O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»
Download 1.16 Mb.
|
G‘arbiy Toshli
2.4. Stratigrafiya
Qarshi Buxoro neft va gazli basseynining litologik, stratigrafik kesimi shipi tektonik xususiyatlarini va vertikal qirqim bo‘yicha gidrogeologik ma’lumotlarni o‘rganish natijasida 4ta suv bosimida ishlanadigan kompleks borligi aniqlangan. a) yuqori yura, b) quyi bo‘r, v) senoman-alb, g) yuqori turon. Sharqiy va G‘arbiy Toshli konlari joylashgan o‘rni bir-biriga yaqin bo‘lganligi uchun, ularning gidrodinamik va gidroximik tavsiflari beriladi. Bu konlarda mahsuldor qatlamlar XIII, XV va XV “a” gorizontlar joylashgan yura va quyi bo‘r bosimi komplekslar bo‘yicha berilgan. Janubda Buxoro va Chorjo‘y tektonik pog‘onasida ajratib turuvchi fiksur buzilish zonasi o‘tadi. Bu zona chegarasida buzilishlar bilan murakkablashga qator burmalar mavjud. Toshli neft va gaz koni antiklinal zonada 2ta burmadan iborat. Sharqiy Toshli va G‘arbiy Toshli Turon yotqiziqlari bo‘yicha tashqi tuzilmasi tor chiziq antiklinaldan iborat. (G‘arbiy Toshli burmasi). O‘ng qismida aniq gumbazli antiklinaldan iborat. G‘arbiy Toshli Seysmik qidiruv natijasida yoriqlar shaklidagi buzilishlar mavjudligi aniqlangan, bunda shimoliy bloklar janubiylariga qaraganda pasayganligi aniqlangan. Tuzilmaning keng qismidagi yorilishlar janubdan-g‘arbga qarab cho‘zilib ketgan. G‘arbiy Toshli burmasining o‘lchamlari quyidagicha: (110 m izogips bo‘yicha) uzunligi-1km, eni-0,57 km, balandligi-5,8m XII mahsuldor gorizontning ustki yuzasi G‘arbiy Toshli burmasining anltetudali burmasining o‘lchamlari ortib boradi. (34metrgacha) G‘arbiy Toshli burmasining o‘lchamlari (tutashtiruvchi 720m izogips bo‘yicha) quyidagicha: uzunligi-7,3km, eni-1,75km, balandligi 96m. Yoriqlar shaklidagi buzilishlar natijasida yuzaga kelgan. Mahsuldor gorizontlarning kollektorlik xususiyatlari. Yuqori aytib, o‘tilganidek mahsuldor qatlamlarining qirqimlaridan kernlar notekis va ozroq olingan. Ammo kern olingan oraliqlardagi kernlar soni yetarlidir. Bu oraliqlar qirqimning har xil joylarida joylashgan, butun kon bo‘yicha qaralsa ular butun mahsuldor gorizontni qamragan. Shuning uchun gorizontning kollektorlik xususiyatini baholash uchun ma’lum miqdorda qoniqarli darajada desa bo‘ladi. Shu maqsadda hamma quduqlar va ularning oraliqlaridan 1249 kern namunasi olingan va ular o‘rganilgan. Shundan 236 tasi XIII gorizontdan va 1013 tasi XV “a” gorizontdandir. Bundan tashqari kollektorlarning konditsion chegarani aniqlash uchun olingan kern namunalari va quduqlarni sinash natijasida tahlil qilib chiqilgan. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling