Bobil va Osuriya madaniyatining eng muhim yutuqlaridan biri kutubxonalar edi. Er. avv. II ming yillikdan boshlab Ur, Nippur shaharlarida adabiy va ilmiy matnlardan iborat ilk kutubxonalar paydo bo’ladi.
Qadimgi Sharqning eng mashhur kutubxonasi Ashshurbanipalning (er.avv.669-635 yillar
hukmronlik qilgan) Nineviya shahrida to’plangan 30.000 taxtachadan iborat kutubxonasi bo’lgan.
Loy taxtachalarga podsho annallari, muhim
tarixiy voqealar xronikasi, qonunlar to’plami, adabiy asarlar va ilmiy matnlar yozilgan. Ashshurbanipal kutubxonasining alohida ilmiy qimmati shundaki, bu kutubxonada dunyoda birinchi marta kitoblar tizimli to’plangan va ma'lum tartibda joylashtirilgan. Ko’pgina kitoblar bir necha nusxada mavjud. Katta matnlar bir xil hajmdagi loy taxtachalarda bayon qilingan. Shunday matnlar qirqdan yuztagacha taxtachaga yozilgan. Har bir taxtachada undan foydalangandan so’ng o’z o’rnida qaytarish imkonini bergan tartib raqamlari qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |