"____ sanadagi № _____ buyruq bekor qilinadi. Peregonning _____ yo’li bo’ylab
__ soat __ minutdan boshlab ______ (juft yoki toqligi ko’rsatiladi) poezdlar harakati
_________ (signalizatsiya va aloqa vositasi ko’rsatiladi) orqali tiklanadi".
290. Harakat grafigida ko’zda tutilmagan ravishda (odamlarni tushirish va chiqarish,
yuklarni ortish va tushirish uchun) peregonda to’xtaydigan poezdni stansiyadan jo’natish
zarurligida, ushbu poezd qo’shni stansiyaga boradigan yoki jo’natilgan stansiyasiga
qaytadigan bo’lsa, poezd holatidan kelib chiqib poezd dispetcheri peregonni chegaralovchi
stansiyalarga poezdning jo’nash va peregonni egallash vaqtini ko’rsatib, ruxsat beradi.
Bunday poezdlar jo’natilganda lokomotiv mashinistlariga, shuningdek, odamlarni
chiqarish va tushirish, yuklarni ortish va tushirishga rahbarlik qilayotgan xodimlarga tegishli
ogohlantirishlar taqdim etiladi. Peregonda to’xtagandan so’ng ushbu poezdlarning
mashinistlari harakatni yuqorida ko’rsatilgan xodimlarning signallariga asosan davom
ettiradilar.
Poezd dispetcheri yoki uning ko’rsatmasiga binoan stansiyalar navbatchilari,
peregonga keyingi yo’ldosh poezdlar jo’natilganda, bu poezdlar mashinistlarini radio aloqa
orqali poezdning grafikda belgilanmagan to’xtash joyi xaqida kilometr va piketni ko’rsatib
xabarlashlari kerak.
Yopilgan peregonlar (yo’llar)ga xo’jalik poezdlari, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi
ushbu Yo’riqnomaning 8-bobida belgilangan tartibda jo’natiladi.
291. Poezdlar harakatida u yoki bu peregon (yo’lda) signalizatsiya va aloqa
vositalarining nosozligi to’g’risida xabar olgan poezd dispetcheri uni dispetcherlik
farmoyishlari jurnaliga yozib qo’yadi va stansiyalar navbatchilari orqali peregon (yo’l)ning
bo’shligini tekshirib, harakatni telefon aloqa vositalari orqali o’rnatilishi to’g’risida quyidagi
shaklda buyruq beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |