O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


I BOB Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi


Download 0.77 Mb.
bet262/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

I BOB



Rim tarixiga kirish. Italiya va uning qadimgi aholisi


Apennin yarim oroli va uning aholisi

Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqlar mamlakati”) deb dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli o’rtayerdengizi dunyosining eng markazida joylashgan bo’lib, qadimda qulay geografik va iqlim shart-sharoitlariga ega edi. Italiyani sharqdan, janub va g’arbdan Ligur, Tirren, Ioniya va Adriatika dengizlari o’rab, uni O’rtayerdengizining barcha mamlakatlari bilan bog’lagan edi. Er. avv. I ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim zonasida bo’lib, Apennin yarim orolning qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Shimolda uning tabiiy chegaralari Alp tog’lari, janubda Messin qo’ltig’I uni Sitsiliyadan ajratib turar edi. Italiyaning g’arbiy qirg’og’i qulay buxtalarga boy bo’lkib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi.

Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lganligi uchun bu yerda tariq, bug’doy, polba ekilgan, bog’dorchilik zaytun daraxtlari va uzumchilik bilan shug’ullanganlar. Qadimgi Italiya suv va o’rmonlarga boy edi. Qadimda foydali qazilmalar ko’p emas edi: temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush, qurilish toshi, marmar, loy, tuz.

Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan: Shimoliy (Liguriya, Alp orti galliyasi va Venetsiya), o’rta (Etruriya, Latsiya. Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy) va janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Bruttiya).

Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib Arelin tumanida Adriatik dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismi markaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o’rta Evropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Er. avv. V asrda Po vodiysiga gallar ko’chib kelib, u erdan etrusklarni siqib chiqardilar. Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizlal’p galliyasi” deb nom oldi. U sispadan Galliyasi Poning o’ng qirg’og’i va tarnspadan Galliyasi (daryodan shimol tomondagi viloyat) ni o’z ichiga oladi. Italiyani o’zi Apennin janubidan boshlanadi. Markaziy Italiyani G’arbiy qismi madaniyat tarixida o’z er tuzilishiga ko’ra muxim rol’ o’ynadi. Bu erda etrusk (hozirgi Florentsiya), latin markazi Rim, Kampaniya (Kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik etadi. Bu erdan kemachilik uchun qirg’oqlari qulay tabiiy portlari bo’lgan Tibr daryosi oqib o’tadi.

Latin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban, janubdan Vol’sk tog’lari bilan o’rab turishi yarim orol tarixida latin xalqlarini yuksalishiga sabab bo’ladi. Italiyani sharqiy qismi tog’lik bo’lib, janubga tomon mars, piligin, marrusen, vistenlar vatani yovvoyi sabin tog’lari cho’zilib ketadi. Undan so’ng Samnit tepaliklari etadi.

Janubiy Italiyaning g’arbiy qismida samnitlarga qarindosh tog’li qabilalar joylashgan tog’lik Lukaniya va Bruttiya yotadi. Sharqiy qismida suvsiz Apuliya va Kalabriya viloyatlari bo’lib bu erda Tarent qo’ltig’i orqali Yunonistondan kolonistlar kelgan. Bu erda Tarent, Regey, Kroton, Metapont, Posidoniya, Eleya kabi ko’p sonli yunon koloniyalari barpo etilib buyuk Yunoniston deb atalgan.

Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o’rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu erga ilgariroq finikiyaliklar kelib Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar. Qadimdan Italiyada apelsin va limon daraxtlari o’stirilgan. Italiyaga xurmo va anorni karfagenliklar olib keldilar. Yunonistonga qaraganda Italiyada hosildor yerlar ko’proq. Ayniqsa Po vodiysi, Kampaniya, viloyati tsikurn va falern navli vinolari bilan mashhur edi. Italiyada dehqonchilik uchun juda ko’p botqoq yerlar quritilib, sun’iy sug’orish ishlari amalga oshirildi. Bu ishning moxir ustasi etrusklar edi. Mamlakatda metal juda kam bo’lgani uchun u chetdan olib kelingan. Faqat Etruriyadan mis va qo’rg’oshin, El’ba orolida temir qazib olingan. Metalga ishlov berishda etrusklar katta yutuqlarga erishdilar.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling