O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 0.77 Mb.
bet83/331
Sana08.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#250920
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   331
Bog'liq
Kenjayev Qadimgi dunyo tarixi

San'at


Qadimgi Mesopotamiyaning san'atini shakllanishi va keyingi taraqqiyotiga shumerlarning badiiy an'analari hal qiluvchi rol o`ynaydi. Tosh o`ymakorlik er.avv. III ming yillik boshlarida shakllandi. Toshga naqshlar o`yish (gliptika) er.avv.I asrigacha yuksak darajada rivojlandi. Er.avv. XXIVXXIII asrlarda Mesopotamiya yagona davlat bo`lib, birlashgan paytda podsholarning ideallashtirilgan portret-tasvirlari paydo bo’ladi.

Er.avv. II ming yillik boshlaridan qurbonlik keltirish, saroy hayoti manzaralari tasvirlangan freska san'ati rivojlanadi. Mesopotamiya san'ati er.avv. VIIIVII asrlarda Osuriya davlatining gullab-yashnagan davrida o’zining yuqori cho`qqisiga chiqadi. Bu asosan relef san'atida o’z aksini topgan. Bu davrda ulug`vor saroy va ibodatxonalar barpo qilina boshlandi.

Er.avv. I ming yillikda Mesopotamiyada yirik savdo-hunarmandchilik madaniyat markazlari bo’lgan katta shaharlar paydo bo’ladi. Mesopotamiyadagi osuk podshosi Sinaxxreb tomonidan er. avv. 705-681-yillarda qurilgan, maydoni bo’yicha Old Osiyoda eng katta shahar Osuriya poytaxti Nineviya edi. Shahar 729,7 ga yerni egallab, shaharda 170 ming aholi yashagan.

Mesopotamiyada shisha ishlab chiqarish juda erta er.avv. XVII asrda boshlanadi, temirdan foydalanish esa, kechroq er.avv. XI asrga boshlanadi. Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, san'ati, me'morchiligi, dini, yozuvi va adabiyoti, qadimda ko’pgina sharq xalqlari madaniyati ravnaqining o`lchov mezoni bo’lib xizmat qildi.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   331




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling