O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 49.5 Kb.
bet4/5
Sana28.10.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1730316
1   2   3   4   5
Bog'liq
Volebol bo‘yicha darslarni o‘tkazish uslubiyati

Murabbiyning madaniyati va ziyoliligi
Psixologiya asoslarini bilmasdan, tarbiyalanuvchilar shaxsi va jamoaning psixologik xususiyatlarini aniqlamasdan, bilimlardan foydalanmasdan turib samarali o‘qitish va tarbiyalashning imkoni yo‘q, ularni bilmagan holda natijalarni yuqori darajada ko‘rsatish qiyin bo‘ladi. Murabbiyning kasbiy mahoratidagi ushbu qobiliyatlar psixolog shtati bo‘lmagan ish sharoitlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning amalga oshirilishi murabbiyning turli vazifalarni bajarishda psixologiya yutuqlaridan faoydalana olishini, ya’ni psixologiya fani nuqtai nazaridan ham mahorat bilan harakat qila olishini nazarda tutadi. Barcha tarbiyaviy vazifalar o‘yinchilar e’tiborini, o‘yinchilar va jamoaning shaxsiy tuzilishi xususiyatlarini hisobga olgan holda hal etilishi lozim. Yaxshi murabbiyda pedagogik yondashuvlar, tarbiya vositalari va usullarini tanlashdagi farqlar tarbiyalanuvchilarning 22 psixologik fe’l-atvori bilan aniqlanadi. Bunda murabbiy ularning eng yaxshilarini biriktirgan nozik psixolog ham bo‘lishi zarur. Murabbiyning psixologik-terapevtik qobiliyatlari ko‘p jihatdan uning kasbiy faoliyati natijalarini belgilaydi, chunki sportdagi raqobat tobora ko‘proq psixologik qarama-qarshiliklar sohasiga ko‘chmoqda. Bu o‘yinchilar holatini, o‘yinga jangovar holda kirishish kayfiyatiga moslashishini talab etadi. Bu borada murabbiy sportchilarga zaruriy yordam ko‘rsatishi kerak. Psixologik muammolar samarali hal etilgan sport jamoalari, o‘zlariga teng toifadagilarga nisbatan o‘yin va musobaqalarda ustunlikka ega bo‘ladilar. Ular ko‘pincha yuqori safarbarlik darajasi, iroda va o‘zini fido qilish kayfiyati kabilar hisobidan, ancha kuchli raqiblarni yengadilar, bu sifatlar o‘z xatolari sonini kamaytiradi va raqibga qarshi tura olish samaradorligini oshiradi. Ijtimoiy psixologik jihatdan yaxshi jamoa o‘yinchilari (jamoada yaxshi psixologik muhit bo‘lganda) sport mahorati oshadi, shuningdek, uning mutlaq yakuniy ko‘rsatkichlari darajasi bo‘yicha ustuvorlikka ega bo‘ladilar. Murabbiyning psixolog sifatidagi faoliyatini shartli ravishda to‘rt asosiy funksiyalarga ajratish mumkin: - mashqlar va musobaqa jarayonida o‘yinchilarning psixologik holatini muvofiqlashtirish; - o‘yinchilar shaxsi psixologik strukturasi, xususiyatlari, shuningdek, jamoa ishtirokchilari o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy jarayonni olib borish; - jamoada samarali va qulay muhitni shakllantirish, bunda har bir o‘yinchini psixologik jihatdan quvvatlash maqsadida ijodiy mehnat sharoitlarida sport va ma’naviy o‘sish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari; - musobaqalar vaqtida jamoani psixologiya qonunlari nuqtai nazaridan savodli darajada boshqarish. Psixoanalitik funksiyasida murabbiyning shaxs va jamoa muammolari psixoanalizini amalga oshirish qobiliyati unga jamoadagi noxush vaziyatlar va ayrim o‘yinchilar bilan ishlashda ishonchli tashxizlash imkonini beradi. U psixologik muammolarning turli ko‘rinishlari vujudga kelish sabablarini aniqlashda va ularni hal etishda samarali yo‘llarni tanlash imkonini yaratadi. O‘yinchilar uchun mos keluvchi sharoitlarni tanlashni yengillashtiradi. Psixoterapevtik funksiyasi bu murabbiyning o‘yinchilarda psixologik jihatdan vujudga keluvchi har qanday og‘ishlarni me’yorga keltira olishni nazarda tutadi. Bular: 23 - o‘yinchilar uchun qiyin bo‘lgan vaqtlarda psixologik yordam ko‘rsatish, asabiylashish, muammolarni bartaraf etishda yordamlashish, ularning o‘z kuchiga ishonchlarini mustahkamlash; - munozarali uchrashuvlar, mag‘lubiyatlardan keyin va navbatdagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishda o‘yinchilar o‘z emotsional holatlarini tiklashlarida yordamlashish; - ayrim o‘yinchilarning shaxs strukturasidagi zaruriy tuzatishlarni ular bilan hamkorlikda amalga oshirish. Murabbiyning jamoada vujudga keladigan psixologik muammolarni ko‘ra bilish va zudlik bilan hal eta olishi musobaqalarda sezilarli ustunlik beradi. Uchrashuv darajasi, sport kurashining mas’uliyati va psixologik zo‘riqish qancha yuqori bo‘lsa, o‘yin funksiyasini amalga oshiradigan o‘yinchilar psixologik barqarorligi, ishonchliligi va irodaliligiga ham shunchalik yuqori talablar qo‘yiladi. Bunday sharoitlarda jamoani samarali boshqarish uchun murabbiyning psixologik qobiliyatini ahamiyati juda yuqori bo‘ladi. Jamoada professional psixologning bo‘lishi, u bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilishi o‘yinchilar hamda jamoadagi psixologik muammolarni samarali va sifatli hal etish imkoniyatlarini oshiradi. Murabbiyning tashkilotchilik qobiliyati. O‘qitish va tarbiyalashning samaradorligi ko‘p jihatdan murabbiyning barcha yo‘nalishlardagi mashq jarayonini tashkil eta olishiga bog‘liqdir. Guruhning ayrim mashqlarida, o‘quv mashg‘ulotlarda, musobaqalarda, yig‘inlarda tartibliligi, tashkillashganligi har bir o‘yinchi faoliyati sermahsulligini oshiradi. Murabbiy o‘yinchilar hayoti, dam olishi, hordiq tadbirlari va tartiblarini tashkil eta olishi, shuningdek, ularda sport mahorati samarali shakllanishida yordam beradi. Intizom, tartib, tashkilotchilik – sermahsul o‘quv mashg‘ulotlarining zaruriy va muhim shartlaridan hisoblanadi. Murabbiyning yuqori motivatsiyasi, o‘zini ishga bag‘ishlashi, shogirdlar yaratish faoliyati. Kasbiy jihatdan faol ishlash murabbiyning o‘zini kasbga bag‘ishlashga qarama-qarshi jihati sifatida, har qanday pedagogik mehnatda (ayniqsa, murabbiylikda) o‘zini kasbga bag‘ishlamaslik, o‘z ishiga loqaydlik, shogirdlar yaratishda e’tiborsizlik va beparvolik sababli sezilarli yutuqlarga erisha olmaydi. Murabbiy o‘z ishini sevishi kerak. Har qanday muvaffaqiyatli murabbiyning mehnati izdoshlikda namoyon bo‘ladi. Ishga o‘ta berilib ketish avvaliga yaxshi natijalar keltirsa-da, biroq murabbiy va tarbiyalanuvchilar uchun bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi, 24 uyg‘unlik tamoyili buziladi. Murabbiylik ishiga judayam berilib ketish odatda murabbiy tomonidan yosh tarbiyalanuvchilarga yuqori talablar qo‘yilishi, tayyorgarlik jarayonining tezlashtirilishi kabi sabablar salbiy hisoblanadi, o‘sib kelayotgan organizm buni ko‘tara olmaydi. Natijada sportdagi keyingi faoliyat ham so‘nadi. Murabbiylik kasbiga o‘ta berilish ham bundan kam bo‘lmagan salbiy oqibatlarga olib keladi. Bunday yondashuvda kasbiy natijaga erishish uchun sog‘liq, oila, bo‘sh vaqt qurbon qilinadi, o‘z farzandlarini tarbiyalash jarayonida qatnashmaslik, oddiy odamning hayotiy kayfiyatlariga e’tiborsizlik va boshqalar kuzatiladi. Oxir-oqibatda, davomli zo‘riqishlar, ishdagi ortiqcha talabchanlik va boshqalar murabbiyning kasbidan ancha ertaroq sovushiga olib keladi. Uning asosida psixologlar “emotsional yonish sindromi” deb ataydigan hodisa mavjud. Kasbiy yonib ishlash – mutaxassisning ko‘p yillik fidoyiligi va mas’uliyatining teskari tomonidir. Murabbiy muntazam mashg‘ulotlar, o‘rtoqlik uchrashuv o‘yinlari, tashkilotchilikning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi borasidagi ziddiyatlar, rahbariyat tomonidan g‘alabaning qat’iy talab etilishi orqali paydo bo‘ladigan zo‘riqishlar bilan band. Kasbiy yonish belgilariga doimiy charchoq sezish, ishga qiziqishning pasayishi, jizzakilik, yuqori ziddiyatlilik, organizm kuchi va immunitet imkoniyatlarining pasayishi oqibatida kasallanib qolish, emotsional charchoqni kiritish mumkin. Bularning barchasi kasbiy faoliyat samaradorligi pasayishi bilan bir vaqtda yuz beradi. Boshqa tomondan esa yonmasdan, ko‘ngilsiz, tarbiyalanuvchilarning yutuqlariga qiziqmasdan ishlash ham yaxshi natija bermaydi. “Boshqalarni yondirish uchun o‘zi ham yonishi lozim”, degan ibratli ibora hayotiydir. 1.4.2. Murabbiyning shaxsiy sifatlari va qobiliyatlari Bevosita kasbiy majburiyatlarni samarali bajarish uchun murabbiy keng ko‘lamdagi shaxsiy sifat va qobiliyatlarga ega bo‘lishi, o‘z shaxsining rivojlanish darajasiga qo‘yiladigan ko‘plab talablarni qoniqtirishi zarur. Yaxshi murabbiy birinchi navbatda madaniyatli shaxs bo‘lishi lozim. Kuchli, ko‘p qirrali axloqiy, tarbiyalanuvchilar uchun qiziqarli, shogirdlari ergashadigan xislatlarga ega bo‘lishi o‘quvchilar shaxsini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. 25 Murabbiy shaxsi qanchalik yorqin, miqyosli, kuchli va hurmatli bo‘lsa, u tarbiyalanuvchilarga shunchalik ko‘p ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Faqatgina murabbiyning obro‘si tarbiyalanuvchilarga ortiqcha zararli ta’siridan ehtiyot bo‘lish zarur. Bunday hollarda o‘qituvchilar tashabbussiz va ijodiy yaratuvchilik qobiliyatlari rivojlanmasdan qotib qolishlari mumkin. Murabbiy shaxsi barcha sohalarda ideal bo‘lishi lozim. Murabbiy o‘zini ideal sifatida namoyon eta olishi kerak. Murabbiy o‘z tarbiyalanuvchilari uchun ideal bo‘la olishi kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, ko‘p jihatdan murabbiyning shaxsiy sifatlari bilan belgilanadi. Murabbiyning eng muhim shaxsiy sifatlari va qobiliyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Murabbiy shaxsining yetukligi. Har qanday odamning yetukligi uning eng muhim psixologik xarakteristikasi hisoblanadi. Psixologik yetuklik ushbu holatda shaxsning barcha jihatlari yuqori darajada rivojlanganligi, ularning uyg‘un tarzda birlashganligi bilan belgilanadi. Jumladan, xarakterdagi ijobiy belgilar: axloqiy mavjudlik, sog‘lom xulqatvorning mavjudligi, insonparvarlik yo‘nalishidagi qadriyatli maqsadlar hamda unga mos ravishda o‘zini tutish, hayotdan qoniqish sezish va boshqalar bilan belgilanadi. Shaxsning psixologik yetuk emasligi insonning psixologik yoshi biologik yoshidan ortda qolganligini bildiradi. Yetuklik ta’rifining rivojlanib borish nuqtai nazaridan qaralganda, odamning shaxsiy salbiy tomonlari ham ko‘rinadi. Masalan, axloqsizligi yoki boshqa bir qator kamchiliklari bilan insonni to‘la yetuk deb hisoblash mumkin emas. Shaxsning psixologik yetukligi kamchiliklardan holi bo‘lishni nazarda tutadi, ular asosan oila va ta’lim muassasalarida tarbiyalashning ma’muriy usullari ustun bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Kamchiliklar yo‘qligining birinchi belgilari sifatida ichki erkinlik (shu jumladan, obro‘-e’tibor ta’siridan), boshqalarning kamchiliklariga chidamlilik, yaxshi niyatlilik, xafa bo‘lmaslik, hurmat va shuhratga xayrixohlik kabilarni ko‘rsatish mumkin. Shaxsning ijobiy sifatlari ijodiy mehnat jarayonidagi pedagogik hamkorlik va har bir inson uchun muhim bo‘lgan dilemma: “bo‘lmoq yoki bo‘lmaslik”, “ega bo‘lmoq yoki bo‘lmaslik” iboralarida, bo‘lmoq foydasiga masalani hal etish jarayonida shakllanadi. Bo‘lmoq, ya’ni insonga tabiatdan berilgan salohiyatning ro‘yobga chiqarilishi, tashqi sharoitlar hisobidan amal va boylik to‘plashga intilmaslikdir. 26 O‘z salohiyatini amalga oshirish imkoniyatining muhim sharti murabbiy shaxsining mahsuldorligi yetakchi sifatida bo‘lishi hisoblanadi. Ichki nazorat darajasida (“hammasi faqat menga bog‘liq” deb bilish) o‘z kuchi, tabiiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish vositasida sermahsul faoliyatga yo‘nalish yuqori kasbiy natijalarga erishishga yordam beradi. Maqsadning boshqa tiplari shaxsdagi o‘zgarishlar bo‘lib, tarbiya jarayonida uning eng maqbul shakllanish sharoitlari bilan bog‘liqdir.


Xulosa

E.Fromm inson xarakteridagi maqsadlarning mahsulsiz tiplariga bozor, hukmronlik, andozaviylik va jamg‘aruvchilik masalalarini kiritadi. Shaxsning mahsuldor maqsadlariga misol sifatida sevgi va bilim kabilarni keltirish mumkin. E.Fromm fikricha, sevgi – bu odamlarga va o‘ziga nisbatan mahsuldor munosabatdir. Bilishda mahsuldorlikning muhim belgisi insonning nima haqiqiyligi, nima haqiqiy emasligi, nimalar aynanligi masalalarini hal etish mas’uliyatini zimmasiga yuklashdir. U o‘zi uchun olam manzarasini yaratishga intiladi, unda bu holat mustaqil harakat kabi tushunarli kechadi. O‘rganiladigan faktlar, hodisalar, nazariyalar qat’iy, o‘zaro bog‘liq holatda o‘z joylarini egallaydi, mavjud olamni aks ettiradi. Bilimlarning bunday tizimidan samarali foydalanish lozim, ma’lumotlar qandaydir majmua sifatida va hodisalarni “yana bitta dalil” sifatida qabul qilmasligi kerak. Mahsulsiz maqsadlar sifatida avtoritar tarbiya tizimida uchrab turadigan, murabbiy shaxsining hukmronlik yoki ekspluatatorlik maqsadlarini ko‘rish mumkin. Hukmronlik tipidagi maqsadli odam “yuqori” kuchlarga bo‘ysunish va bo‘ysunuvchilar foydalanish zaruriyatidan kelib chiqadi, buni muvaffaqiyatga erishishning, xavfsizlik va barcha ezguliklarning yagona ishonchli yo‘li deb hisoblaydi. Kuch va qobiliyati tufayli o‘z faoliyatini amalga oshiradigan mahsuldor maqsaddan farqli ravishda, shaxsning foydalanish maqsadida hayotiy vazifalar kuch va hukmronlik vositasida hal etiladi. Insonning hukmronligi uning qobiliyatidan ustunlik qilib, ishdan chiqaradi, boshqa odamlar ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Sevgida hukmronlik maqsadi mulkdorchilik bilan qorishib ketadi. Sevgi obyektini o‘ziga bo‘ysundirishga intilish, bo‘ysunishga majburlash, qaram qilib olish yuz beradi. Bo‘ysundirishga intilish, atrofdagilarni nazorat qilish shakli sifatida, hukmronlik maqsadli inson shaxsida vaqtincha xavfsizlik hissini uyg‘otadi. 27 Bilishda bu xildagi maqsad mashhur kishilarga ta’zim qilishga, bilimga, ular mashhur kishilar tomonidan qanchalik yaratilganligiga qarab hurmat bildirishga olib keladi. Bunday yondashuvda bilimlarning haqiqiyligi ularning mashhurlar doirasida tan olinishi bilan o‘lchanadi. Ushbu usulda haqiqatning aniqlanishi shubhali, chunki mashhur konsepsiyalar, farazlar, faktlar bir-birini inkor etadi.



Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling