O’zdavtemiryo’lnazorat o’zbekiston respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma toshkent
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
ISI uz
bitta sariq chiroq - "Poezdga stansiyaga asosiy yo’lidan to’xtashga tayyor holda kirib borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) yopiq" (rasm 2.2, a); ikkita sariq chiroq ulardan yuqoridagisi o’chib-yonadigan - "Poezdga stansiyaga yon yo’ldan cheklangan tezlikda kirib borish mumkin; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq" (rasm 2.2, b); ikkita sariq chiroq - "Poezdga stansiyaning yon yo’liga pasaytirilgan tezlikda to’xtashga tayyor bo’lgan holda ketib borishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.2, v); bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.2, g); Kirish svetoforlaridan poezdni stansiyaga ikki yo’lli (ko’p yo’lli) peregonning yo’lidan qabul qilish uchun quyidagi signallar uzatiladi: ikkita sariq chiroq - "Poezdga pasaytirilgan tezlik bilan keyingi chiqish (marshrut) svetofori yoki chegaraviy ustuncha to’g’risida to’xtashga tayyor holda stansiyaga kirishga ruxsat etiladi"; bitta qizil chiroq - "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi". 8. Poezdlarni krestovinasining og’ishi katta strelkali o’tkazgich bo’ylab yon yo’lga qabul qilish uchun kirish va marshrut svetoforlarida quyidagi signallar qo’llaniladi: bitta yashil o’chib yonuvchi va bitta sariq chiroqlar va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaning yon yo’liga ketib borishi mumkin; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni 80 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tish talab etiladi" (rasm 2.3, a); ikkita sariq chiroq, ulardan yuqoridagisi o’chib yonuvchi va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyaga yon yo’ldan ketib borishga ruxsat etiladi; keyingi svetofor (marshrut yoki chiqish) ochiq va uni pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi" (rasm 2.3, b); Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling