321. TFQ ning 207-bandiga muvofiq, manyovrlarni bajarayotganda lokomotiv
brigadasi quyidagilarga amal qilishi shart:
manyovr ishlari topshiriqlarini aniq va o’z vaqtida bajarish;
berilayotgan signallarni diqqat bilan kuzatish, harakatlanish xaqidagi signal va
ko’rsatmalarni aniq va o’z vaqtida bajarish;
yo’llardagi odamlar, strelkalarning holati va harakat tarkibining joylashishini
diqqat bilan kuzatish;
manyovrlar bajarish xavfsizligini va harakat tarkibi butligini ta'minlash.
TFQ ning 198-bandiga muvofiq, manyovrlarni amalga oshirayotgan lokomotiv
mashinistiga, manyovrlar rahbarining ko’rsatmasini shaxsan, radio aloqa, ikki
tomonlama park aloqasi qurilmalari orqali yoki qo’l signal asboblari bilan berilgan
signalini qabul qilmasdan turib, lokomotivni harakatga keltirish taqiqlanadi.
Manyovrlar rahbarining ko’rsatmasi yoki signalidan tashqari, markazlashtirilgan
manyovr marshrutlarining strelkalariga
chiqish oldidan mashinist manyovr
svetoforining
ruxsat
ko’rsatmasi
mavjudligiga
ishonch
hosil
qilishi,
markazlashtirilmagan strelkalarga chiqish oldidan strelka posti navbatchisidan
strelkalarning manyovr harakatlarga tayyorligi to’g’risida signal yoki axborot (shaxsan,
radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari) orqali qabul qilishi lozim.
Manyovr svetoforlari mavjud bo’lmagan hollarda, markazlashtirilgan strelkalarga
chiqish oldidan, mashinist strelkalarning manyovr harakatlariga tayyorligi to’g’risida
stansiya navbatchisidan (shaxsan, radio aloqa, ikki tomonlama park aloqasi qurilmalari
yoki manyovrlar rahbari orqali uzatilgan) axborot qabul qilishi lozim.
Strelka va signallar elektr markazlashtirilgan stansiyalarda, strelkalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |