O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Download 0.77 Mb.
bet190/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Qadimgi Yunoniston tarixiga kirish

Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va aholisi


Yunoniston geografik jihatdan 3 qismga bo’linadi: Fessaliya va Epir, shimolda Moli va Pagasey ko’rfazlari, janubdan Korinf va Saronika bilan cheklangan, markaziy qismi Peloponnes yarim orolidan iborat janubga bo’linadi. Shimoliy qismida Fessaliyani Epirdan Pind tog’lari zanjiri ajratib turadi.

Qadimda bu ikki viloyat yunon madaniyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qabilalari siljib kelgan.

Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo’ldi. Uning janubidagi Sperxa daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmidonlar vatani. Fessaliyadan afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin mo’yna uchun jo’nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari muqaddas dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir yunon madaniyatiga aloqasi bo’lmagan yovvoyi o’lka bo’lib, uni markaziy Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta kabi epir qabilalari joylashgan Axeloy daryosi bog’lab turgan.

Fessaliya barcha tomondan tog’lar bilan o’ralgan bo’lib, bu yerda ikki tekislikni Fessaliyalik bosqinchilar ishg’ol qilganlar. Ular mahalliy aholini qaram penestlarga aylantirganlar. Qisman ularni vodiydan tog’larga siqib chiqarganlar. Fessaliya g’arbiy qismida g’alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qulay qirg’oq va qo’ltiqlar yo’q. Shimoliy Yunonistonni markaziy Yunonistondan dengiz va Oyta tog’lari orasida yotgan Fermopil daryosi ajratib turadi.

Markaziy Yunonistonda kam sonli tog’lik qabilalar joylashgan. Egey dengizi qirg’og’ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari joylashgan. Er. avv. V asrda afinaliklar uchun lokrlar qoloqlikning namunasi bo’lgan.

Parnas (2450 m) va Kifris tog’larida joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq bo’lgan. Markaziy Yunoniston yo’lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo’lgan. Delfa qadimgi Elladaning diniy markazi vazifasini o’tagan. Parnasdan shimolda Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida (185 kv.km) bo’lgan, aftidan doriylar shu yerdan kelib chiqqanlar.

Fokidadan g’arbga Agra, evitan nomidagi illiriya qabilalari yashagan tog’li va ozroq unumdor vodiyga ega bo’lgan Etoliya viloyati joylashgan.

Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy qo’ltig’igacha bo’lgan hudud Akarnaniyada illiriya qabilalari yashagan. Janubda 3000 kv. km. hududni egallagan Beotiya viloyati birdaniga 3 dengiz bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo’lgan Beotiyada g’allachilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli rivojlangan.

Beotiyani janubdan Kiferon va Parnas tog’lari o’rab turadi. yunonistonnig markazida tuprog’i dehqonchilikka noqulay bo’lgan Attika viloyati joylashgan. Qadimgi Attikada suv tanqis bo’lsa-da, ammo marmar, loy, kumush va zaytun daraxtlariga boy bo’lgan.

Afinaning dengiz yo’lini Salamin oroli to’sib turadi. Salamin uchun Afina Megara va Egina bilan uzoq urush olib borgan, faqat Eginaning bo’ysundirilishi Afinaning dengiz savdosiga yo’l ochdi. Korinf va Saronik qo’ltiqlari orasidagi tog’lik hududda Megara shahri joylashgan. Korinf qo’ltig’idan so’ng Peleponnes yarim oroliga o’tish mumkin. Uning markazida Arkadiya balandligi turadi. Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g’arbida joylashgan. Bu viloyatlarda g’alla ekilgan. Messeniyadan shimolda Elida viloyati joylashgan bo’lib, Alfey va Kladey daryolari qo’shilish joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o’yinlari o’tkaziladigan olimpiada joylashgan. Ellidadan shimolda Axeya viloyati turadi.

Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16 c ni tashkil etadi. Landshafti qadimda hozirgidan farq qilgan. Qalin o’rmonlar ko’p bo’lib, tuproq hozirgidek toshloq bo’lgan. Faqat ozgina yer unumdor bo’lgan.

Er. avv. VI asrgacha faqat bug’doy va tariq ekilgan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan.

Yunonistonda oltin yo’q. Mis juda ko’p. Xalqida shahrining nomi ham “mis” degan ma’noni bildiradi. Bu yerdan mis qazib chiqarilgan. Beotiya va Lakoniyada sifati past temir, Tasos va Sifnos orollaridan er. avv. VIII-VI asrlardan kumush qazib olingan.

Er. avv.VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan.

Bu konlardan olingan daromad er. avv V asrda Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchilik rolini o’ynashga imkon berdi.

Afinada tog’-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning chuqurligi 100 m. ga yetgan. Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori darajada bo’lgan. Kulolchilikda yunonlar haqiqiy san’atkor bo’lganlar. Tosh juda yuqori baholangan. Hamma joyda tosh mo’l-ko’l bo’lgan. Marmarning vatani Pentelikon Afinadan bor-yo’g’i 10 km masofada joylashgan. Mashhur Parfenon va Propiley pentelikon marmaridan bunyod etilgan.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling