O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"Falon ishlarni amalga oshirish maqsadida __________ peregonning _____ yo’li


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"Falon ishlarni amalga oshirish maqsadida __________ peregonning _____ yo’li 
____ soat ____ minutdan boshlab harakat uchun yopiladi, yopiq peregonga ishlar 


rahbari ____________ (lavozim va familiyasi ko’rsatiladi)ning talabnomasiga binoan 
jo’natiladigan №№ ______ xo’jalik poezdlari bundan mustasno". 
"____ km da to’xtab qolgan №____ poezdga yordam ko’rsatish uchun _____ 
peregonning _____ yo’li ____ soat _____minutdan boshlab barcha poezdlar harakati 
uchun yopiladi, to’xtab qolgan poezdni chiqarish uchun _______________ stansiyasidan 
jo’natiladigan yordamchi lokomotiv bundan mustasno" yoki "to’xtab qolgan poezdni 
surib, so’ng ______________ stansiyasiga qaytadigan yordamchi lokomotiv bundan 
mustasno". 
"____ km da tiklash ishlarini bajarish uchun __________ peregonning ____ yo’li 
_____ soat ____ minutdan boshlab barcha poezdlar harakati uchun yopiladi, tiklash 
poezdlari bundan mustasno". 
Ikki va ko’p yo’llik peregonlarda yo’llardan biri yopiq bo’lganda, qolgan yo’l bo’ylab 
to’g’ri yo’lda, ikki tomonlama avtoblokirovkada esa har ikkala yo’nalishda jo’natiladigan 
poezdlar uchun mavjud signalizatsiya va aloqa vositalari saqlanib qolinadi. Qolgan yo’l 
bo’ylab poezdlarni noto’g’ri yo’nalishda (ikki tomonlama avtoblokirovka bo’lmasa) jo’natish 
zarurligida ushbu yo’ldagi mavjud signalizatsiya va aloqa vositalari yopiladi hamda poezdlar 
harakati telefon aloqa vositalari orqali quyidagi shakldagi buyruq uzatilib o’rnatiladi: 
"_______ peregonning
 yo’lida ____ soat ____ minutdan boshlab blokirovka 
ishi to’xtatiladi va poezdlar harakati telefon aloqasi orqali bir yo’llik harakat 
qoidalariga asosan o’rnatiladi". 
Poezdlar holatiga bog’liq ravishda qolgan yo’l bo’ylab poezdlar harakatini telefon 
aloqasi orqali o’rnatish xaqidagi buyruq yo’l yopilishi to’g’risidagi buyruq bilan 
birlashtirilishi mumkin. 
283. Yopilayotgan peregonni chegaralovchi stansiyalardan biri boshqa yo’nalish 
poezd dispetcheri tasarrufida bo’lsa, yo’lni yopish xaqidagi buyruq shu poezd dispetcheri 
bilan muvofiqlashtiriladi va unga nusxasi uzatiladi. 
284. Peregon yoki alohida yo’lni yopish to’g’risidagi buyruqni uzatishdan oldin poezd 
dispetcheri peregonni chegaralovchi stansiyalar navbatchilarini shaxsan chaqirib, ularni 
peregon yopilayotganligi xaqida ogohlantirishi, ishlar rahbarining familiyasi va lavozimini
qolayotgan yo’l bo’ylab poezdlarning mo’ljallanayotgan o’tkazish tartibini va boshqa zarur 
ma'lumotlarni aytishi shart. 
285. Peregon yoki yo’l poezd dispetcheri tomonidan ushbu Yo’riqnomada ko’zda 
tutilgan tartibda, paydo bo’lgan to’siqlar bartaraf etilgani, ishlar yakunlangani va peregon 
bo’shatilgani xaqida xabarnoma olinganidan so’ng ochiladi. 
Poezd dispetcheri dispetcherlik farmoyishlari jurnaliga olingan xabarnomaning kelib 
tushgan vaqti, yo’llagan shaxsning lavozimi va familiyasini ko’rsatib yozib qo’yishi shart. 
Ishlar yakulanganligi va poezdlar harakatlanishi mumkinligi xaqidagi yozma xabarnoma yoki 
telefonogramma dispetcherlik farmoyishlari jurnali bilan birga saqlanishi lozim. 
286. Peregon yoki yo’lni ochilishi xaqidagi buyruqni poezd dispetcheri peregonni 
chegaralovchi stansiyalarga va peregonda mavjud yo’l postlariga quyidagi shaklda uzatadi: 



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling