O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim respublikasining tashqi siyosati


Download 0.77 Mb.
bet287/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Rim respublikasining tashqi siyosati.

Bo’lib o’tgan voqealar senat hokimiyatining samarali boshqaruvi yo’qligini xalq kengashi ahamiyatining o’sishi va beqarorligini, siyosiy arboblarni o’sib borayotgan roli, ularning ochiqdanochiq demogogiyasi kurashni zo’ravonlik usullarini qo’llashga tayyorligi yaqqol ko’rindi.

Grakxlar va ularning eng faol tarafdorlarini o’limidan keyin populyarlarning zaiflashuvi vaqtinchalik edi. Rim jamiyatidagi qaram-qarshiliklar bartaraf qilinmagan edi, begona hududlarda urush harakatlari olib borayotgan Rim qo’shinlariga qo’mondonlik qilayotgan nobillar homiylik qilgan qo’mondonlarning muvaffaqiyatsizliklari norozilikni kuchaytirdi.

Rimning ichki siyosatidagi beqarorlik tashqi siyosiy masalaga hukmron doiralar e’tiborini vaqtinchalik susaytirdi. Er. avv. II asrning so’ngi 10 yilligida Rimning xalqaro ahvoli keskin edi. Yaqin Sharqdagi eng kuchli ellin davlati Misr bilan Rim ittifoq tuzgan edi. Yaqingacha qudratli bo’lgan Salavkiylar davlati yemirilish davriga kirib, sharqda parfiyaliklar tazyiqi ostida hech qanday rol o’ynamay qo’ydi. Kichik Osiyoda Aristonik qo’zg’oloni bostirilganidan keyin vaziyat osoyishta edi. Ammo Afrikada rim hukmronligiga Numidiya podsholigi jiddiy xavf tug’dirayotgan edi.

Jumladan Afrikada Numidiya podshosi Yugurta bilan urush olib borayotgan rim qo’shinlari birin-ketin mag’lubiyatga uchradilar. Podsho Yugurta rimlik sarkardalarni sotib olish va harbiy hiylalar bilan rimliklarni bir necha bor tor-mor qildi va numidiya shaharlarida shu vaqtda bo’lgan italiyalik savdogar va sudxo’rlarni qirg’in qildi. Yugurta o’z siyosatida rimliklarni o’ziga dushman deb bilgan turli shimoliy afrika qabilalarini qo’llab-quvvatlashga tayandi. Er. avv. 109-yilda Numidiyadagi Sutule yaqinidagi jangda Yugurta rimliklarni tor-mor qildi. G’olib rimliklarni Numidiya hududidan chiqib ketish va Yugurta bilan shartnoma tuzish majburiyatini oldilar. Sutula yonidagi g’alaba Yugurtaning shimoliy afrika qabilalari oldida harbiy-siyosiy mavqeini kuchaytirdi. Ko’p sonlii gugul qabilalari, Mavritaniya podshosi Bokx Yugurtaga yordam va’da qildilar. Rimning shimoliy afrika mulklarini yo’qotish xavfi yaqqol ko’rindi.

Rimda xalq yig’ini Yugurta bilan rimliklar uchun uyatli “tinchlik” shartnomasini tasdiqlamadi. Numidiyaga qarshi yana urush boshlandi, qo’shin tartibga solindi. Tezda asosiy Numidiya shaharlari bosib olindi. Yugurta sahroga chekinib, partisan urushiga o’tdi. Urush cho’zilib ketdi. Bundan norozi bo’lgan xalq yig’ini senatning irodasiga qarshi qo’shinga qo’mondonlik qilish uchun o’z sarkardasi o’zining dovyurakligi va harbiy qobiliyati bilan obro’-

e’tibor qozongan yangi odam “yangi kishi” dehqonning o’g’li plebey 48 yoshli Gay Mariyni qo’mondon qilib tayinladi. Gay Mariy er. avv. 107yilda konsulligidan keyin yaxshi qurollangan qo’shin bilan er. avv. 105-yilda Yugurta urushini tugatdi. Yugurta asirga olinib Rimda qatl qilindi. Numidiya qaram davlatga aylantirilib, uning rasman hukmdori qilib Yugurtaning aqli zaif ukasi tayinlandi. U nafaqat Yugurta urushini (er. avv. 111-105-yillar) tugalladi balki Rimni shimoldan german qabilalari kimvr va tevtonlar hujumidan himoya qildi.

Shimoliy Afrikadagi voqealar bilan bir vaqtda rimning shimoliy chegaralarida german qabilalaridan bo’lgan kimvr va tevtonlarning bosqini boshlandi. Kimvrlar va tevtonlar dastlab Yutlandiya yarim orolida yashar edilar, er. avv. II asr oxirida bu qabilalar o’z joylaridan ko’vhdilar. Tevtonlar g’arbga Galliyaga, kimvrlar janubga tomon yurdilar. Jangovar kimvr qabilalarining (150 ming kishi atrofida) er. avv. 113-yillar atrofida janubiy Germaniyaga kirib alp dovonlariga kelib Italiyaning shimoli-sharqiy chegaralariga xavf soldilar. Konsul Papirey Karbon Noreya shahri yonida kuchli armiya bilan kimvrlar bilan uchrashdi, lekin shafqatsiz yengildi. Italiyaga yo’l ochiq edi, lekin kimvrlar alpdan shimolga o’tib Galliya hududiga bostirib kirdilar. Galliyada ham rimliklar er. avv. 109-yilda yana yengildilar. Kimvrlarni gelvetlar, Galliyani o’zida ularga qarindosh bo’lgan tevtonlar bilan birlashuvi rimliklar uchun xavfli vaziyatni yana murakkablashtirdi. Er. avv. 107-yilda konsul boshchiligidagi rim qo’shini Akvitaniyada pistirmaga tushib to’la yo’q qilindi. Ammo rimliklar er. avv. 105-yilda janubiy Galliyada kimvrlardan eng dahshatli mag’lubiyatga uchradilar. Jang maydonida kann halokatidan ham ko’proq 80 mingga yaqin legionerlar qoldi. Kimvrlar o’z g’alabalaridan keyin himoyasiz Italiyaga emas

Ispaniyaga yurish qildilar.

Rim senati konsul Gay Mariy tashabbusi bilan harbiy-siyosiy islohotlar o’tkazdi. Islohotlar natijasida yangi yaxshi ta’lim berilgan qo’shin tuzildi. Ko’p sonloi tevton qabilalari er. avv. 102-yil Sekstiy Akva yonidagi jangda rimliklardan yengildi. Er. avv. 101yilda shimoliy Italiyadagi Vertsella yonidagi jangda kimvrlar ham yengildi. Janglarda 150-200 ming germanlar halok bo’ldilar. Yana shunchasi Italiya va O’rtayerdengizi qul bozorlarida sotib yuborildi.

Gay Mariyning bunday yutuqlarini asosiy sababi uning harbiy islohotlari edi. Ilgari Rim Qo’shini zaruriyat bilan chaqirilgan fuqarolarning ko’ngilli qismlaridan iborat bo’lib, urush harakatlari tugaganidan keyin ular o’z tinch ishlariga qaytar edilar. Qo’shinda xizmat qilish ma’lum miqdorda mulkka ega bo’lgan, o’zini qurol-yarog’ bilan taminlay oladigan fuqarolarning faxriy majburiyatlaridan biri edi. Bunday tarkibda tuzilgan qo’shin Rim shahar davlati sharoitida o’zini oqlar edi. Endilikda Rim O’rtayerdengizining turli qismlarida to’xtovsiz urushlar olib borayotgan bir paytda harbiy majburiyat nafaqat faxriy aksincha og’ir ayniqsa ko’ngillilarning asosini tashkil etadigan dehqonlar uchun xonavayron qiladigan majburiyat bo’ldi. Gay Mariy senatdan qo’shinga mulkiy ahvoliga qaramasdan barcha fuqarolarni qo’shinga yollashga ruxsat oldi. Eng kambag’al shaharlik va yersiz dehqonlar davlatdan qurol-yarog’, harbiy xizmati uchun maosh, xizmat muddati tugaganidan keyin yer ulushi olar edilar. Italiklar va boshqa ittifoqchilar harbiy xizmatga ko’plab ntensiv boshlandilar. Natijada dehqonlardan tuzilgan ko’ngillilar qo’shini professional qo’shinga aylana boshlandi. Bu qo’shin o’z ehtiyoj manfaatlari bilan aholini boshqa tabaqalaridan ajralib turar edilar, hamda o’z qo’mondonlariga so’zsiz va sadoqat bilan bo’ysunar edilar, chunki bu sarkardalardan har bir legionerning taqdiri va farovon hayoti bog’liq edi. Gay Mariy qo’shinni tuzilishi, qurollanishi, jangni tashkil qilish, jangchilarni harbiy mashqlartini tashkil qilish, qismlarni tuzilishiga taalluqli bo’lgan qator islohotlarni amalgam oshirdi. Armiyani qayta qurishning ijobiy natijalari tevtonlar ustidan (er. avv. 102-yil) qilingan g’alabalarda yaqqol ko’rindi. Bu ijobiy o’zgarishlar Gay Mariyni Rimdagi eng obro’e’tiborli kishiga aylantirdi. Natijada Gay Mariy uzluksiz 5 yil davimida mavjud qonunlarga zid ravishda konsul qilib saylandi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling