O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"Buyruq №____. Vaqti: soat, minut"


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"Buyruq №____. Vaqti: soat, minut". 
"№ _____ poezdning mashinisti. Men, _______ stansiyasining navbatchisi 
_________ yo’l bo’ylab kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida harakatlanishga ruxsat 
beraman. qabul qilish marshruti tayyor. DSP __________ (familiya)". 
Poezd noto’g’ri yo’ldan harakatlanib, ushbu yo’lda kirish svetofori bo’lmaganda qayd 
etiluvchi buyruq quyidagi shaklda uzatiladi: 
"Buyruq №____. Vaqti: soat, minut". 
"№ _____ poezdning mashinisti. Men, _______ stansiyasining navbatchisi 
___________ noto’g’ri yo’ldan _____ yo’l bo’ylab harakatlanishga ruxsat beraman. 
qabul qilish marshruti tayyor. DSP ________ (familiya)". 
Buyruqni takrorlab va uni to’g’ri tushunilgani xususida stansiya navbatchisidan tasdiq 
olganidan so’ng, mashinist poezdni stansiyaga kiritadi. 
Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdni stansiyaga harakatlanishi 
to’g’risidagi stansiya navbatchisining mashinistga buyrug’i kirish svetofori ("Stansiya 
chegarasi" signal belgisi) yonida o’rnatilgan maxsus telefon orqali ham xuddi shu kabi 
shakllarda uzatiladi. Bunday telefonlardan faqat lokomotiv brigadalari foydalanishi mumkin. 
Odatda, radio aloqa orqali buyruq mashinistga oldindan, poezd stansiyaga 
yaqinlashganda uzatiladi. Maxsus telefon orqali buyruq mashinistga poezd kirish svetofori 
("Stansiya chegarasi" signal belgisi) oldida to’xtaganidan so’ng uzatiladi. 
268. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida kirish svetoforining taqiq 
ko’rsatmasida poezd stansiyaga ushbu Yo’riqnomaning 66-bandida ko’zda tutilgan tartib 
bo’yicha qabul qilinadi. 
269. Kirish svetoforining taqiq ko’rsatmasida stansiya navbatchisining yozma 
ruxsatnomasi bo’yicha poezd stansiyaga faqat favqulodda holatlarda, bu maqsad uchun ushbu 
Yo’riqnomaning 265-bandida ko’zda tutilgan ruxsatnomalarning boshqa shakllaridan 
foydalanish imkoni bo’lmaganda qabul qilinadi. Yozma ruxsatnoma quyidagi shaklda 
to’ldiriladi: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling