O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


 TFQ ning 201-bandiga muvofiq, harakat tarkibining peregonga ketib qolish


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

333. TFQ ning 201-bandiga muvofiq, harakat tarkibining peregonga ketib qolish 
xavfi mavjud qiyalikda joylashgan stansiya yo’llaridagi manyovrlar, lokomotivni qiyalik 
tomondan qo’yib, vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilib va sinab ko’rilgandan 
so’ng amalga oshiriladi. Lokomotivni qiyalik tomondan qo’yish imkoniyati bo’lmagan 
hollarda ushbu yo’llarda manyovrlar tisarish usuli bilan amalga oshiriladi, bunda 
vagonlarning avtotormozlari ishga tushirilgan va sinab ko’rilgan bo’lishi lozim. Bunday 
yo’llarga ega stansiyalarda harakat xavfsizligini ta'minlab manyovrlarni amalga 
oshirish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlar bo’yicha Yo’riqnoma bilan 
belgilanib, stansiyaning texnikaviy boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 
Qiyalikda joylashgan yo’llarda manyovrlar amalga oshirilganda barcha holatlarda 
ehtiyot choralari (strelkalarni ajratilgan holatga o’rnatish, ayrim uzilgan qismlar ostiga 
boshmoqlarni qo’yish va boshqa choralar) ko’rilib, uzilgan vagonlarni manyovr tarkibi bilan 
to’qnashuvi, shuningdek, vagonlarni poezdlar harakatlanish marshrutlari yoki manyovr 
hududlariga ketib qolinishining oldi olinishi lozim. 
Manyovr paytida harakat tarkibining ketib qolish xavfi mavjud qiyaliklarda joylashgan 
hudud va yo’llarning ro’yxati, shuningdek, manyovrlar paytida bu hududlarda rioya etilishi 
lozim bo’lgan harakat xavfsizligini ta'minlashning qo’shimcha choralari stansiyaning 
texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 
334. Oraliq stansiyada lokomotivsiz qoldirilgan poezd tarkibi yo’lovchilar o’tishi 
uchun uzilib, ajratilganda ushbu tarkibning har bir qismi o’zi turgan yo’lning profiliga mos 
me'yorlar bo’yicha tormoz boshmoqlari bilan mahkamlanishi kerak. 
335. Tutashtirish va birlashtirish yo’llari tutashadigan xududlarda harakat tarkibini 
stansiya yoki peregonga o’z-o’zidan ketishini oldini olish maqsadida stansiya navbatchilari, 
tuzuvchi brigadalari, strelkali postlar navbatchilari biron harakatdagi tarkib tutash yo’lga 
kirganidan 
(chiqqanidan) 
so’ng 
darhol 
berk 
yo’llar 
strelkalari 
(jumladan, 
markazlashtirilganlari)ni va saqlovchilarini, tushirib yuboruvchi strelka va boshmoqlarni 
normal holatga o’tkazhilari lozim. 
336. Kutilayotgan kuchli shamol to’g’risida ma'lumot olib yoki ma'lumot olinmagan 
bo’lsada, shunday shamol turganda stansiya xodimlari har biri o’z postida harakat tarkibi 
ketib qolishdan ishonchli mahkamlanganligini tekshirib ko’rishi va ushbu Yo’riqnomaning
2-ilovasi 9-bandiga muvofiq qo’shimcha tormoz boshmoqlarini qo’yishi lozim. 
337. Harakat tarkibini peregonga ketib qolish xavfi paydo bo’lganda stansiya 
xodimlari uni to’xtatish uchun darhol ixtiyorida bo’lgan barcha vositalardan foydalanishlari 
shart. Harakat tarkibi peregonga ketib qolganda stansiya navbatchisi ixtiyorida bo’lgan barcha 
vositalardan foydalanib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan poezdlarni ushlab qolish va 
ketib qolgan tarkibni to’xtatish choralarini ko’rish uchun bu to’g’rida peregondagi 
poezdlarning mashinistlariga, poezd dispetcheriga, yo’l postlari, qo’shni stansiya va pereezd 
navbatchilariga va boshqa xodimlarga xabar berishi shart. 
338. Harakat tarkiblarini stansiya yo’llarida mahkamlash operatsiyalari bajarilganida 
xodimlarni o’zaro nazoratini ta'minlovchi quyidagi asosiy qoidalarga rioya etilishi lozim: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling