Stansiyaning bir ipli sxemasini o`rganish Stansiyaning ikki ipli sxemasini o`rganish


Download 32.92 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi32.92 Kb.
#1166259
  1   2   3   4
Bog'liq
Hisobot


REJA:

  1. Stansiyaning bir ipli sxemasini o`rganish

  2. Stansiyaning ikki ipli sxemasini o`rganish

  3. Stansiyani rels zanjirlari bilan jihozlasni o`rganish .

  4. Stansiyaning funksional sxemasini o`rganish

  5. Xulosa



Kirish

Zamonaviy temir yo‘l transportining ishi o‘ta yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati jadalligi bilan tavsiflanadi va shuning uchun temir yo‘l stansiyasining o‘tkazish qobiliyatini oshiradigan va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlaydigan o‘ta samarali texnik vositalar: strelkalar va signallarni teleboshqarish va nazorat qilish qurilmalarini keng miqiyosida qo‘llash talab etiladi.


Strelka va signallarni boshqarish amallarini avtomatlashtirish poyezdlar harakati havfsizligini oshiradi, alohida amallar bajarilish davomiyligini qisqartiradi va ketgan vaqtning kamayishi ushbu amallar bilan band bo‘lgan ishchilarning mehnat unumdorligini oshiradi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida ko‘p temir yo‘l stansiyalari blokli elektr markazlashtirish (BEM) va blokli marshrutli releli markazlashtirish (BMRM) qurilmalari bilan jixozlangan. Blokli tuzilmalarni qo‘llanilishi ularni loyihalash, tayyorlash va qurilishini tezlashtirishni ta’minlaydi.

1. Stansiyaning bir ipli rejasi.

Harakatlanuvchi tarkibning poyezdli yoki manyovrli tartibda o‘tishiga tashkillashtirilgan yo‘l marshrut hisoblanadi.


Qabul qilish, jo‘natish va poyezdlarni parkdan parkka yetkazish bo‘yicha barcha poyezdli qatnovlar signallar bo‘yicha amalga oshiriladi va albatta marshrutlashtiriladi.
Manyovrli harakatlanishlar ham marshrutlashtiriladi, stansiyani izoliyasiyalangan rayonlari bundan mustasno, u yerda saralash ishlari amalga oshiriladi va strelkalar mahalliy boshqariladi.
Manyovr ishini harakteriga qarab manyovr svetoforlarini qu‘yidagi holatlardan kelib chiqqan holda joylashtirish mumkin:
- qabul qilish jo‘natish yo‘llaridagi manyovr svetoforlari, shu bilan birga chiqish svetoforlariga qo‘shilgan ular mavjudligida, park yo‘llarida manyovr ishlarini tashkillashtirishga va yo‘llar tomonidan stansiya gorlovinasini to‘sish uchun manyovr svetoforlari (М1, М3, М2, М4);
- qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomon yo‘nalgan manyovr svetoforlari, har bir park yo‘llaridagi shuningdek parklar aro manyovr ishlarini tashkillashtirish uchun xizmat qiladi (depo yo‘llarini, park va yurish yo‘llarini tutashtiruvchi markazlashtirilmagan hududdan markazlashtirilgan hududga kirishga ruxsat etuvchi manyovr svetoforlari) (М1, М3, М5,
М7, M9, М2, М4, М8, М10, М12, М14,);
- stansiya gorlovinasining qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular qabul qilish yo‘nalishida uzun va murakkab marshrutlarni bo‘lish uchun xizmat qiladi; ( М5, М7, М10 М14)
- stansiya gorlovinasining peregon tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular jo‘natish yo‘nalishida murakkab manyovr marshrutlarini bo‘lish uchun xizmat qiladi. ( М16, М6, М11)

Poyezdlar to‘xtovsiz o‘tkaziladigan yoki yassi strelka bo‘ylab 50 km/soat dan yuqori tezlik bilan harakatlanadigan asosiy va yon yo‘llarda machtali svetoforlar o‘rnatiladi (Ч2,Ч5,Н1,Н5). Shuningdek, guruhli svetoforlar (poyezdli va manyovrli), depodan chiqish, tortish, manyovr tarkiblarini to‘xtash yo‘llaridan chiqishni ihotalovchi svetoforlar ham machtali bo‘lishi kerak (Ч2,Н1). Qolgan chiqish va manyovr svetoforlari qoida bo‘yicha pakana svetoforlar bo‘lishi kerak.


Gorlovinada manyovr svetoforlarning joylashtirilishi shunday hisob-kitob bilan amalga oshirilganki, parallel manyovr harakatlanishlar imkoniyati ta’minlangan va burchak kirishlarda ko‘p qatnovni bartaraf etilgan bo’lishi kerak.
Harakatlanuvchi birlikni bir yo‘ldan boshqasiga qayta o‘rnatish imkoniyati shu yo‘lga olib boruvchi strelkalardan oldin manyovr svetoforlarini o‘rnatish bilan amalga oshirildi.
Agar qabul-qilish jo‘natish yo‘li maxsuslashtirilgan – chiqish svetofori bir tomondan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda qarama qarshi tomondan manyovr svetofori qo‘yish ko‘zda tutiladi (M11,М16). Stansiya gorlovinasidagi strelkasiz seksiyalar qoidaga binoan ikkala tomonidan manyovr svetoforlari bilan ajratiladi (M6, M12,).
Qabul qilish-jo‘natish va stansiya va peregonning boshqa yo‘llaridan strelkali hududlar tutashmalar bilan ajratiladi. Kirish svetofori va birinchi kirish strelkasi orasida izolyatsiyalangan uchastka (seksiya) bo‘lishi nazarda tutiladi (НАП,ЧАП).
Agar stansiya gorlovinasi ikki yo‘lli peregonga tutashgan bo‘lsa, unda oxirgi chiqish strelkasi va stansiya chegarasi orasidagi seksiya chiqish strelkasida manyovr svetoforini o‘rnatish ko‘rib chiqiladi. Stansiya chegarasida bitta peregon yo‘li bo‘ylab boshqa yo‘l tubdan ta’mirlanayotganda ikki tomonlama harakatni tashkillashtirish uchun qizil va ikki sariq chiroqli qo‘shimcha kirish svetofor qo‘yish ko‘zda tutiladi. Stansiyaning asosiy yo’llari rim raqamlari bilan belgilangan mos ravishda IП strelkalar peregon tomonidan belgilangan, juft yo’nalish bo’ylab harakatlanuvchi poyezd strelkalari arab juft raqamlari bilan raqamlandi; 1/3, 5/7, 9/11, 13, 15, 17,19 va 2/4, 6/8, 10/12, 14/16, 18, 20, 22, 24 (1-rasm). Undan keyin strelkali hududlarni seksiyalarga bo‘lishni amalga oshiriladi (1-7CП, 3-5СП 9СП, 11-19СП, 13-15СП, 17СП va 2СП, 4-6СП, 2-12П, 10СП, 8-14СП, 16СП, 12-18СП, 20СП, 22-24СП ).
Bitta seksiya uchtadan ortiq bittalik yoki ikkitadan ortiq kesishgan strelkali o‘tkazgichni qamrab olishi mumkin emas. Parallel yo‘llar oralig‘idagi qiyalik strelkalari bir biridan izolyatsiyalanadi, aks holda ikkala strelka bo‘ylab bir vaqtda bir biriga zid bo‘lmagan harakat mumkin emas. Strelkalarni seksiyalarga taqsimlashda mumkin qadar qarshi bo’lmagan marshrutlarning bir vaqtda harakat qilinishini ta’minlash lozim.
Yon yo‘llardan poyezdlarni to‘xtovsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun 1/18 markali strelkali o‘tkazgichlardan foydalaniladi. Kirish svetoforida bunday holatda bitta yashil tasma qo‘llanilgan signallashtirish ko‘zda tutiladi.
Ч2, Ч5, chiqish svetoforlari qabul – jo’natish yo’llari ixtisosligini hisobga olgan holda o’rnatildi.


Download 32.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling