CHIQISH SVETOFORLARI
10. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalardagi chiqish svetoforlaridan quyidagi
signallar uzatiladi:
bitta yashil chiroq - "Poezdga stansiyadan jo’nashga va belgilangan tezlikda ketib
borishga ruxsat etiladi, oldinda ikki va undan ortiq blok-uchastka bo’sh (rasm 2.6, a);
bitta sariq chiroq - "Poezdga stansiyadan jo’nashga va to’xtashga tayyor bo’lgan holda
ketib borishga ruxsat beriladi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.6, b);
ikkita sariq chiroq, ularni yuqorisidagi o’chib yonadigan chiroq - "Poezdga
pasaytirilgan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelka o’tkazgich orqali
og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor ochiq" (rasm 2.6, d);
ikkita sariq chiroq - "Poezdga pasaytirilgan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat
beriladi; poezd strelka o’tkazgich orqali og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor yopiq" (rasm
2.6, e);
bitta qizil chiroq - "To’xta! Signalni o’tish taqiqlanadi" (rasm 2.6, v, g).
11. Avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, krestovinasining og’ishi katta
strelkali o’tkazgichlardan og’ishgan holda o’tib poezdlar jo’natilganda chiqish svetoforlaridan
quyidagi signallar uzatiladi:
bitta yashil o’chib yonuvchi va bitta sariq chiroqlar va bitta yashil yonuvchi tasma -
"Poezdga soatiga 80 km/soat dan oshmagan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd
strelkali o’tkazgichdan og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor ochiq" (rasm 2.7, a);
ikkita sariq chiroq va bitta yashil yonuvchi tasma - "Poezdga soatiga 60 km/soat dan
oshmagan tezlikda stansiyadan jo’nashga ruxsat beriladi; poezd strelkali o’tkazgichdan
og’ishgan holda o’tadi; keyingi svetofor yopiq" (rasm 2.7, b).
Do'stlaringiz bilan baham: |