O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet81/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Din


Qadimgi Mesopotamiya mafkuraviy hayotida din hukmron o’rin egallagan. Er.avv. IV-III ming yilliklar chegarasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, keyinchalik Bobilda o’zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Har bir shumer shahri o’z xudo homiysiga ega bo’lgan. Bundan tashqari, umumshumer shaharlari sig`ingan xudolar bo’lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat stixiyasi kuchlarini aks ettirganlar. Ko’pincha ular koinot jismiga o`xshatilgan. Har bir xudoga alohida vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, shaharlar asoschisi hamda motiga va omoch kashfiyotchisi, quyosh xudosi Utu (Akkad mifologiyasida Shamash), Oy xudosi Ninnar, Enlilning o’g`li sevgi va hosildorlik xudosi Innana (Bobil va Osuriya panteonida Ishtar) abadiy hayot, tabiat xudosi Dumuzi (Bobilda-Tammuz) keng tarqalgan.

Urush xudosi kasallik va o’lim xudosi Nergal (Marsen) sayyorasiga o`xshatilgan. Bobil bosh xudosi Marduk – Yupiter bilan Nabu (Mardukning o’g`li) donolik, yozuv va hisob xudosi Merkuriy sayyorasiga o`xshatilgan.

Xudolardan tashqari, ko’p sonli ezgulik devlariga sig`inilgan. Turli xil kasalliklar sababchisi bo’lgan yovuz devlarni rahmdil qilishga harakat qilganlar. Devlar yarim odam, yarim hayvon tarzida tasvirlanganlar. Odamlar o’zlarini odam boshli, qanotli ho`kiz sifatida ifodalaganlar. Qanotli ulkan haykallar Osuriya podsholari saroylari kirishini qo`riqlaganlar.

Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar. Ularning tasavvurida u dunyo soyalar podsholigi qaysiki, o’liklar ochlik va chanqoqlikdan

qiynaladilar. Loy, chang bilan ovqatlanadilar. Shuning uchun marhumlarning bolalari ularga qurbonlik keltirishga majburdirlar.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling