O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet142/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Manbalar


Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va o’rta asrlarda bu yerda keskin etnik o’zgarishlar yuz bermadi. Ijtimoiy munosabatlarda kasta tuzumi va madaniy an'analarning barqarorligi ko`rinib turadi. Qadimgi Hindistonning ko’pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko’plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o’rganish qadimgi til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (er. avv. IV asr) asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar (rigveda va boshqa vedalar) ritual sharxlar, nasihatlar to’plamidan iborat.

Ijtimoiy munosabatlarni o`rganish uchun asosiy manba bo’lib, diniy-ahloqiy majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari») siyosat san'ati to’grisidagi (Artxashastra), muhabbat to’g`risidagi (Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu manbalarda fikrlar sxolastik, an'anaviy ruhda bayon qilingan, shu

bilan birga bu asarlar qachon va qayerda

tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko’p hollarda yarim afsonaviy kissalarda aks etadi. Yilnomalar eramizning I asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan va boshqa asosan budda ta'limotiga oid siyosiyxo’jalik hujjatlari bo’lgan. Davlat va xususiy arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po`stloq yoki mato parchasi kabi murt asosda yozilgani uchun saqlanmagan.

Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid o’qish qiyin bo’lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. avv. III asr) yozuvlarigina yetib klgan.

Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog`och ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo’lgan. Yana shuningdek, Hind qadimiy obidalarini o`rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjo-Daro, Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling