O’zbtkiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 49.5 Kb.
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi49.5 Kb.
#1730316
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Volebol bo‘yicha darslarni o‘tkazish uslubiyati


Volebol bo‘yicha darslarni o‘tkazish uslubiyati


Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Voleybol nazariyasi va uslubiyati faniga kirish
2. Ilmiylik tamoyili
3. Murabbiyning madaniyati va ziyoliligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


So‘nggi yillarda mamlakatimizning birinchi Prezidenti, taniqli davlat arbobi I.A.Karimov tomonidan asos solingan va mustaqillik davrida barcha sohalar doirasida erishilgan asrlarga teng o‘zgarishlar, misli ko‘rilmagan yutuqlar, ulkan islohotlar, bunyodkorlik ishlari ko‘lami ayni kunda jahon hamjamiyati, taniqli davlat rahbarlari o‘rtasida tan olingan yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning faol tashabbusi va uning bevosita rahnamoligida yanada jadal shiddatda kengaytirilmoqda, xalqimiz farovonligi, tinchlik-osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qilmoqda. Bu borada millat genafonini shakllantirish va sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo‘lmish jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish, uni xalqaro me’yor bosqichlariga olib chiqish, millatimiz hamda yurtimiz shuhratini yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga qodir sportchilar tayyorlovchi mutaxassis kadrlar, o‘qituvchimurabbiylar yetishtirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu progressiv strategiyani izchillik bilan amalga oshirish maqsadida yurtimiz rahbari tomonidan bir qator konseptual farmon va qarorlar, jumladan, 2017-yil 3-iyunda “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031- sonli Qaror, 2018-yil 5-martda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli Farmoni qabul qilindi. Ta’kidlash muhimki, ushbu qarorlar ijrosini bosqichma-bosqich amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim maskanlarida mutaxassis – kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, talabalarga bilim berish, ularning kasbiy-pedagogik mahoratini shakllantirish, amaliy malaka va ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayonida xalqaro tajribalar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” deb nomlangan mazkur darslik muvofiq ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, unda aynan yuqorida qayd etilgan masalalarni amaldagi o‘quv rejasi va fan dasturi asosida ochib berishga urg‘u berilgan. Ushbu darslikda O‘zbekistonda voleybolni rivojlanishi, musobaqa qoidalari, musoboqalarni tashkil qilish va o‘tkazish asoslari, voleybolga o‘rgatish nazariyasi va uslubiyati, voleybolchilarni texnik, taktik, jismoniy, integral tayyorgarligi, voleybolchilar tayyorlash jarayonini boshqarish masalalari va hokazolarni to‘liq qamrab olgan. 4 Shuningdek, ushbu darslikda zamonaviy voleybol va uning dolzarb masalalariga, O‘zbekiston voleybolini rivojlantirish, uni kelajak istiqbolini munosib darajada ta’minlashning yo‘llari va tadbirlariga hamda voleybolchilarni tayyorlashning zamonaviy vositalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu darslik O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘quv rejasi, DTS va namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Mazkur darslik 610500-Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi voleybol ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Darslikning ayrim bo‘limlari va mavzularini yoritishda pedagogika fanlari doktori, professor L.R.Ayrapetyants va dotsent A.A.Pulatov tomonidan tayyorlangan va jismoniy tarbiya instituti talabalariga mo‘ljallangan “Voleybol nazariyasi va uslubiyati” darsligidagi ilmiynazariy va uslubiy ma’lumotlardan foydalanildi. Ushbu darslikni nashrga tayyorlashda o‘z ko‘rsatmalari va beminnat maslahatlari bilan ko‘maklashgan barcha mutaxassis-olimlarga, ayniqsa, taqrizchilarga muallif o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Darslik bo‘yicha bildirilgan barcha fikr-mulohazalar va takliflar muallif e’tiboridan chetda qolmaydi va kelajakda tayyorlanadigan o‘quv adabiyotlarida o‘z ifodasini topadi.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling