O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


IKKI YO’LLIK UCHASTKALARDAGI POEZDLAR


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

 
IKKI YO’LLIK UCHASTKALARDAGI POEZDLAR 
HARAKATIDA TELEFONOGRAMMALAR SHAKLI 
160. Ikki yo’llik peregonlarda poezdlar qabul qilinganda va jo’natilganda 
telefonogrammalar 3 va 4-shakllarda jo’natiladi, bunda qabul qilish stansiyasidan 4-shakl 
bo’yicha olingan xabar shu yo’nalishda keyingi poezdni jo’natishga xuquq beradi. Poezdlar 
suruvchi lokomotivlar bilan harakatlanganda 3 va 4-shakllarga bunday holatlar uchun ushbu 
Yo’riqnomaning 153-bandida ko’rsatilgan matn qo’shiladi. 
161. Poezd xabar uzatish stansiyasidan to’xtamasdan o’tganda, uning kelishi va 
jo’nashi to’g’risida qo’shni stansiyalarga 11-shakl bo’yicha xabar yuboriladi. 
162. Ikki yo’llik peregondagi yo’l postlari mavjud bo’lsa, jo’natish stansiyasining 
navbatchisi poezd jo’natilganligi xaqida post navbatchisini 3-shakl bo’yicha ogohlantiradi. 
Post navbatchisi postlararo keyingi peregon poezdlardan bo’sh bo’lsa, kirish signalini 
ochib, mashinistga yo’l xati (qog’ozi)ni harakat vaqtida taqdim etgan holda poezdni 
to’xtatmasdan o’tkazib yuboradi. 
Poezd o’tgandan so’ng post navbatchisi kirish signalini yopadi va ikkala qo’shni 
stansiya navbatchilari poezd o’tgani to’g’risida 11-shakl bo’yicha xabar yetkazadi. 
Oldindagi postlararo peregon band bo’lganda, kelayotgan poezd yopiq kirish svetofori 
oldida peregon bo’shaguncha to’xtatiladi. Ushbu poezd jo’natilganligi to’g’risidagi 
telefonogramma orqadagi stansiyaga, u postdan jo’natilgandan so’nggina uzatiladi. 
Poezd kelganligi to’g’risida kelish stansiyasining navbatchisi post navbatchisiga 4-
shakl bo’yicha xabar beradi. 
Yo’l postidagi kirish signalining nosozligida oldindagi peregon bo’sh bo’lganda, post 
navbatchisi poezdni bevosita kirish signali oldida kutib oladi va harakatni davom ettirish 
xuquqini beruvchi yo’l xati (qog’ozi)ni mashinistga taqdim etadi. Yo’l xati (qog’ozi)ning 
tepasida "Kirish signali nosoz" degan belgi qo’yiladi. 
163. Poezd ortiga qaytadigan bo’lib to’g’ri yo’ldan jo’natilganda jo’natish 
stansiyasining navbatchisi qo’shni stansiya (yo’l posti) ga "___ km dan ortiga qaytadigan 
bo’lib" so’zlari qo’shilgan 3-shakldagi telefonogramma bilan xabar yetkazadi, poezdning 
qaytishi to’g’risida esa qo’shni stansiya (yo’l posti)ga 7-shakl bo’yicha xabar qilinadi. 
Jo’natilayotgan poezd mashinistiga matni "____ km dan ortiga qaytadigan bo’lib" 
so’zlari bilan to’ldirilgan yo’l xati (qog’ozi) taqdim etiladi. 
Jo’natilgan stansiyaga qaytayotgan poezdlar peregonda yo’l postlari mavjud bo’lsa 
ularni to’xtamasdan bosib o’tadilar. Qaytayotgan poezd o’tgani to’g’risida ham post 
navbatchisi oldindagi post yoki stansiyaga 7-shakl bo’yicha xabar beradi. 
164. Stansiyalararo peregoning alohida punkti bo’lgan postda tutashuv mavjud bo’lsa, 
poezdlar to’g’ri yo’l bo’ylab stansiyadan tutashuvga va tutashuvdan stansiyaga odatdagi 
tartibda jo’natiladi. Poezd jo’natilganligi to’g’risida stansiya yoki post navbatchisi 3-shakl 
bo’yicha, kelganligi to’g’risida 4-shakl bo’yicha telefonogramma uzatadi. 
Tutashuvga yordamchi post xizmat ko’rsatsa, u faqat tutashuvga borayotgan yoki 
tutashuvdan qaytayotgan poezdlar harakati to’g’risidagi so’zlashuvlarda ishtirok etadi. Poezd 
tutashuvga jo’natilgani to’g’risida qo’shni stansiya va postga 3-shakl bo’yicha "___ km dagi 
postga" so’zlarini qo’shib xabar qilinadi. 


Tutashuv strelkasi normal holatga o’tkazilgandan so’ng poezd kelganligi to’g’risida 
post navbatchisi ikkala stansiya navbatchilariga 4-shakl bo’yicha xabar yetkazadi. Yordamchi 
post xizmat ko’rsatadigan tutashuvdan qo’shni stansiyalardan biriga poezd ushbu 
Yo’riqnomaning 158-bandida ko’zda tutilgan tartibda jo’natiladi. 
165. Poezd regulirovka tartibida (poezd dispetcherining buyrug’i olingandan so’ng) 
noto’g’ri yo’ldan jo’natilganda stansiyalar o’rtasida quyidagi shakldagi telefonogrammalar 
bilan almashinadi: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling