O’zdjtu xorijiy til va adabiyoti ingliz tili 2-bosqich 204-guruh Bajardi: Raupova Gulnoza Tekshirdi: Akramov Ulug’bek Reja


Download 170.67 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi170.67 Kb.
#1356714

O’zDJTU Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili 2-bosqich 204-guruh Bajardi: Raupova Gulnoza Tekshirdi: Akramov Ulug’bek

Reja:

  • 1. Muallifning qisqacha biografiyasi.
  • 2. Asar nomi, janri, muallifning ijodiy metodi.
  • 3. Asarning tematik tasnifi.
  • 4. Asar mavzusi.
  • 5. Asarning asosiy g’oyasi.
  • 6. Asar sarlavhasi haqidagi fikrim.
  • 7. Asarning lingvistik tahlili.
  • 8. Asardagi milliy kalorit.
  • 9. Asardagi tugun.
  • 10. Badiiy asardagi konflikt turi.
  • 11. Asar kulminatsiyasi.
  • 12. Asardagi yechim.
  • 13. Asardagi mavjud folklor namunalari.
  • 14. Asardagi eng yaxshi aforizm yoki falsafiy mushohadalar.
  • 15. Asardan olgan taasurotlarim.
  • 16. “Venn” diagrammasi.

Chingiz Aytmatov 1928 yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan. Uning otasi Torekul Aytmatov (1903—1938) avvaliga faol dehqon, so‘ngra sovet hamda partiya ishchisi, Qirg‘iz SSSR Davlat arbobi bo‘lgan, lekin 1937 yil hibsga olinib, 1938 yil otib tashlangan. Onasi - Nagima Xamziyeva Abduvaliyeva (1904 - 1971), millati - tatar, armiya siyosiy ishchisi, keyinchalik jamoat arbobi bo‘lgan. Chingiz, uning akalari va singillari otasining qistovi bilan uning o‘limidan oldin Shekerga ko‘chib kelishgan va shu yerda ulg‘ayishgan. Sakkiz sinfni bitirib, zootexnikumga o‘qishga kiradi va a’lo baholarga bitiradi. 1948 yil Frunzedagi Qirg‘iz qishloq-xo‘jalik institutiga o‘qishga kirib, 1953 yil tamomlaydi. 1952 yil qirg‘iz tilidagi hikoyalarini tez-tez bosma nashrda chop eta boshlaydi. Institutni tamomlagach, uch yil davomida veterinar bo‘lib ishlash bilan birga, yozuvchilik ham qilib, hikoyalarini nashrdan chiqaradi. 1956 yil Moskva Oliy adabiyot kurslariga o‘qishga topshiradi (1958 yil tamomlagan). 1957 yil iyun oyida qirg‘iz tilidagi “Yuzma-yuz” hikoyasi “Ala-Too” jurnalida bosib chiqarilgan. “Jamila” qissasi esa bosma nashrdan ilk bor 1957 yil Lui Aragon tarjimasi bilan fransuz tilida chop etilgan. Shu yili uning hikoyalari “Yangi dunyo” jurnalida nashr qilingan, “Jamila” qissasi ham rus tilida chop etilib, Aytmatovga olamshumul mashhurlik olib kelgan. 1959 yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi a’zosi .

Asar nomi, janri, muallifning ijodiy metodi.

  • Asar nomi: Oq kema
  • Janri: Qissa
  • Metodi: Romantizm

Asarning tematik tasnifi

  • Tarixiy,antastk asar

Asar mavzusi

  • Qissada qahramon hayotda mehr ko’rmagan , uning bobosidan boshqa suyadigan odami, yaxsilik qilish munkun bo’lgan kishisi yo’q/ Shu bois u hayotda ko’rmaganlarini hayolda yaratib, izlaganlarini ramardan topishga urinadi. Oq kemada otamni ko’raman deb o’ylagani sabab uni diydorining, oqibatining ramzi deb biladi

Asarning asosiy g’oyasi.

  • Oq kema qissasida bir bolaning o'y va hayollari, orzulari, kelajakka bo'lgan ishonch, otasiga bo'lgan sog'inchi, Oq kemaga borib otasini ko'rishiga bo'lgan ilinji uni kutishga bo'lgan ishtiyoqi kabilar bayon etiladi

Asar sarlavhasi haqidagi fikrim.

  • Adib Chingiz Aytmatov shu bir bola nigohicha dunyoga boqadi va shu orqali hayotdagi ziddiyatlar, kirdikorlarni biz kabi kitobxonlarga namoyon etadi. Bu holat albatta kitobxonni chuqur o'yga soladi. Yozuvchi asari orqali butun dunyoning Oq kema timsoliga o'xshash oq, pok va to'kis bo'lishini istaydi.

Asarning lingvistik tahlili.

  • Frazeologizmlar
  • Bobomning qo’li gul.
  • Tuya ko’rdingmi yo’q.
  • Uch pulga qimmat
  • Baxt kulib boqdi
  • Bo’yin tovlamo
  • Saranjom-sarishta

Asardagi milliy kalorit.

  • Dafn marosimlari, qabr ustiga marmar todh qo'yish, yangi tug'ilgan bolaga beshik olib kelinishi.

Asardagi tugun.

  • Mo’mi chol nabirasiga shoxdon Ona bugi haqida gapirgani v uni “biz shoxdon ona bug’I avlodidanmiz u bizga beshik keltirgan”

Asardagi konflikt tur

  • Inson-predmet, inson-jamiyat, inson-tabiat

Asar kulminatsiyasi

  • Bola shoxdor ona bug'i kesilib yerda dumalab yotganini ko'rgani. O'razgul shoxdor ona bug'iuni shoxlarini chopayotganini, kallaga bolta bilan urgan va bug'ining ko'zi oqib tushgan joyi

Asardagi yechim.

  • Bolaning o’limi

Asardagi eng yaxshi aforizm yoki falsafiy mushohadalar.

  • Ona bug’uning yetimlarga qarata: “Insonlar qanday yashashlari lozim bo’lsa , shunday yashanglar” deb aytgan nasihati.

Asardan olgan taasurotlarim.

  • Xulosa qilib aytganda asar o’z ichiga xilma-xil voqealarni na’moyon etgan. Asar qahramonobolaning Oq kemani sabr ila, umidni so’ndirmasdan kutganigi. Bu asardagi voqea menga sabr-matonat haqida tushunchasi haqida yaxshigina saboq oldim. Asarning mohiyatida sabr-matonat, ezgulik, yomonlik kabi hislatlarni o’z ichiga olgan. Yozuvchi bu asarni shu darajada mohirlik bilan yozganki kitobxonlar bu asarni o’qigan sari o’qigisi keladi. Go’yoki asar ularni sehrlab qo’ygandek.

“Venn” diagrammasi.


84 kun birga ov qilishib quruq qo’l bilan qaytishgani, Kubadagi kichkina balioqchi qiwlog’ida yashashi, baxti chopgan qayiqda ov qilishi,
Ilgari Manolin ismli bola u bilan baliq ovlagan, u cholga juda ko‘p yordam bergan, ammo bolaning ota-onasi Santyagoni omadsiz deb hisoblab, o‘g‘liga boshqa qayiqda dengizga borishni buyurgan.
Santyago-hech bir gapni ko’ngliga og’ir olmaydi, og’ir va holdan toygan yuzli, ensasi chuqur ajin bosgan
Download 170.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling