O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


MANYOVR ISHLARIGA RAHBARLIK QILISH


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

MANYOVR ISHLARIGA RAHBARLIK QILISH 
310. TFQ ning 196-bandiga muvofiq, stansiya yo’llaridagi manyovrlar faqat bir 
xodim, ya'ni stansiya navbatchisi, manyovrlar dispetcheri, saralash tepachasi yoki park 
navbatchisi, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa - poezd 
dispetcherining ko’rsatmasiga binoan amalga oshirilishi shart. Manyovrlarni 
boshqarish bo’yicha vazifalarning taqsimlanishi stansiyaning texnikaviy-boshqaruv 
aktida ko’rsatiladi. 
Manyovr qilayotgan lokomotiv harakatiga faqat bir xodim - ularning to’g’ri bajarilishi 
uchun mas'ul bo’lgan manyovrlar rahbari (poezd tuzuvchi yoki bosh konduktor) rahbarlik 
qilishi lozim. 
Saralash tepachalarida manyovr qilayotgan lokomotiv harakatiga saralash tepachasi 
navbatchisi rahbarlik qilishi mumkin. 
Oraliq stansiyalarda manyovr ishlariga bosh konduktor rahbarlik qilishi mumkin. 
Tuzuvchi brigada yoki bosh konduktor xizmat ko’rsatmaydigan lokomotiv (maxsus o’zi yurar 
harakat tarkibi)ning manyovr harakatlariga ushbu hududda manyovr ishlariga rahbarlik qilish 
xuquqiga ega xodim yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha signalchi (strelkali post navbatchisi) 
rahbarlik qiladi. Bunday sharoitlarda manyovr ishlariga rahbarlik qilishga, shuningdek
stansiya boshliqlari, ularning o’rinbosarlari va boshqa xodimlar DATK mintaqaviy temir yo’l 
uzeli boshlig’i tomonidan belgilangan tartibga muvofiq jalb etilishi mumkin. 
(310-bandning 4-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
311. Manyovr ishlari tuzuvchi yoki tuzuvchilar brigadasi (tuzuvchi va uning 
yordamchisi), shuningdek, bosh konduktor yoki konduktorlik brigadasi tomonidan amalga 
oshiriladi. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqib manyovrlarni amalga oshirish uchun 
tuzuvchilar brigadasi yoki yakka tuzuvchini tayinlash DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli 
boshlig’i tomonidan belgilanadi. 
(311-bandning 1-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Manyovr harakatlarini bajarish uchun tuzuvchilar brigadasi xodimlari tuzuvchi 
tomonidan joylashtiriladi. 
Manyovr lokomotiviga yakka mashinist tomonidan xizmat ko’rsatilishi lokomotiv turi 
va mahalliy sharoitlarga bog’liq ravishda DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan amalga 
oshirilishi mumkin. 
312. Poezd tuzuvchi yoki bosh konduktor manyovr ishlariga topshiriqni faqat 
manyovrlarni boshqarayotgan bir shaxsdan olishi lozim. 
Manyovr ishiga topshiriq aniq va ravshan berilib, manyovrlar rahbari tomonidan har 
bir aloqador xodimga yetkazilishi lozim. 
Manyovrlarni bajarish jarayonida ishlarning belgilangan rejasini o’zgartirish zarurati 
paydo bo’lsa, ushbu o’zgartirish mazmuni bilan manyovrlarda ishtirok etayotgan barcha 
xodimlar oldindan tanishtirilishi lozim. 


313. Manyovr lokomotivining (vagonlar bilan yoki vagonlarsiz) bir manyovr 
hududidan ikkinchisiga harakatlanishiga faqat stansiya navbatchisi (tepacha navbatchisi) yoki 
manyovr dispetcherining ruxsati bilan, harakat yo’nalgan hududning post (park) navbatchisi 
yoki ushbu hududda ishlayotgan poezd tuzuvchisi bilan avvaldan kelihilgandan so’ng ruxsat 
beriladi. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling