O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


O’rta podsholik (2020-yil – er. avv. XVII asr boshlari )


Download 0.77 Mb.
bet22/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

O’rta podsholik (2020-yil – er. avv. XVII asr boshlari )


Qayta birlashgan Misr davlatini boshqargan XI sulola fir`avnlari davrida keng qamrovli qurilish ishlari, faol tashqi siyosat ( Osiyoda urushlar ,uzoq Puntga ekspeditsiyalar ) qayta boshlandi. Ammo mamlakat ichida o`zaro urushlar hali saqlanib qoladi. Haqiqiy mustahkam davlatni yangi XII –sulola barpo qildi. XII- sulolani asoschisi Amenemxet I (er. avv. 1976- 1947yillar) fir`avn bo`lganiga qadar XI sulolaning oliy amaldori edi.

Markaziy hokimiyat kuchayib, umummisr sun'iy sug’orish tizimi qayta tiklandi. Fayum ( “ ko`l yeri”) vodiysidagi bepoyon botqoqliklar o’zlashtirildi. Fayum suv ombori barpo etilishi natijasida ko’plab yangi yerlar ochildi. Fayum vodiysida yangi shahar - Illaxun barpo qilindi.Illaxun shahrida ming xonali ulkan (labirint-yunoncha) tosh inshoot barpo etildi. Bu inshoot diniy maqsadlarga xizmat qilib, turli nom xudolariga bag`ishlangan ibodatxona vazifasini o`tagan.

Janubiy delta, Fayum va uni atroflarini obod qilinishi, XII sulola fir'avnlarining poytaxtni Fivadan yangi qurilgan shahar Ittaun («Ikkala yerni birlashtiruvchi») shahriga ko`chirishlariga sabab bo’ldi. Qishloq xo’jaligi yuksalib yangi qulay omoch paydo bo’ldi. Ilk jez (bronza ) qurollar o`zlashtirildi. Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Sharqiy O’rtayer dengizi qirg`oqlari jez qurollarni bundan ancha oldinroq qo`llay boshlagan edilar. Misrni bu sohada qoloqligini sababi Nil va uni atrofida jez xom ashyosini yo`qligi edi. Boshqa yutuqlardan biri shishaning kashf etilishi edi. Iqtisodiyotning jonlanishi metallarga, kumush, qurilish yog`ochiga ehtiyojni kuchaytirdi. Bu chet mamlakatlar bilan savdo aloqalarini faollashuviga olib keldi. Misr savdo karvonlari Nil, Suvaysh bo`yni orqali Kichik Osiyo va Bobilga chiqdilar. Janubiy Nubiya va Puntdan oltin olib kelindi.

O’rta podsholikda yirik xo`jaliklar o’rniga o`rta xo`jaliklar yetakchi o’rin egalladilar. Ular foyda keltiradigan barqaror xo’jalik edi, bozor bilan bog`lanish va qul mehnatidan foydalanish kuchaydi.

Kichik xo’jaliklarning soni oshdi. Kichik yer egalari hujjatlarda «xemum nesut» - podsho odamlari deb ko`rsatilgan. Zodagon va ibodatxona xo’jaliklarida mehnat qiladiganlar ham shunday deb atalgan. «Podsho odamlari» deb atalgan aholining bir qismi yoshlik paytidan aholi ro`yxatidan o’tkazilib ma'lum hunarlarga taqsimlanar edilar.

Misr hukmron qatlamlarida ham o’zgarish yuz berdi. Oliy tabaqaga urug` zodagonlari va xizmat zodagonlari, oliy kohinlar, davlat apparatining katta amaldorlari kirar edilar.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling