ƠZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARDA YUK VA YO’LOVCHILAR
TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI
ƠZBEKISTON RESPUBLIKASI
TEMIR YƠLLARIDA POEZDLAR
HARAKATI VA MANYOVR
ISHLARI BƠYICHA
YƠRIQNOMA
(27.01.2003 yil holatiga
qo’shivcha va o’zgartirishlar bilan)
( “O’zdavtemiryo’lnazorat”
DI ning
2001 yil 06 noyabrdan 50-son buyrug’i bilan
2001 yil dekabridan kuchga kirgan)
Toshkent
2014 yil
1-BO’LIM
UMUMIY QOIDALAR
1. O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari
bo’yicha Yo’riqnoma
1
, O’zbekiston Respublikasi temir yo’laridan
texnikaviy foydalanish
qoidalari
2
(keyinchalik - TFQ) va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish
bo’yicha yo’riqnoma
3
da belgilangan asosiy qoidalarga muvofiq ravishda
quyidagi qoidalarni
o’rnatadi:
stansiyadagi signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka (SSB)
ning hamda
signalizatsiya va aloqaning turli vositalarida,
jumladan, normal holatlarda ham,
ushbu
qurilmalar nosozligida ham poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazish;
temir yo’llarda va inshootlarda ta'mirlash-qurilish ishlari amalga oshirilayotgan
sharoitlarda poezdlarni qabul qilish va jo’natish;
stansiyalarda manyovrlarni
amalga oshirish;
poezdlarga ogohlantirishlar berish;
poezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini belgilovchi boshqa qoidalar.
Ushbu Yo’riqnomada ko’zda tutilgan talablarni tegishli xodimlar yaxshi bilishlari va
aniq bajarishlari - poezdlar va manyovrlar ishlarini amalga
oshirishda xavfsizlikni
ta'minlashning eng muhim shartlaridan biridir.