O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
306. Texnikaviy yoki yuk operatsiyalari amalga oshirilayotgan vagonlar mavjud yo’llarda turtish usuli bilan manyovrlar bajarishga yo’l qo’yilmaydi. Ob-havoning noqulay sharoitlarida (kuchli shamol, tuman, bo’ron), shuningdek, yoritilmaydigan yo’llarda manyovr ishlari o’ta ehtiyotkorlik bilan, zarur holatlarda esa, tezlikni pasaytirib amalga oshiriladi. 307. Xo’jalik poezdlari va yo’l mashinalarini stansiya yo’llaridagi ishi DATK ning tegishli tarkibiy bo’linmasi (yo’l, signalizatsiya va aloqa va h.z. xo’jaliklari) mas'ul xodimining rahbarligida amalga oshiriladi. (307-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil 27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi). Ko’rsatilgan poezd va mashinalarning bir yo’ldan ikkinchisiga yoki stansiyaning boshqa hududiga harakati faqat manyovrlarga rahbarlik qilayotgan shaxs yoki stansiya rahbarining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Zarur holatlarda bunday poezdlar va yo’l mashinalari harakatiga rahbarlik qilish uchun stansiya boshlig’ining ko’rsatmasiga binoan stansiyaning tegishli xodimi tayinlanishi mumkin. 308. Stansiyalarda tormoz yenglarini ajratish va qo’shish vagonlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punkti xodimlari yoki mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, texnologik jarayon yoki stansiya texnikaviy-boshqaruv akti bilan belgilangan boshqa xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Manyovrlarni amalga oshirish paytida tormoz yenglarini ajratish va qo’shish tuzish brigadasi yoki konduktorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarkibga tirkash va undan uzishda tormoz yenglarini lokomotiv brigadasi ajratadi va qo’shadi, lokomotivga bir mashinist xizmat ko’rsatganda esa bu operatsiyalarni vagon ko’ruvchisi amalga oshiradi. 309. Ayrim vagonlarni favqulodda holatlarda va faqat gorizontal sathli yo’llarda qo’l bilan surishga ruxsat etiladi. Stansiyaning asosiy, qabul qilish-jo’natish va saralash yo’llarida vagonlarni qo’l bilan surish taqiqlanadi. Faqat tegishli yo’l bo’linmasi boshlig’i tomonidan belgilangan mas'ul xodimning rahbarligida, ko’pi bilan bitta yuk ortilgan yoki ikkita bo’sh vagonni qo’l bilan surishga ruxsat etiladi. Vagonlarni qo’l bilan surganda quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi: ularni 3 km/soat dan ortiq tezlik bilan surish, bunda vagonlar albatta tirkalgan bo’lishi shart; asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llari yo’nalishida chegara ustunchasidan chetga surib chiqarish; tormoz boshmoqlari yo’q bo’lsa, harakatni boshlash; tormozlash maqsadida g’ildiraklar tagiga shpal, tosh, lom va boshqa buyumlarni qo’yish. Odamlari bor va xavfli yuk ortilgan vagonlarni qo’l bilan surish taqiqlanadi. Vagonlarni kabestan, elektr shpil va boshqa mexanik vositalar bilan surish tartibi mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tasdiqlangan maxsus yo’riqnomalar bilan belgilanadi. (309-bandning 10-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil 27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi). Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling