O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


-bob. POEZDLARNING VAQTNI TAQSIMLASH


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

14-bob. POEZDLARNING VAQTNI TAQSIMLASH 
TARTIBIDA HARAKATI 
398. Vaqtni taqsimlash (ketma-ket) tartibida poezdlar harakati DATK boshqaruvi raisi 
tomonidan belgilanadi. 
399. Poezdlarni vaqtni taqsimlash tartibida jo’natish faqat ayrim, o’tkazish qobiliyati 
cheklangan, kamida tormozlash yo’li masofasida ko’rinishni ta'minlaydigan plan va profilga, 
avtoblokirovka bilan jihozlanmagan yo’llarga ega peregonlarda, shuningdek, avtoblokirovka 
bilan jihozlangan peregonlarda blokirovka qurilmalari uzoq vaqt ishdan chiqqan holatlarda
telefon aloqa vositalari orqali poezdlar harakati o’rnatilgandan so’ng qo’llanishi mumkin. 
400. DATK boshqaruvi raisining buyrug’i bilan poezdlarni vaqtni taqsimlab jo’natish 
ruxsat etilgan peregonlar, ketma-ket jo’natilayotgan poezdlarning eng katta harakat tezliklari 
va jo’natilayotgan poezdlar orasidagi eng kam vaqt oraliqlari belgilanishi lozim. 
401. Vagonlarni peregonga tutash shahobcha yo’llarga qo’yilgan holatlarda, 
shuningdek, jo’natilgan poezd ketidan jo’natilish stansiyasiga qaytadigan xo’jalik poezdlari 
harakatlanganda, vaqtni taqsimlab harakatlanish tartibi DATK tashishlarni tashkil qilish 
boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadi. 


402. Vaqtni taqsimlash tartibida poezdlar harakati poezd dispetcherining tegishli 
peregonni chegaralovchi stansiyalarga uzatiladigan qayd etiluvchi buyrug’i bilan o’rnatiladi. 
403. 
Vaqtni taqsimlab jo’natilganda birinchi poezdning mashinisti peregon uchun 
belgilangan normal tezlikda harakatlanishi lozim. Ikkinchi poezdning mashinisti poezdni 
ushbu holatlar uchun DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan o’rnatilgan tezlikdan 
oshirmasdan, o’ta ehtiyotkorlik bilan va harakatga to’siq uchrasa, darhol to’xtatishga tayyor 
holda yuritishi kerak. 
404. Quyidagi poezdlarni vaqtni taqsimlab (ketma-ket) jo’natish taqiqlanadi: 
a) yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk va odamlar tashiydigan, shuningdek, 
tarkibida 1 klassli xavfli yuk (VM) ortilgan vagonlar va suyiltirilgan gazli sisternalar bor 
poezdlarni. Bunday poezdlar ortidan ham boshqa poezdlarni jo’natish ruxsat etilmaydi; 
b) vagonlarni oldinga qaratib harakatlanganda; 
v) oldinda ketayotgan poezd uchun peregonda to’xtash ko’zda tutilgan bo’lsa; 
g) tuman, bo’ron paytida va signallarni ko’rinishini yomonlashtiradigan boshqa 
noqulay sharoitlarda. 
405. Bir va ikki yo’llik peregonlarda ham poezdlarni vaqtni taqsimlab jo’natish faqat 
telefon aloqa vositalari bo’yicha bir yo’llik harakat qoidalariga asosan yoki elektr jezl 
tizimida amalga oshiriladi. Poezdlarni vaqtni taqsimlab harakatlanishi ruxsat etilgan 
peregonlarning jezl apparatlarida burab chiqariladigan jezllar bo’lishi kerak. 
406. Poezd dispetcherining harakatni telefon aloqa vositalari orqali o’rnatish va 
poezdlarni vaqtni taqsimlab jo’natish xaqidagi buyrug’i olingandan so’ng, bunday poezdlar 
harakati to’g’risida poezd telefonogrammalari bir yo’llik va ikki yo’llik peregonlarda 
quyidagi shakllar bo’yicha uzatiladi: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling