293. Signalizatsiya va aloqa vositalarining faoliyati tiklanganligi to’g’risida
xabarnoma olgan poezd dispetcheri uni dispetcherlik farmoyishlari jurnaliga yozib qo’yadi va
stansiyalar navbatchilari orqali peregon (yo’l)ning bo’shligiga ishonch hosil qilganidan so’ng
peregonni chegaralovchi stansiyalarga quyidagi shaklda buyruq beradi:
"№_____ buyruq bekor qilinadi. ___ soat ____ minutdan boshlab __________
peregonda (peregonning _____ yo’lida) poezdlar harakati ____________ (signalizatsiya
va aloqa vositasi ko’rsatiladi) orqali tiklanadi".
Ko’rsatilgan vaqtdan boshlab stansiyalar poezd dispetcherining buyrug’ida ko’zda
tutilgan aloqa turiga o’tadilar.
Bir yo’nalishda harakatlanish uchun avtoblokirovka bilan jihozlangan ikki yo’llik
peregonlarda avtoblokirovka faoliyatini tiklash xaqidagi buyruq peregon to’g’ri yo’nalishda
jo’natilgan poezdlardan bo’shatilmasdan berilishi mumkin.
294. To’liq sutka davomida ishlamaydigan alohida punktlar yoki yordamchi postlarni
ochilishi yoki yopilishi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i
tomonidan
tasdiqlanadigan tartibga binoan amalga oshiriladi va peregonni
chegaralovchi stansiyalarga
uzatiladigan poezd dispetcherining quyidagi shakldagi buyrug’i bilan rasmiylashgiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: