O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


 TFQ ning 234-bandiga muvofiq, poezdlar harakatiga rahbarlik qilish bo’yicha


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

2. TFQ ning 234-bandiga muvofiq, poezdlar harakatiga rahbarlik qilish bo’yicha 
har bir stansiya va yo’l posti va har bir poezd bir paytning o’zida faqat bir xodim, ya'ni: 
stansiya – stansiya navbatchisining, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan 
uchastkalarda esa - poezd dispetcherning, post - post navbatchisining, poezd - yetakchi 
lokomotiv (motorvagon poezdi) mashinistining tasarrufida bo’lishi shart. 
Har bir stansiya va yo’l postida poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazishni faqat 
bir xodim - stansiya navbatchisi, dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan 
uchastkalarda esa - poezd dispetcheri boshqarishi mumkin. 
Yo’lning rivojlanganligiga bog’liq ravishda stansiyalarda bir necha stansiya, post yoki 
park navbatchilari bo’lishi mumkin, ularning har biri o’ziga biriktirilgan ish hududida 
poezdlar harakatini yakka o’zi boshqaradi va belgilangan operatsiyalarni bajaradi. Bunday 
xodimlarning boshqaruv hududlarini chegaralanishi va bajaradigan vazifalari stansiyaning 
texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. 
3. Poezdlarni boshqarish va manyovr ishlari bo’yicha barcha farmoyishlar qisqa, 
lo’nda va tushunarli qilib berilishi lozim. Farmoyish bergan xodim har safar uni qisqacha 
takrorini eshitib, farmoyish to’g’ri tushunilganiga, keyinchalik uning to’g’ri bajarilganligiga 
(nazorat uskunalari ko’rsatmalari, ijrochining radio aloqa, park aloqasi orqali yoki shaxsiy 
dokladiga ko’ra) ishonch hosil qilishi kerak. 
Poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazish, shuningdek, manyovr ishlarini bajarish 
bo’yicha barcha ishlar aniq, Texnikaviy foydalanish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi temir 
1
Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekistron Respublikasi Adliya 
vazirligining 13.11.2001 yildan 20-15-273/20- son xati) 
2
Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekistron Respublikasi Adliya 
vazirligining 27.08.2001 yildan 20-15-205/11- son xati) 
3
Davlat ro’yxatidan o’tishga muhtoj emas deb topilgan (O’zbekistron Respublikasi Adliya 
vazirligining 09.11.2001 yildan 20-15-279/20- son xati) 


yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnoma, ushbu Yo’riqnoma va stansiyaning 
texnikaviy-boshqaruv aktiga binoan to’g’ri bajarilishi shart. 
4. Odamlar hayotiga, temir yo’l transportining moddiy-texnika vositalari va inshootlari 
butligiga xavf soluvchi favqulodda holatlar vujudga kelgan sharoitlarda poezdlar harakati va 
manyovr ishlari tartibi tegishli bo’linmalar uchun DATK boshqaruvi raisi tomonidan 
tasdiqlanadigan me'yoriy hujjatlarda belgilanadi. 
5. Signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka qurilmalarini boshqarish, 
svetoforlarni ochish va yopish quyidagi xodimlar tomonidan amalga oshiriladi: 
stansiyada - stansiya navbatchisi (keyinchalik - DSP) yoki yning farmoyishiga binoan 
stansiya navbatchisi huzuridagi operator, markazlashtirish posti operatori yoki strelkali post 
navbatchisi tomonidan; 
yo’l postida - post navbatchisi vazifasini bajaruvchi stansiya navbatchisi (keyinchalik - 
post DSP si) tomonidan; 
dispetcherlik markazlashtirish mavjud bo’lsa - poezd dispetcheri (keyinchalik - DNS) 
tomonidan. 
6. Poezd stansiyadan chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasida yoki chiqish 
svetoforiga ega bo’lmagan yo’llardan jo’nayotgan bo’lsa, peregonni band etishga ruxsat (agar 
u radio aloqa opqali uzatilmagan taqdirda) yetakchi lokomotiv mashinistiga stansiya 
navbatchisi yoki poezdlar harakatiga aloqador stansiya xodimlaridan birining tomonidan 
shaxsan taqdim etiladi, bu stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida ko’rsatiladi. Mashinist 
berilgan ruxsatnoma poezd va peregonning nomeriga mos ekanligiga ishonch hosil qilishi 
kerak. 
7. Signalning taqiq ko’rsatmasida poezdni qabul qilish yoki jo’natish xaqidagi stansiya 
navbatchisining buyrug’i manshinistga radio aloqa orqali uzatilsa, bunday buyruqning matni 
ushbu Yo’riqnomaning 30- va 31-bandlarida belgilangan shakllarga mos kelishi kerak. 
Stansiya navbatchisining poezd mashinistiga radio aloqa orqali buyruq matnini 
yetkazishidan oldin barcha hollarda buyruq nomeri ko’rsatiladi. Mashinist buyruq matnini 
to’liq takrorlashi, stansiya navbatchisi esa - uni to’g’ri qabul qilinganini "To’g’ri, bajaring" 
so’zlari bilan tasdiqlashi va mashinistga buyruq berilgan vaqtni (soat, minut) ko’rsatishi 
kerak. 
8. Kirish, marshrut yoki chiqish svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdlar qabul 
qilingan yoki jo’natilgan holatlarda poezdlar harakati jurnalida poezd nomerining to’g’risida 
("Izohlar" ustunida) tegishli belgi qo’yillishi kerak: 
"PC" (radio aloka orqali), "PS" (taklif signali bo’yicha), "PR" (yozma ruxsatnoma 
bo’yicha). "PC" belgisida, bundan tashqari, buyruqning nomeri va uni mashinistga uzatilgan 
vaqti, shuningdek, svetofor literlari (yoki chiqish svetofori bo’lmasa, jo’natilgan yo’lning 
nomeri) ko’rsatilishi lozim. 
Masalan: "RS № 1 12-00 CH2". Poezdlar harakati jurnalida buyruq matni yozilishi 
talab etilmaydi. 
Mashinistga uzatiladigan buyruqlarni hujjatli ro’yxatlashtirish tizimi bilan jihozlangan 
stansiyalarda svetoforning taqiq ko’rsatmasida poezdlarni qabul qilish va jo’natish 
to’g’risidagi buyruqlap magnitofon tasmasida ham qayd etiladi. 
Poezdlar harakati jurnalida yuqorida ko’rsatilgan qayd barcha holatlarda bo’lishi shart. 
9. Kirish, chiqish (marshrut) svetoforining taqiq ko’rsatmasida poezdlarni stansiyaga 
qabul qilish yoki jo’natishda barcha xolatlarda stansiya navbatchisi, taklif signali knopkasidan 
foydalanishi yoki mashinistga taqiq signalidan o’tishga tegishli ruxsatnoma berishdan avval 


qo’ndoq (knonka) ni svetoforning taqiq ko’rsatmasiga mos holatga keltirishi lozim va 
stansiyaniig texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibda, qabul qilish yo’lining bo’sh 
ekanligi, marshrutdagi strelkalar to’g’ri o’rnatilganligi va tutashtirilgani, poezdni jo’natishda 
esa, byndan tashqari, birinchi blok-uchastka (avtomatik blokirovkada) yoki peregonning 
(yarim avtomatik blokirovkada) bo’sh ekanligiga hamda blok-tizim tegishli harakat 
yo’nalishiga o’tkazilganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Taklif signali knopkasini, toki qabul 
qilinayotgan yoki jo’natilayotgan poezdning yetakchi lokomotivi svetofordan o’tgunicha, 
bosib turish lozim. 
10. Strelka bo’g’izlarida yoki svetoforning taqiq ko’rsatmasida poezdni qabul qilish 
yoki jo’natishda temir yo’l kesishmasini yopilishi to’g’risida "pereezdni yopish" knopkasini 
bosish bilan xabar beriladigan uzoqlashish uchastkalarida joylashgan pereezdlari mavjud 
stansiyalarda, stansiya navbatchisi ushbu knopkani bosishi, poezd pereezddan o’tgandan 
keyin esa uni normal holatga qaytarishi kerak. Bunday stansiyalarda svetoforning taqiq 
ko’rsatmasida poezdni qabul qilish yoki jo’natishda har qanday holatlarda mashinist 
pereezdga kelishda 20 km/soat dan ortiq bo’lmagan tezlikda o’ta hushyorlik bilan 
harakatlanishi, to’siq uchrasa, poezdni darhol to’xtatishga tayyor holda bo’lishi lozim. 
Bunday stansiyalarning ro’yxati DATK bo’yicha buyruq bilan e'lon qilinishi lozim. 
11. Stansiya navbatchisi poezd kelganidan (qaytganidan), jo’naganidan yoki 
o’tganidan so’ng bu to’g’rida darhol qo’shni stansiya navbatchisi va poezd dispetcheriga 
xabar qilishi shart. 
Poezdning jo’nagani (o’tgani) to’g’risida quyidagi shaklda xabar beriladi: 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling