O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha
"5-9 SP uchastka sohta bandlikni ko’rsatmoqda. "X" taklif signalining plombasi
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be
"5-9 SP uchastka sohta bandlikni ko’rsatmoqda. "X" taklif signalining plombasi
uzildi. DSP_____". SSB qurilmalarining nosozligi oqibatida poezdlarni qabul qilish va jo’natish plombalanmaydigan knopkalarga ega (hisoblagich (schetchik)lar mavjud bo’lganda) taklif signallari bo’yicha amalga oshrilgan holatlarda ham stansiya navbatchisi jurnalga tegishli yozuvni kiritadi, bunda jurnaldagi qurilmalarning nosozligi va normal ish holati tiklanganligi xaqidagi yozuvda hisoblagichning ko’rsatmalari ham qayd etiladi. 13. Signalizatsiya va aloqa vositalarining barcha turlarida peregon yoki yo’llarni yopish va ochish, bir yo’llik harakatni o’rnatish, shuningdek, signalizatsiya va aloqa vositalarining bir turidan ikkinchisiga o’tish poezd dispetcherining buyrug’iga asosan amalga oshiriladi. Telefon aloqa vositalariga o’tishdan oldin peregonni chegaralovchi stansiyalarning navbatchilari, boshqaruv uskunalari holatini peregonga chiqishni berkituvchi chiqish svetoforlarining taqiq ko’rsatmasiga mos holatga keltirishlari kerak. Bir yo’llik, shuningdek, yo’llarining birida ikki yo’nalishda harakat tashkil etilgan holatlarda ikki (ko’p) yo’llik peregonlarda ham signalizatsiya va aloqaning asosiy vositalaridan telefon aloqa vositalariga o’tilganda stansiya navbatchilari o’rtasida telefonogrammalar bilan almashish poezd dispetcherlik aloqasi orqali poezd dispetcheri nazorati ostida amalga oshirilishi shart. Poezd dispetcherlik aloqasi nosozligida stansiya navbatchilari mazkur Yo’riqnomaning 44, 45 bandlariga muvofiq harakat qiladilar. 14. Navbatchilikka kirishishdan oldin stansiya navbatchisi quyidagilarni bajarishi lozim: a) mo’ljallanayotgan ishlar rejasi, poezdlarni qabul qilish va jo’natish, manyovrlarga oid ko’rsatma va farmoyishlar, qabul qilish-jo’natish yo’llarida harakat tarkibining mavjudligi va joylashishi, stansiyaga tutash bo’lgan peregon (blok-uchastkalar)dagi ahvol (bo’shligi yoki bandligi) bilan tanishishi; b) SSB va aloqa qurilmalarini boshqarish asboblarining sozligi va ularda ro’yxatga muvofiq plombalarning mavjudligi, o’zi xizmat ko’rsatadigan strelkali o’tkazgichlarning sozligiga ishonch hosil qilishi; v) ish joyida asbob-uskunalar, signal berish ashyolari va anjomlarning sozligi va butligini tekshirish; g) dispetcher farmoyishlari jurnali, poezdlar harakati jurnali, ogohlantirishlar kitobi, ko’rik jurnali, poezd telefonogrammalari jurnali va stansiya navbatchisi tomonidan yuritiladigan poezdlar harakatiga aloqador boshqa kitob va jurnallardagi yozuvlar bilan tanishishi. Navbatchilikka kirishish poezdlar harakati jurnalida quyidagi shakldagi yozuv bilan rasmiylashtiriladi: Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling