O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat


Download 0.77 Mb.
bet23/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Davlat boshqaruvi. Tashqi siyosat


O’rta podsholik davrida ko’p sonli byurokratik apparat qayta tiklandi. Uning boshida «xudo Radan kelib chiqqan» fir'avn turar edi. U mamlakatda tanho hokim edi. Ammo fir'avn nom boshqaruvini, mahalliy nomarxlarni o’zining to`la nazoratiga ola olmadi. Fir'avn Senusert (1887-1850-yillar ), uning o`g`li Amenemxet III (1853-1806-y.) bir qancha merosiy nomarxlarni o’z kishilari bilan almashtirishga urinib ko`rdilar. Ammo bu harakat nomarxlarning jiddiy qarshiliklariga uchradi. Amenemxet I ning aslzodalarni o`zboshimchaliklariga qarshi qat`iy kurashi, o`z yotoqxonasida unga suiqasd qilinishiga sabab bo`ladi. Ko`rinishidan Amenemxet II (er. avv. 1911 -1879-yillar) fitnachilar tomonidan o`ldirilgan.

Fir'avnlarning sog`onalari endi ko`rimsiz loydan barpo qilinib, kamtarona tusda bo’ldi. Nomarxlarning qoyalarga uyilgan sog`onalari paydo bo’ldi. Fir'avnlar eski aslzodalarni mavqeini pasaytirishga urunib, davlat mansablariga o`rta qatlam vakillarini tayinlay boshladilar. Xizmatdagi zodagonlar moddiy jihatdan podshoga to`la qaram edilar. Amenemxet III davrida amaldorlardan biri bolalariga nasihatnomasida podshoni ko`klarga ko`taradi va o’g’illarini unga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi, chunki “podsho – bu yemish”. XII sulola podsholari hokimiyatni merosiyligini kafolatlash maqsadida o`z o`g`illari bilan birgalikda hukmronlik qilish an’anasini kiritadilar. Fir`avn hokimiyati faqat Amenemxet III (er. avv. 1853-1806-yillar) to`la mustahkamlanadi.

Er. avv. 2000-1775-yillarda XII sulola fir'avnlari mamlakatni barqaror holatga keltirdilar. Ular faol ichki va tashqi siyosat yuritib, Misrni kuchli davlatga aylantirdilar. Fayum vohasini o’zlashtirish davom etdi. Nubiyadagi boy oltin konlari ishlatila boshlandi. Nubiyada yangi yo`llar, qal'alar qurilib, bu yerga Misrdan aholi ko`chirilib keltiriladi. Nilning har ikki qirg`og`ida ikkinchi ostona rayonida Semna va Kumna nomli mustahkam qal'alar qurildi. Nubiya amalda Misrning provinsiyasi bo’lib qoldi. Sharqiy O’rtayer dengizi hududlaridan kumush, qurilish yog`ochi, (asosan kedr yog`ochi) olib kelinadi. Finikiyaning bir necha shaharlari Misrga qaram bo’ldilar.

Ammo er. avv. XVIII asr o’rtalarida O`rta podsholikning zaiflashuv alomatlari ko`rina boshladi. Mamlakatda er. avv. 1750-yillar atrofida kuchli g`alayonlar boshlandi. Bu haqda “Ipuser so’zlari”, “Neferti so’zlari” deb atalmish manbalar aniq ma'lumot beradilar. Mamlakatda XIII sulola vakillari bilan bir vaqtda mustaqil hukmronlik qiladigan bir necha markazlar vujudga keldi. Misrni yagona davlat sifatida yemirilishini birinchi belgisi deltaning g`arbiy qismida markazi Ksois shahri bo`lgan, XIII sulola bilan bir vaqtda hukmronlik qilgan va unga bo`ysunmagan XIV sulolani paydo bo`lishi edi. Bu voqea er. avv. 1700-yil atrofida yuz berib, bu O`rta podsholik davrini tugashini bildiradi. Bu voqeadan yangi II o`tish davri (er. avv. XVI asr o`rtalarigacha) boshlanadi.

Bu vaqtda Misr chegaralarida ko’chmanchi qabilalar mamlakat xavfsizligiga taxdid sola boshladilar. Ayniqsa, janubiy Falastin va Sinay yarim orolida tashkil topgan ko’chmanchi giksos qabilarining ittifoqining deltani sharqiy qismiga bostirib kirishi halokatli bo’ldi. Er. avv. III asrda yashagan kohin Manefon “Misr tarixi” asarida giksoslarni, “cho’ponlar-podshosi” deb tilga oladi. Misrliklar ularni “shasu” (“ko’chmanchilar”; keyinchalik arab mualliflari asarlarida amalikitlar) deb ataganlar.

Giksoslar Misrni bosib olib Avaris (Xat-Uart- misrcha) shahrini poytaxt qildilar. Ular o’zlari bilan Misrga otlarni va jang aravalarni olib keldilar. Ular Misr xudolaridan chet el mamlakatlari homiysi hisoblangan Setiga alohida e’tiqod qildilar. Misr tarixida giksoslar shartli XV-XVI (1710-1580-yillar) sulolalar sifatida belgilanadi. Ular mamlakatni qariyb 150 yil boshqardilar.

Fiva hokimlari giksoslarni mamlakatdan haydab chiqarishga boshchilik qildilar, er. avv. XVI asr o’rtalarida podsho Yaxmos I giksoslarni tor-mor qildi. Avaris shahri, janubiy Falastindagi giksoslar tayanchi Sharuxen qal’asi ishg’ol qilindi. Giksoslarni haydalishi bilan Misr tarixida-yangi podsholik (er. avv. 1584-yildan-1075-yilgacha) davri boshlandi. Yaxmos yangidan Misrni birlashtirgan XVIII sulola asoschisi bo’ldi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling