O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


"_____ sanadagi №____buyruq bekor qilinadi. Peregonning yo’li bo’ylab


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"_____ sanadagi №____buyruq bekor qilinadi. Peregonning yo’li bo’ylab 
poezdlar harakati ___ soat ___ minutdan boshlab (signalizatsiya va aloqa vositasi 
ko’rsatiladi) orqali tiklanadi". 
287. Har bir yo’l bo’ylab blokirovkali (jumladan, lokomotiv svetoforining 
ko’rsatmalari bo’yicha) ikki tomonlama harakat uchun qurilmalar bilan jihozlangan ikki 
yo’llik peregonda poezd dispetcheri regulirovka tartibida poezdni noto’g’ri yo’ldan jo’natsa, 
ushbu yo’l bo’shligi tekshirilgandan so’ng peregonni chegaralovchi stansiyalarga va 
peregonda mavjud yo’l postlariga quyidagi shaklda buyruq beriladi: 
"____soat ____minutdan boshlab peregonning _____ yo’li bo’ylab ______ (juft 
yoki toqligi ko’rsatiladi) poezdlarning harakati to’xtatiladi. № ___ poezdni _______ 
stansiyasidan bir yo’llik harakat qoidalari bo’yicha jo’nating". 
Noto’g’ri yo’l bo’ylab yo’lovchi poezdini jo’natish to’g’risida shunday buyruqni 
uzatishdan avval dispetcherlik farmoyishlari jurnalida YaDM yo’nalish bo’yicha 
navbatchisining quyidagi buyrug’i yozilishi shart: 
"№ _____ poezdni stansiyadan noto’g’ri yo’l bo’ylab jo’nating". 
Noto’g’ri yo’l bo’ylab birin-ketin ikkita yoki undan ko’p poezd o’tkazilganda buyruq 
matni shunga muvofiq o’zgartiriladi. Peregonda yo’l postlari mavjud bo’lsa, zarur holatda 
ulardan noto’g’ri yo’l bo’ylab bir yo’nalishda harakatlanayotgan poezdlarni chegaralash 
uchun foydalanish mumkin, bu ham poezd dispetcherining buyrug’ida ko’rsatiladi. 
Noto’g’ri yo’ldan poezdni o’tkazish xaqidagi buyruqni olganidan so’ng stansiyalar 
navbatchilari dispetcherning nazorati ostida ushbu Yo’riqnomaning 165-bandida ko’rsatilgan 
shakllar bo’yicha telefonogrammalar bilan almashadilar. 
Yo’l postlari navbatchilari (bir yo’llik peregonlarda ikki yo’llik tutashma postlar va 
uzel oldi postlar bundan mustasno) noto’g’ri yo’l bo’ylab poezdlar harakati to’g’risidagi 
so’zlashuvlarda ishtirok etmaydilar, ammo poezdning jo’natilganligi xaqida telefon orqali 
xabardor qiladilar va uning o’tish vaqtini poezdlar harakati jurnalida qayd etadilar.
Yo’l postlarida chegaralash usuli bilan noto’g’ri yo’ldan birin-ketin bir nechta poezd 
jo’natilganda ushbu postlarning navbatchilari qo’shni stansiyalarga poezdlar o’tgani xaqida 
quyidagi shaklda xabar beradilar: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling