlar bir-biri bilan yaqinlashib romanlashish jarayonini boshdan kechirdi. Er. avv. I asrga kelib latin tilida so’zlashadigan yagona italiyan xalqi shakllandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Italiya deb atala boshlandi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling