Mixxatni deshifrovkasi (o`qilishi). Mesopotamiya, Eronga birinchi ilmiy safar qilgan kishi XVII asrda daniyalik olim K.Nibur edi. U Yevropaga qadimgi Eron poytaxti Persepol saroyidan mixxat yozuvlarini olib keldi.
1802 yilda klassik fanlar o’qituvchisi nemis olimi Grotofend 39 ta belgidan 10 ta mixxatni o’qidi. XIX asrning 30-40 yillarida Yaqin Sharqda uzoq yillar ishlagan ingliz harbiysi va diplomati G.Roulingson mixxatlarni o’qilishida katta hissa qo’shdi. U Eronda Xamadon (Midiyaning qadimgi poytaxti Ekbatana) shahri yaqinida Behistun qoyasida Doro I ning uch tildagi ulkan yozuvini topdi. 1947 - yilda Roulingson yozuvning Bobil qismidagi 600 belgidan 250 tasini aniqladi. Olimlar J.Oppenxeym, E.Xinks va boshqalar Mesopotamiyaning Akkad mixxatlarini o’qishga o’z hyissalarin qo’shdilar. 1855 - yilda Behistun yozuvining uchinchi qismi elam tilidagi mixxatlar ham olimlar tomonidan o’qildi.
XIX asrning 90-yillarida nemis olimi F.Delich akkad tilining grammatikasi va lug`atini yaratdi.
Shumer mixxat yozuvini o’qish keyinroq XIX asrning I yarmida F. Tyurgo-Danjan, O. Pepel, A. Daymel va A. Falkenshteynlar tomonidan amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |