O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim tarixini davrlashtirish


Download 0.77 Mb.
bet264/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Rim tarixini davrlashtirish


Rivoyatlarga ko’ra Rim shahriga er. avv. 753-yil 21-aprelda asos solingan. “Qadimgi Rim" tushunchasi o’n ikki asrdan ortiqroq tarixni o’z ichiga olgan (er. avv. 753-yil 21-apreldan boshlanib, eramizning 476-yil 23-avgustida G’arbiy Rim imperiyasining halokati bilan tugallandi) davlat jamiyat va sivilizatsiyani o’z ichiga oladi. Boshida uncha katta polis bo’lmagan Rim er. avv. 265-yilga kelib, butun Italiyani o’ziga bo’ysundirdi, er. avv. II asr o’rtalarida eng qudratli o’rtayerdengizi davlatiga aylandi. Eramizning I-II asrlariga kelib, O’rta yer dengizi qadimgi sivilizatsiyalarini ulkan madaniy merosini o’zlashtirgan bepoyon imperiya bo’ldi. Jahon tarixida antik madaniyatning buyuk yutuqlarini qabul qilgan, o’zlashtirgan va keyingi avlodlarga yetkazgan davlat va jamiyat sifatida Qadimgi Rimning muhim o’rni belgilanadi. Qadimgi Rim davlati va jamiyati tarixi uzluksiz taraqqiyot jarayonida bo’lgan iqtisodiy-siyosiy, madaniy va ijtimoiy voqelikdir. Rim tarixi uning taraqqiyotini belgilovchi tarixiy jarayonlarga ko’ra olti davrga bo’linadi:

Podsho Rimi (er. avv. VIII-VI asrlar). Bu vaqtda urug’ qabila munosabatlari, tuzilmalari yemiriladi, ilk sinfiy jamiyat paydo bo’ladi

va Rimning bo’lajak siyosiy,ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotida asos bo’lib xizmat qilgan ilk davlat muassasalari shakllanadi;

Ilk respublika davri (er. avv. V-III asrlar). U Italiyada quldorlik jamiyati va davlatining intensiv taraqqiyoti bilan belgilanadi;

So’ngi respublika davri (er. avv. II-I asrlar). Bu vaqtda klassik qulchilik shakllanadigan

Rim o’rtayerdengizi davlati tashkil topadi;

Ilk imperiya yoki printsipat (eramizning I-II asrlari). Bu davr Rim imperiyasining oltin davri, O’rta- yer dengizi antic sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, iqdisodiyot va madaniyatning o’sishi bilan belgilanadi;

Umumiy tushkunlik Rim imperiyasining

yemirilish xavfi (eramizning III asri). Bu davrda Rim jamiyatining barcha tuzilmalarida kuchli tushkunlik belgilari yaqqol ko’rinadi va Rim davlatchiligining halokati xavfi tug’iladi;

So’ngi Rim imperiyasi yoki Dominat (eramizning IV-V asrlari). Bu davr quldorlik jamiyatining yemirilishi, uning bag’rida feodalizmning ilk belgilarini shakllanishi va g’arbiy Rim imperiyasini qulashi bilan belgilanadi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling