O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Tarixiy mazmundagi yozuvlar


Download 0.77 Mb.
bet57/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

Tarixiy mazmundagi yozuvlar


Shumer shaharlari Akkad, Bobil va Osuriya davlatlari podsholarining yozuvlari juda katta qimmatga egadir. Shunday yozuvlardan biri er.avv. XXIV asrga oid Lagash davlatining yuksalishi, uning qo`shni Umma bilan kurashi to’grisida hikoya qiladigan Lagash hokimi Eanatumning «Kalxatlar stelasi» deb atalmish yozuvidir. Er. avv. XXIV asrga oid Lagash hokimi Urukagina, er. avv. XXII asrga oid Lagash hokimi Gudeaning qurilish va bag`ishlov yozuvlari, Akkad podshosi Rimushning (er. avv. XXIII asr) Elamga yurishlari to’g`risidagi yozuvlari va «Manishtun obeliski» da podsho yer zaxirasi, uning jamoa yeri hisobidan ko’payishi to’g`risida ma'lumot berilgan.

Bizgacha Osuriya podsholarining juda ko’p yozuvlari yetib kelgan. «Sargon II ning Ashshurga xati», er.avv. 714 yilda Urartuga qarshi yurishi bayon qilingan xatlar yetib kelgan. Podsho

Ashshurbanipalning batafsil tarixiy ma'lumot beruvchi yilnomasi shular jumlasidandir. Yangi Bobil podsholarining 140 ga yaqin yozuvlari bizga ma'lum. Tarixiy asarlar keyinroq er.avv. IV-III asarlarda paydo bo’ldi. Kohin Beroyesning (Bobildagi Marduk ibodatxoansi koxini), 3 qismli «Bobil va Xaldey tarixi»i to’fon davridan Makedoniyalik Iskandar davrigacha davom etgan asari diqqatga sazovordir. Bizgacha bu asarning parchalari o’rta asr tarixchilari asarlarida keltirilgan ma’lumotlar orqali yetib kelgan.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling