Oʼzbyek adabiyotining XIX asrdagi koʼzga koʼringan vakillaridan biri boʼlgan Zokirjon Xolmuhammad oʼgʼli f urqatni Vatandan judolikda yashashga majbur etgan omillar har doim mutaxassislar diqqat markazida boʼlib kelgan


Download 27 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi27 Kb.
#1406499
Bog'liq
akadmik yozuv 2


Oʼzbyek adabiyotining XIX asrdagi koʼzga koʼringan vakillaridan biri boʼlgan Zokirjon Xolmuhammad oʼgʼli F urqatni Vatandan judolikda yashashga majbur etgan omillar har doim mutaxassislar diqqat markazida boʼlib kelgan. Аdabiyotshunoslar bu hakda turli davrlarda turlicha mulohaza bildirgan. Ulardan ayrimlarining (Gʼafur Gʼulom, Xolid Rasul) fikricha, shoir Toshkentning mashhur boylaridan boʼlmish Saydazimboy va Sharifxoʼja qozini hamda rus generallari Аfrelov va fon Kaufmanni tanqid qilib , hajviy sheʼ rlar yozgani bois jazoga tortilishi muqarrar boʼl gach , yurtni tarketi shgamaj bur boʼlgan. Baʼzi olimlar (Ibrohim Moʼminov, Maqsud Shayxzoda, Mahmudali Yunusov) esa bu masala yetarli darajada oʼrganilmagani , uni oydinlashtirish furqatshunoslikning dolzarb vazifalaridan ekanini taʼkidlagan. Professor Аbdurashid Аbdugʼafurov esa Furqatning Vatanni tark etishi «jiddiy ideologi kasoslar» bilan bogʼliq ekani haqida yozadi. Eʼtirof etish kerakki, mazkur masalaning eng toʼgʼri yechimini profyessor Sharif Yusupov topgan. Olimning aniqlashicha, «...fon Kaufman Furqat Toshkentga kelishidan yetti yil ilgari, yaʼni 1882 yilning mayida, Saydazimboy Muhammadboev esa fon Kaufmandan ham ilgari 1881 yil 2 oktyabrda vafot etib ketgan» va tabiiyki, «Furqat ularni hajv qilgan deb, bu ham yetmaganidek, shu hajvlari tufayli ona yurtidan qochib ketgan, deb koʼrsatish toʼgʼri emas». Olim, shuningdek, Sharifxoʼja qozi va Furqat munosabatlari oʼzaro hurmat hamda ham fikrlikka asoslangani, shuning uchun shoirning bu odam haqida hajviya yozishi ehtimoldan uzoqekani, koʼp yillar kitobdan-kitobga oʼtib kelgan hajviy epigram-malarning Furqat ijodiga aloqa siyoʼqligini ish onarli dalillaydi. Keyingi izlanishl a r natijasida Furqatning chor Rossiyasi mustabid siyosatini fosh etuvchi, ilgari mutaxassislarga maʼlum boʼlmagan bir qancha asarlari, dastxat sh yeʼrlari aniqlandiki, ular shoirning vatandan judolikda yashashi sabablarini yanada oydinlashtirdi. Mavjud dalillar asosida shoirning vatanjudolik sabablarini ikki omil bilan izohlash mumkin. Bulardan birinchisi — Furqatning chor Rossiyasi mustamlaka siyosatini ochikdan-ochiq qoralab asarlar yozgani boʼlsa, ikkinchisi — shoir maʼrifatparvarlik faoliyatining Vatan va millat manfaatlariga uygʼunligidir.
XIX asrda chor Rossiyasining mustabid siyosati Turkiston xalqlari hayotining barcha sohasini birday zanjirband qilgan edi. Tabiiyki, millatparvar ziyolilar, jumladan, Furqat ham bunga befarq qaragan emas. Keyingi yillarda aniqlaganimiz — shoirning shu paytgacha ilm ahliga maʼlum boʼlmagan «Begim» radifli dastxat sheʼridagi quyidagi misralar ham uning m ustam laka siyosatiga boʼlgan murosasiz munosabatiga dalil boʼla oladi:

Shuʼbada izhor etib nogoh charxi hiylasoz,


Boshladi afsun ila makru dagʼosidin, begim.
Gʼunchai davlatni gul yangligʼ parishon ayladi,
Tundbodi hodisoti mojarosidin, begim.
Oxirulamr hukumat gulshani boʼldi xazon,
Keldi zogʼu koldi bulbullar navosidin, begim.

Ushbu baytlarda yu rtning taraqqiyot quyoshi soʼnib, tanazzul shomi boshlangani soʼngsiz hasrat bilan ifoda etilgan. «Charxi hiylasozning afsun ila makru dagʼosi» — oʼsha paytda mamlakatda kechgan fitna-fasodlar, inqiroz jarayoni timsoli. Natijada «... gʼunchai davlat gul yangligʼ parishon boʼlgan, hukumat gulshani xazonga aylangan, zogʼl ar kelish i bilan bulbullar navosi tingan». Mustamlaka Turkistonining ayanchli ahvolini Furqatgacha hech qaysi shoir bunchalik taʼsirli ifodalay olgan emas.


Mazkur dastxat hoshiyasida «Kamina F urqat va Xoji Аʼzam tarafidan choʼx duo va salomlar vusulingiz oʼlsun» soʼzlari bitilgan. Savol tugʼiladi: sheʼr kimga bagʼish langan? F urqat va Hoji Аʼzamning «choʼx duo va salomlar»i kimga atalgan? Zero, dastxat hoshiyasidagi qaydda bu hakda maʼlumot yoʼq. Xoʼsh, u holda «begim» deya ulugʼlangan zot kim? Uning Furqat va Hoji Аʼzamga qanday aloqasi bor? Shoir mustamlaka siyosati bilan bogʼliq iztiroblari xususida kim bilan bu qadar chin koʼngildan dardlash ishi mumkin?
Mazkur savollarga javob berish uchun, birinchi navbatda, ushbu dastxat sheʼr matniga murojaat etish oʼrinli boʼladi. Xususan, quyidagi bayt bu masalaga oydinlik kiritishi mumkin:
Shah hayoti durjida bir dur eding, boʼldung yatim,
Qadring oshdi dahr atab koʼygʼon bahosidin, begim
Shoirning ushbu soʼzlaridan «begim» deb ulugʼlangan insonning shoh farzandi ekani maʼlum boʼladi. F urqatning qaysi shoh farzandi bilan yaqin munosabatda boʼlgani, kimga «begim » deya murojaat etishi mumkinigi tasavvur etilsa, bu shaxs Xudoyorxonning oʼgʼl i Fansurullobekekani maʼlum boʼladi . Chunki shoir Istanbuldan yozgan, mutaxassislar tomonidan «Sabogʼa xitob» deya nomlangan sheʼriy maktubida ham Fansurullobekka «begim» deya murojaat etadi:
Begim, jonim, afandim Fansurulloh,
Zihi shahzodai zul-izza ul-joh.
Na man tanho, ulus shahzodasidur,
Hama shahzodalar ozodasidur.
Qolaversa, Furqat Toshentda yashagan davrid a Fansurullobyek bilan juda yaqin munosabatda boʼlgan. Ikkinchi tom ondan, Fansurullobekning qaynotasi Joʼrabek dodxoh ham Furqat bilan gʼoyat yaqin munosabatda ediki , qaynotasining Qorasuvdagi katta bogʼida boʼlgan suhbatlarda ham u shoir bilan bir necha bor uchrashgan boʼlish i ehtim oldan uzoq emas. Dastxat sheʼrdagi quyidagi misralar Fansurullobekka otasi Xudoyorxon va foti , «charxi hiylasoz» ning shundan keyingi «makru dagʼo»lari munosabati bilan ham d ard l ik yoʼsinida yozilgan:
Odam oʼgʼli yoʼq erurkim, arsai olam aro,
Boʼlmasa ozurdadil davron jafosidin, begim.
Kimsa mehr ushbu jahondin, koʼrdikim, koʼz tutqomiz
Bu jahon ichra jahon ahli vafosidin, begim?
Mango qilgʼon zulmini koʼrgilki,oʼyla bor edim,
Sen kibi shahzodani xayli gadosidin, begim.
Taʼkidlash joizki, ushbu 17 baytdan iborat sheʼr shaxsan Fansurullobekka bagʼishlangan boʼlsa-da, uning mazmun-mohiyati umummilliy ahamiyatga ega. Bino- barin, «gʼunchai davlatning gul yangligʼ parishon boʼlishi, hukumat gulsh anining xazonga aylanish i, bulbullar oʼrnini zogʼlar egallashi» faqat Fansurullobek boshiga tushgan musibat emas edi. Bu — millatning dardi, xalqning musibati edi. Xech shubha yoʼqki, F urqat buni teran his etgan. Bugina emas, shoir millat dardi bilan yoʼgʼrilgan qalb kechinmalarini, koʼngil iztiroblarini quyma misralar orqali bayon etgan. Sheʼr quyidagi duo-baytlar bilan yakunlanadi:
Jonsiporu qadrdonligʼdin bejuz bir tuhfa yoʼq,
Hazratingga Furqatiy xolis duosidin, begim.
Soyai Tangri nasib etgay saning boshingga ham,
Zoyil oʼlmas bobaqo davlat humosidin, begim.
Kun kelib, millatning bosh iga davlat humosi albatta koʼnajagi haqidagi orzu-niyat ifoda etilgan ushbu baytlar va bugun humo qush ining mustaqil Oʼzbe- kisto nning davlat ram ziga aylanish i tasodifiy hodisa emas. Bu — Furqatdek millatparvar ajdodparimiz duolarining mustajob boʼlganidir. Gʼafur Gʼulom nomidagi (F argʼona viloyati) Аdabiyot muzeyi xazinasida 7050-raqam i bilan saqlanayotgan «Sharhi risolat ashshamsiya va ayyana fiyhi al-mantiqiya» asari qoʼlyozmasining hosh iyasiga bitilgan «Munojoti musaddas» ham sh oirning shunday asarlaridandir. 108 misradan iborat mazkur musaddasning joriy imlodagi toʼliq matni А. M adaminov tomonidan tayyorlanib , R. T o j i b o ye v soʼzbosh isi bilan «Oʼzbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetasining 1997 yil 20 iyunь sonida eʼlon qilindi. Sh uning uchun u haqtsa batafsil toʼxtalib oʼtirmaym iz.
Furqatning mustabid siyosatga, jabru zulmga, adolatsizlikka boʼlgan nafrati boshqa asarlarida ham aks etgan. Jumladan, «Boʼldi» radifli muxamma- sida shoir shunday yozadi:
Bahor ayyomi oʼtti, na gulu sarvu suman qoldi —
Ki, bulbul birla kumri oʼrniga zogʼu zagʼan qoldi,
Na jomi marg ichmay lolai xuning, kafan qoldi,
Chamanlardin nishon hech qolmadi, illo, tikan qoldi,
Zimistoni ajalni bodidin bori xazon boʼldi.
Bahor — taraqqiyot ramzi. Sh oirning yozishicha, u oʼtib boʼlgan. Sh uning uchun ham
bulbul birla qumri oʼrnini zogʼu zagʼan egallagan. Bu — milliy davlatchilik oʼrnini Rusiya mustamlakasi zabt etganiga ishora. Аjal zim istoni — istibdod timsoli. U bor tiriklikni xazonga aylantirgan. B inobarin, istibdod tuf ayli milliy anʼanalar toptaldi. M illatning bosh iga qora kunlar tushdi, uning huquqi, erki poymol etildi.
Shoir millatning bu ahvolga tush ishi sabablarini aj dodlarning asriy anʼanalari unutilgani, «musulmon xalqim izning toʼgʼri yoʼldan adashib, maʼsiyat sori ravon boʼlgani, ato birla oʼgʼul oʼrtasida mehru shafqat, ano birla qiz orasida zarra hurmat, agʼniyolarda xayru saxovat, f aqiru benavolarda sabru qanoat qolmaganligi, Xudo birla rasul baʼzi kish iga oshu non boʼlgani» bilan izohlaydi.
Furqat mazkur «Boʼldi» radifli muxammasini shunday misralar bilan da- vom ettiradi:
Yumub koʼzni, qadamni mardlar sori adam KOʼydi,
Vafosiz dahr alarni jonigʼa toki alam koʼydi,
Аjal farzandi odamni jahon mulkida kam qoʼydi,
Mingu uch yuz birinchigʼa sana tokim kddam Koʼydi,
Hamani emdi koʼz tutgani bir sohibqiron boʼldi.
Bu parchaning besh inchi m i srasida muhim f ikr if oda etilgan: «Xamani emdi koʼzutgni bir sohibqiron boʼldi». Darhaqiqat, millat bu paytda Sohibqiron Аmir Temurdek yoʼlboshchiga muhtoj edi. Yurtni moʼgʼullar zulmidan ozod qilgan Sohibqiron — milliy ozodlik timsoli. Sh uning uchun ham shoir millatga uningdek bir rahnamoni orzu qiladi.
Koʼrinib turibdiki, F urqat sheʼriyatida ozodlikka, milliy istiqlolga intilish tuygʼusi chuqur dard, betakror badiiyat bilan ifodalangan. Bu tuygʼu baʼzan ochiqcha, ayrim hollarda esa turli sheʼriy timsollar zamirida aks etgani kuzatiladi.
Furqatning chor Rossiyasi mustabid siyosatining insoniylikka zid mohiyatini ayovsiz fosh etuvchi, Vatan va millat dardi bilan y oʼgʼr i l gan , un i n g nurli istiqbol haqidagi orzu-intilish larini aks ettiruvchi bunday asarlaridan mustamlaka maʼmurlari bexabar qolmagan, albatta. Binobarin, nainki oʼz mustamlakasi boʼlgan bir mamlakat yoxud millat, balki uning har bir ziyoli vakili ustidan a y gʼo qchi l i k nazoratini oʼrnatish, ularning xatti-harakatlarini muntazam kuzatish, maʼlumotlar toʼplash .tuhm at uyu sh tirish , qatagʼon etish — istibdod siyosatining eng sinalgan usuli boʼlgani bugun hech kim ga sir emas. Sh unday ekan, chor hukumati maʼmurlarida F ur-qat haqida ham shunday maʼlumotlar boʼlganiga shubha qilmasa boʼladi.
Tabiiyki, chor m ustabid siyosatini qoralovchi, fosh etuvchi shoirdan qutu- lish uchun uni mamlakat hududidan chiqa- rib yu borish ning barcha choralari koʼril- gan, bir soʼz bilan aytganda, Furqatning xorijga ketishi va ona yurtiga qayta olmasligini general-gubernatorlik rejali asosd a m axsus uyu sh tirga n, deb hisoblash uchun asoslar yetarli. Zokirjon F urqatning vatandan judoligiga ikkinchi sabab, taʼkidlanganidek, sh oir m aʼrif atparvarlik dunyo- qarash ining yurt va millat manfaatlariga uygʼunligi bilan izohlanadi. Chunki chor hukumati oʼsha davrda, birinchi galda, millatparvar ziyolilardan xavf sirar edi.
Shoir chor istibd odining fojiali oqibatlarini fosh etish barobarida ona yurt f arzandlarini nisbatan ilgʼor boʼlgan rus madaniyatini oʼrganishga, undan oʼz manfaatlari yoʼlida foydalanishga chaqirgan.Sh o i r bu haqda «Oʼz nafʼimiz uchun Rusiya xalqi umurigʼa mulohaza qilsoq lozimdur», deb yozgan edi.
Furqatning rus madaniyati targʼibiga bagʼishlangan asarlarini baholaganda uning mazkur soʼzlarini har doim nazarda tutish zarur. Binobarin, shoirning ushbu soʼzlari uning rus va Ovrupo madaniyatiga boʼlgan munosabatini bel- gilashda mezon vazifasini oʼtay oladi.Sheʼriyat ramzlar, timsollar bilan ish koʼradi. Uni shunchaki, yuzaki talqin etish sheʼrning mohiyatini anglamaslikka, j oʼnlash tirish ga olib keladi.
Shu bois F urqatning zohiran rus madaniyati targʼibiga bagʼish langan asarlarida botinan millat dardi, uning iztiroblari, orzu-arm onlari ifoda etilgan- ki, bunday daʼvat mustamlaka maʼmuriyatiga maʼqul boʼlmagani aniq. Tabiiy- ki, chor istibdodiga qarshi xalq harakatlari toʼlqinlana boshlagan bir sharoitda bunday millatparvar sh oirning Turkistonda yashashi hukmron doiralar manfaatlariga zid edi. Sh u bois ular puxta oʼylangan reja asosida sh oirning «sayohat»ini uyu sh ti r i sh ga muvaffaq boʼlgan.
Oʼzbekiston xalq shoiri Аbdulla Oripovning «Furqat nidosi» sheʼrida shunday bayt bor:
Men vatandan ketmaganman, ayri tushganman, xolos,
Аjragandek suv kecharda bir nafas tandan libos.
Garchi Аbdulla O ripovning qoʼlida Furqatning ona yurtni oʼz ixtiyoriga zid ravishda tark etish ga majbur boʼlganini tasdiqlovchi dalillar boʼlmasa-da, u buni hassos sh oirlarga xos ichki bir tuygʼu bilan his etgan. Xulosa qilib ayt-ganda, 1891 yil 14 mayida Furqat goʼyo koʼngl iga «sayohat orzusi tush ib», amalda esa badargʼa qilinib, jondan sevgan ona yurtini tark etish ga majbur boʼlgan.
Endi sh oirning yurtiga qayta olmaslik sabablariga toʼxtalsak. Furqatning xorijdan Vatanga qayta olmaslik sabablari ham adabiyotsh unoslar oʼrtasida koʼp m unozaralarga sabab boʼlgan. Ulardan eng muhimlariga toʼxtalib oʼtish zarurati seziladi. «F urqatning xatlaridan maʼlum boʼlishicha, — deb yozadi Mahmudali Yunusov, — u mutlaqo chet ellarda qolib ketaman, deb oʼylamagan. Xatto, Kosh gʼarga — Yorkentga borish oldidan ham u yerdan Tosh kentga qaytajagini taʼkidlaydi».
Prof yessor Аbdurash id Аbdugʼafurov shoirning N.O stroumovga yozgan maktu- bidagi «Аgar borolm asam , bu qilgʼon sayohatlarim ni bir kito b qilib, siz hurmatlugʼa yuborurman» degan soʼzlarini keltirar ekan, shunday xulosani ilgari suradi: «Diqqat etaylik: «bormasam» em as, balki «borolm asam » deb yozadishoir . Maʼnojihatidan har ikki soʼzning bir-biridan keskin farq etishi ravshan.«Bormasam»da subʼekt xohish i, ixtiyori birinchi oʼrind a tu- radi. «Borolmasam»da esa, aksincha, ba- jarilajak f aoliyatining asosan obʼektiv shartsh a roit bilan bogʼliqligi , subʼektdan tash qari kuchlar, holatlar oʼz taʼsirini koʼrsatishi mumkinligi nazarda tutiladi. Demak, F urqatning buoʼrinda «borolmasam» sh aklini ish latishi, albatta, oddiy tasodif em as. Bundan F urqat oʼsha vaqtlardayoq qay darajada intilm asin, Vatanga qaytish qatmsalik masalasi shaxsiy xohish - ixtiyorga bogʼliq boʼlmagan masala ekanini tushungan: qator jiddiy obʼektiv sabablarga koʼra, oʼz yu rtiga yana «borol- mas»ligi m um kinligini his etgan, deb xulosa chiqarish asosli va oʼrinli boʼlsa kerak».
O limning ush bu xulosalaridagi kuchli mantiqni eʼtirof etm aslik mumkin emas. Lekin, oʼsha paytda yetarli dalil- lar boʼlm agani tuf ayli boʼlsa kerak, mazkur obʼektiv sabablar nimalardan iborat ekani oydinlash may qolgan edi.
Professor Sharif Yusupov shoirning ona vatanga qayta olmasligi bilan bogʼliq bir necha eng muhim sababni aniqlash ga muvaffaq boʼlgan. Olim Furqatning J idda-Makka yoʼlidan yozgan maktubim atnini ke ltirar ekan, shunday xulosa chi qarad i: «M aktubni oʼqirkanmiz, avvalo, Fur qa t chet elga pasportsiz yoki biror bosh qa hujjat- siz joʼnatib yu borilganini koʼram iz. Oʼz xatida «... meni(ng) qoʼlumda boshfurt va yo bir yoʼl xati yoʼqtur. Chunki meni(ng) hamma ahvolim oʼzi n gi zgʼa maʼlumdur» deb yozish iga qaraganda, uning orqasidan hujjat tayyorlab yu borish ni general-gubernatorning oʼzi vaʼda qilgan, bundan N .Ostroumov ham xabardor boʼlganga oʼxshaydi. Аmmo general-guber- natorlik doi r a l a r i ki m l a r n i n gd i r «yordami» bilan sh oirni bir amallab mamlakat chegarasidan tash -qariga chi- qarib yu borganlaridan keyin unga hujjat yu borish ni xayolga ham keltirmay- di...»
Shundan keyin sh oir ilgari Istanbuldan yu borgan maktubidagi «Boʼmbay va Hinduston muzofotlarini tamoshqilmoqchidurman , inshoolloh, andin soʼngra Kobul tarafi birlan Tosh kandgʼa borm oqni xohlayman» degan niyatini am alga osh ira olm aydi... Furqatning keyinchalik topilgan dastxat maktublariga qaraganda, uning Turkistondagi rasm iy doiralardan qilgan iltimosi natijasiz tugashi shoirning Toshkentga qaytib kelish imkoniyati barbod boʼlganining alomatidir».
Bizningcha , Furqatning xorijda qolib ketish ining yana ikki sababini koʼrsatish mumkin: birinchi omil shoirning chet ellarda yaratilgan asarlari mohiyat eʼtibori bilan chor hukumatining mustamlaka siyosatiga zid ekanligi boʼlsa , ikkinchi-si — Furqatning shaxs sifatidagi fazilatlaridir.
Yuqorida shoirning chor istibdodini ochikdan -ochiq qoralagan asarlari xususida toʼxtaldik. Taʼkidlash joizki, shoirda bunday imkoniyat har doim ham boʼlavergan emas. Аyniqsa, Furqat xorijda ekanida uning har bir qadami nazoratda boʼlgan. Sh uning uchun shoir endi boshqacha yoʼl tutgan. U «Turkiston viloyatining gazeti» uchun moʼljallangan asarlarida aytmoqchi boʼlgan asosiy fikrlarini bilvosita, yaʼni asarlari zam iridagi yash irin maʼno orqali ifoda etgan.
Bu jihatdan Furqatning xalqaro mavzudagi siyosiy publitsistikasi alohida ahamiyatga ega.
Lekin sh oir oʼzining mustamlaka siyosatini qoralovchi f ikrlarini faqat publitsistik asarlari emas, manzumalari zam iriga ham mahorat bilan singdirib yuborgan
Buni sh oirning «Rus askarlari taʼrif ida», «M asarratnom a», «Qasida» kabi asarlari misolida koʼrish mumkin.
Xususan, F urqatga juda koʼp taʼnalar qilinish iga sabab boʼlgan «Rus askarlari taʼrifida» deb nomlanib kelgan asarning nasriy soʼzbosh isi — kirish qismida shoir shunday yozadi: «Habl ulmatin» va «Pesai axbor» nom Hinduston gazetlarida Rusiya davlatining yopun xal-qi birla qilgʼon muhorabalari xususida Oʼrusiya askari borasida aksar kinoyaomez soʼzlarni yozadur. Chunonchi, ul axborlarning zohir iborati mahz bir voqeiy holotlardur. Va lekin, mazmunini diqqat birla mulohaza qilgʼonda, kinoya va hasadom yez m aʼnilar paydo boʼladur. Аf suskim, ul axborlar muallifi mun sifona soʼzyozmaydurlar » («TVG», 1905 yil, 27 avgust, 34-son).
Аsarning ushbu ibtidoqismining oʼziyoq bir qancha muhim xulosalar chiqarish i m ko n i n i be r ad i . B irinchidan, maqolaning hind tilidagi gazeta materiallari asosida yozilgani Furqatning bu tilni ham bilganini koʼrsatadi. I kkinchidan, m azkur soʼzbosh idagi Rusiya d avlatining yopun xalqi birla qilgʼon muhorabalari j um lasiga urgʼu berilayotgani bej iz emas. Furqat bu oʼrinda chor Rossiyasining bosqinchilik siyosatiga ish ora qilmoqda. Bundan ta- shqari, «Habl ul-matin» va «Pesai ax- bor» ga zetalaridagi mazkur urush haqida yozilgan «axborlarning zohir iborati mahz bir voqeiy holotlar», yaʼni haqiqatda boʼlgan voqealar ekani toʼgʼrisidagi taʼkidi ham diqqatga sozovordir. Bu orqali shoir chor armiyasining Yaponiyadagi sharmandalarcha magʼlubiyatiga ish ora etayotganini anglash qiyin emas. Shoirning eʼtirozi faqat bir narsaga — bu hakda yozilgan soʼzlar kinoya va hasadomuz maʼnida ekaniga qaratilgan.
Taʼkidlash j oizki, joriy imlodagi nashrlarda Furqatning boshqa koʼplab asarlari qatori m azkur sheʼr ham qisqartirib eʼlon qilingan. Nashr nusxasi asl manba bilan qiyoslanganda, shoir «Tanlangan asarlar»idan manzum aning 30 misrasi tush irib qoldirilgani aniqlandi. F urqat «Tanlangan asarlar»ida « Qisqartirib olindi» deya izoh berilgani nash rga tayyorlovchining masalaga halollik bilan yondashganini koʼrsatadi. «Tanlangan asarlar»dan tush i r i b qo l d i r i l gan 7 -8 -baytlar mazmuniga diqqat qilaylik:
Borib Manjuriya sori urushqa,
Yopun xalqini turdi oʼlturushqa.
Qizib bozori marg andogʼki yaksar,
Puli boru puli yoʼqqa barobar.
Bu urush chor Rossiyasining mustamlaka urushi edi. Furqat rus askarlarining «yopun xalqini oʼldirish ga» tushib, ajal bozorini qizitganini taʼkidlar ekan, ularning oʼzga bir yurtga bosqinchilik niyati bilan borganiga ishora qiladi.
Maʼlumki, mazkur asar yozilgan 1905 yilda rus-yapon urushi rus arm iyasining sharm andali m agʼlubiyati bilan yakunlangan. Sh oir «Birovgʼa Haq berur fathu zafarni, birovgʼa solgʼusi xavfu xatarni» deganda ayni shu magʼlubiyatni nazarda tutgani koʼrinib turibdi.
Maʼlum boʼladiki, F urqatning «Rus askarlari taʼrifida» deb nomlanib kelgan asari m ustabid chor Rossiyasi askarlari m a qtov i ga em as, aksincha, ularning bosqinchilik harakatlarini, rus-yapon urush idagi sh armandali qismatini fosh etish ga qaratilgan.
Shu oʼrinda asar mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan yana bir muhim xulosa- ni — mazkur asarning nomlanishi notoʼgʼri boʼlganini taʼkiddash zarurati seziladi. Binobarin, avvalo, ush bu nom sh oirning oʼzi tarafidan emas, nashrga tayyorlovchi tomonidan qoʼyilgan. « Turkiston viloyatining gazeti » da «Stixi iz Yarkenta» sarlavhasi bilan eʼlon qilingan ush bu manzumaga shoirning oʼzi hech qanday sarlavha qoʼygan emas. Ikkinchidan, «Rus askarlari taʼrifida» degan nom asarning asl mohi- yatiga mutlaqo mos emas. Аgar asarga sarlavha berish ehtiyoji sezilsa, biz- ningcha, uni «Rus-yapon muhorabasi xususida» deb nom lash toʼgʼr i boʼlardi. Chunki asarda mual lifning mazkur urushga xolis va haqqoniy munosabati ifoda etilgan.
Taʼkidlanganidek, F urqatning «Qasida» deb nomlangan asari ham mutaxas- sislar oʼrtasida bir qancha m unozaralarga sabab boʼlgan. Hatto, shoirni shu asari asosida chor mustamlaka siyosati mohiyatini tushunmaslikda ayblash hollari ham boʼlgan. Аslida ham shundaymi? Аsar matni ustida olib borilgan izlanishlar bu f ikrning aksini isbotlamokda. Yaʼni F urqat bu asari zam iriga ham chor istibdodining asl mohiyatini fosh etuvchi maʼno-mazmunni mahorat bilan singdirib yuborgan.
Shoirning «Qasida»ga yozgan soʼzbosh i-izohi uning m azkur asarni bitish payti dagi ruhiy holatini his etishim konini beradi. U quyidagi jumlalar bilan bosh lanadi: «Zimistoni shabistonlarkim, siyohbaxtlar roʼzgoridek qaro va sohibi afkorlar andishasi yangligʼ uzun va beintihodur. Bu laylat ud -dajoda uyqu durrojlari koʼzlar osh yonasidin ramida qilib, xayol nasoyimi har tarafgʼa varzida qilur erdi...» («TVG», 1903 yil 9 iyunь, 22-son).
Qarangki, «oqpodsh oh»ga bagʼish langan qasidaning debochasi qanday tasvir bil an boshlanmoqda : « Siyohbaxtlar roʼzgoridek qop-qora, zim iston tun». Bu tasvir zam iriga sh oir qanday maʼnoni joylagan? Bu orqali nima d yemoqchi? Bu tasvir mazkur debocha davomida «joʼshi bahori rash ki gulistoni Eram» deya taʼriflangan F argʼona mamlakati, «bu roqim i tasvidotning asl shajarai vujudi... obu havosi birla tarbiyat topmish boʼlgʼon» Xoʼqand gulsh anining istibdod zulmatida qolganligiga ish ora emasmi? Ushbu soʼzlar zam iriga xuddi shu mazmun-mohiyat singdirilgan, nazari- mizda. Аks holda, podsh oh maqtoviga bagʼish langan qasida bunday dard-alam, iztirob ifodasi boʼlgan soʼzlar bilan bosh lanmagan boʼlardi.
Qolaversa, ush bu izoh-soʼzbosh ining davomi ham chuqurroq mulohaza yu ritish ni taqozo etadi: «Аrbobi nazardin va mulohaza aylagaylar. M abodo, xotirlarigʼa kelmagʼoykim, ush bu soʼzlar xushomad goʼyligʼ yuzidin ado topqon boʼlgʼay deb. Chunki m aqsud im iz asli bosh qa yerga resha chekm aklikni koʼnglumiz ganjinasida maktum va muzammirdur. Vassalom».
Sh oirning bu asarga insof yu zasidan baho berish ni soʼrab yozgan ush bu soʼzlaridan keyin ham u hakda yuzaki mulohaza yuritish arbobi nazar — olimlar uchun munosib boʼlmagan holdir. Bevosita asar matniga murojaat etamiz. Qasid a Ya ratganga ham du sano bilan bosh lanadi:
Jahonda har nakim — Xudovandi jahon etti,
Qilib kudratnamoligʼ zaminu osmon etti.
Kamoli judi oʼn sakkiz ming olam aylabon mavjud,
Mukarram xalq etib odamni, sunʼini ayon etti.
Xama maxpuqni, Boriy, mutʼu zerdast aylab,
Аlargʼa Odam oʼgʼlin zerdastu qahramon etti.
Xaqiqiy podshohekim, jahonni intizomi-chun
Majoziy podshohparni jahongʼa hukmron etti.
Mazkur hamd-baytlarning soʼnggisi, ayniqsa, tagmatnda ifoda etilgan maz- munning benihoya teranligi bilan alohi d a a j r a l i b tu r a d i . Ya ʼni, sh o i r «oqpodshoh»ga qarata «Sen vaqtinchalik majoziy podshohsan, sening hukmronliging ham oʼtkinchi. Haqiqiy podsh oh esa Tangri taolodir» demokda.
Quyidagi baytlar tahlili ham ramzlar, tim sol l ar orqali chor hukum ati yuritayotgan bosqinchilik va tajovuzkorlik siyosatini fosh etish shoirning bosh maqsadi boʼlganini koʼrsatadi:
Xukumat intizomin koʼr: tajovuz aylab insondin,
Siyosat zarbatidin larzalar sheri jayon etti.
Sipohiy shersavlatdur, livosi ajdaho paykar,
Olib koʼb shahrni, alqissa, tasxiri jahon etti
Sh oirning taʼkidlash icha, oʼzga mamlakatlarni zabt etish , bosib olish bu davlatning, yaʼni chor hukumati siyosatining asosiy nizomi, bosh muddaosidir. B osh qacharoq aytganda, bu siyosat qoʼyga boʼrini posbon etishni oʼziga shior qilib olgan:
Nizomi mamlakat zabti musallamdur bu davlatga,
Desam yolgʼon emas: qoʼygʼa boʼrini posbon etti.
Taʼkidlash j oizki, chor istibdodining mohiyatini Furqatgacha hali hech bir shoir zarbulmasal tarzida bunchalik mahorat bilan fosh eta olgan emas.
Furqatning mazkur yoʼnalishdagi «Masarratnoma» asari xususida ham xuddi shunday mulohazalarni aytish mumkin. Shoirning 1904 yil 7 sentyabrda N.Ost- roumovga yuborgan maktubidagi «...farmoyishlarigʼa muvofiq, 31-numira gazet mazmunida bir manzuma tahrir aylab, xizmatlarigʼa yubordim» soʼzlari mazkur asarning mustamlaka maʼmuriyati farmoniga binoan yozilganini koʼrsatadi.
«Turkiston viloyatining gazeti» 1904 yil 5 avgust 31-sonida Rossiya impe- ratori Nikolay ikkinchining 1904 yil 30 iyulь kuni oʼgʼil koʼrgani haqidagi ma- teriallarga asosiy oʼrin berilgan edi.
«Masarratnoma» asaridagi «Zamonida boqar qoʼylarni boʼri, Muning yoʼq aj- ziyu oning gʼururi» kabi misralar shoirning imkon topdi deguncha mustamlaka siyosatining insoniylikka zid mohiyatini fosh etishga intilgani isbotidir.
Xorijda yozgan sh yeʼrlarining beistisno barchasida shoirning ona Vatanga boʼlgan cheksiz muhabbati aks etganligi kuzatiladi:
Vatanning ishtiyoqin tortaram gʼurbat gʼami birla,
Turubdurman qutulmay gʼussau ranju anolardin.
Shoirning gʼurbatda — jondan sevgan ona yu rtidan uzokd a doʼsti Toshbolta Roiqqa yozgan sh yeʼriy m aktubidan olingan ush bu bayt Vatanga muhabbati behad baland, lekin unga qaytish yoʼlida gʼussau ranju anolardin qutula olmayotgan insonning qalb iztiroblari benihoya taʼsirli if odalangan.
D oʼsti Tosh boltadan xat olgan shoirning quyidagi m isralarida if odalangan soʼn gsi z sogʼinch dardi, hissiyotlar toʼlqini oʼquvchi qalbini larzaga soladi:
Oʼqub ul dam oni boʼldi oqargʼon koʼzlarim ravshan,
Siyohigʼa ezib erding magarkim toʼtiyolardin.
Quyidagi misra ham sh oirning qanchalik xohlamasin, ona yurtga qaytish im- koni boʼlmayotgani xususida:
Borurman gar qutulsam bu tilismi hayratafzodin,
Yetib imdod holimgʼa jamiʼi muddaolardin.
Xoʼsh, sh oir qutula olmayotgan bu tilismi hayrataf zo nima? Uning yoʼliga toʼsiq boʼlayotgan gʼussau ranju anolar-chi ? Ular nimalardan iborat? Maʼlumki, bu kabi savollar oʼz davrida bosh qa adab iyotsh unoslarni ham qiziqtirgan edi. Bu mustamlakachilar tomonidan qoʼyilgan hiyla-nayrang tuzogʼining uzoqni moʼljallab, rejali asosda qoʼyilgani bilan izohlanadi.
Mana, bir misol: Oʼzbekiston Markaziy davlat arxividagi Nikolay Ostroumov fondida saqlanayotgan hujjatlardan birida Furqat mashhur «Gim naziya» sheʼrini yozgan paytda Toshkent Erlar gimnaziyasida taʼlim olgan Stepanov degan kimsaning Yorkentga borib , shoir haqida shunday maʼlumotlarni yuborgani qayd etil- gan: «Muhtaram Nikolay Petrovich, — deb yozadi Stepanov, — men si zga ush bu xat bilan Yorkentda koʼrish ganim Zokirjonning sheʼrlarini ham yuboryapman. Ochigʼini aytgand a , Zokirjonning sheʼrlari menga yoqm adi. Men Furqatning samimiyligiga mutlaqo shubha bilan qarayman. Tan olish kerakki, u juda aqlli, isteʼdodli va benihoya yoqimli inson. U tabobat bilan shugʼullanadi. Yerda ishlashni yoqtiradi. Me- ning oʼylash imcha, u Rossiyani mutlaqo sevmaydi. Dinga nihoyatda berilgan. Men unga sheʼr yozish dan tash qari, bizning sartlarimizni qiziqtirishi mumkin boʼlgan mahalliy m avzular — bu yerning aholisi, urf -odatlari, sanoati haqida yozish ni tavsiya qildim . Bu yerdagi aqlga sigʼm ayd igan jaholat, shuningdek, rus zulmidan doimiy ravishda norozi boʼlgan bizning Turkiston tuzemlilari foydalanayotgan qulayliklarga alohida urgʼu berishni soʼradim» (MDА, 1009-raqamli fond, 1- roʼyxat, 135-ish, 42-43-betlar).
Stepanov toʼgʼri taʼkidlaganidek, Furqatchor Rossiyasini sevgan emas. Lekin, bu yerda masalaning diqqatga sazovor boshqa bir jihati bor. Mazkur hujjatning oʼzi yoq koʼrsatib turibdiki, Furqat chor hukum atining doim iy nazoratida boʼlgan. Unga hatto nimalar haqida yozish ni ham tavsiya etib turganlar. Stepanov Turkistondagi chor maʼmuriyatiga shoirdagi oʼzi yoqtirmagan yana uch xususiyat toʼgʼri sid a yozib yuboradi: uning Rossiyaga nisbatan samimiyligiga shubha bilan qarashi ; Furqatning sheʼrlari unga maʼqul kelmagani; shoirning mustahkam eʼtiqodli dindor ekani.
Koʼrinib turibdiki , muntazam ravishda Furqat haqida mana shunday
maʼlumotlarni toʼplabborgan chor hukumati shoirning ona yurtga kelishini maqsadga muvofiq emas, deb topgan va uning Vatanga qaytish yoʼllarini taqa -taq yopib qoʼygan. Lekin, taqdir ish ini qarangki, shoirning vujudi qaytmagan boʼlsa-da, uning barhayot ruhi bebaho asarlari vositasida ona zam inga qaytdi va bugungi kunda minnatdor avlodlarni Vatan hamda millatga muhabbat ruhida tarbiyalashda munosib xizmat qilmokda.
Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling