O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

"Ketma-ket - ikkinchi poezd" deb qayd etiladi. Bunday qaydlar mavjud bo’lsa, 
lokomotivlarning mashinistlari peregon bo’ylab ushbu Yo’riqnomaning 400-bandiga muvofiq 
chiqariladigan DATK boshqaruvi raisining buyrug’ida belgilangan tezliklar bilan 
harakatlanadilar. 
409. Elektr jezl tizimi bilan jihozlangan peregonlarda poezd dispetcherining 
buyrug’iga ko’ra poezdlar vaqtni taqsimlab jo’natilganda, stansiya navbatchisi qabul qilish 
stansiyasining roziligini oladi va apparatdan jezlni chiqarib, uning "Bilet" deb yozilgan 
qismini birinchi jo’natilayotgan poezd mashinistiga, "Jezl" deb yozilgan ikkinchi qismini esa 
ketma-ket boradigan poezd mashinistiga berishi shart. 1 - va 2 - poezdlarning jo’natilgani 
xaqida stansiya navbatchisi qo’shni stansiya navbatchisini xabardor qiladi. 
Ikkinchi poezd biron sababga ko’ra jo’natilmay qolsa, jezl tizimining faoliyati 
to’xtatiladi va poezdlar harakati telefon aloqasi orqali o’rnatiladi. Bunday holatda jezlning bir 
qismi dastlabki jo’nab ketayotgan poezd bilan qo’shni stansiyaga jo’natiladi, u yerda ikkinchi 
qismi bilan burab biriktiriladi va jezl apparatiga solinadi. Shundan so’ng jezl tizimi faoliyati 
tiklanadi. 
410. 
Elektr jezl tizimida poezdlar vaqtni taqsimlab jo’natilganda, ikkinchi poezd 
peregondan jo’natish stansiyasiga qaytadigan bo’lsa, birinchi poezdga jezl, ikkinchisiga - jezl-
kalit taqdim etiladi. Qo’shni stansiya navbatchisi birinchi hamda ikkinchi poezdlarning 
jo’natilgani, shuningdek, ikkinchi poezd peregondan ortiga qaytishi to’g’risida xabardor 
qilinadi. Bunday holatda ikkala poezdning mashinistlariga quyidagi ogohlantirishlar beriladi: 
birinchi poezdga - undan keyin ketma-ket peregondan ortiga qaytadigan ikkinchi poezd 
jo’natilishi to’g’risida, ikkinchi poezdga - vaqtni taqsimlab jo’natilgani va peregondan qaytish 
vaqti to’g’risida. 
15-bob. SEMAFORLARNI QO’LLASH TARTIBI 
411. Kirish, chiqish, o’tish va to’sish semaforlarini doimiy signallar sifatida faqat 
avtomatik blokirovka bilan jihozlanmagan va strelkalari elektr markazlashtirilmagan 
stansiyalarda qo’llash ruxsat etiladi. 
Texnikaviy Foydalanish Qoidalarida doimiy signallar uchun ko’zda tutilgan umumiy 
talablar asosida semaforlarni o’rnatish joyi aniqlanadi. 
412. Semafor machtadan va o’tish yuqori qismida o’rnatilgan, machtaga nisbatan 
gorizontal yoki yuqoriga 135
0
burchak ostida ko’tarilgan holatni egallashi mumkin bo’lgan 
qanotdan iborat. Qanotning gorizontal holati semaforni taqiq ko’rsatmasiga, yuqoriga 
ko’tarilgani esa - ruxsat ko’rsatmasiga mos keladi. 
Kechasi semafor qanotining holati (gorizontal yoki ko’tarilgani) tegishli signal 
chiroqlari bilan ko’rsatiladi. 
413. Zarur holatlarda ikki qanotli semaforlar qo’llanilishi mumkin. Semaforning 
ikkinchi qanoti machtaga nisbatan normal o’rnatiladi. 


414. Bir qanotli semaforlar bilan quyidagi signallar beriladi: 
a) "Yo’l ochiq" - kunduzi oq rangda 135
0
ga ko’tarilgan qanot, kechasi esa - bitta 
yashil chiroq (1-rasm). 
Bu taxlit stansiyada to’xtashga tayyor poezd asosiy yo’lga qabul qilinganda kirish 
semaforlari, shuningdek, chiqish, o’tish va to’sish semaforlari signal beradi; 
b) "To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi" - kunduzi semafor qanotining gorizontal 
holati, kechasi - qizil chiroq (2-rasm). 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling