O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish
O’zg
Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) Ikkinchidan, ilm-fan rivojining ko`chkisimon rivoji va ilmiy-texnikaviy axborotning shunga o`xshash o`sishi, axborotni uzatish va qayta ishlash tezligini oshishiga olib keladi, buning asosida esa hisoblash texnikasi yotadi. Ta`limni individuallashtirmasdan, zamonaviy axborot tizimlardan foydalanishni ko`z oldiga keltirish mumkin emas. SHuning uchun oliy maktab oldiga kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`rsatilganidek o`qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofaviy ta`lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o`zlashtirish vazifasi qo`yilgan. Uchinchidan, oliy maktab jadallashayotgan ITTning ortib boradigan talablariga to`la javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o`qitishni jadallashtirish, inson organizmi, uning ongini butun imkoniyatini o`qitish jarayonida ishga solishi zarur, ya`ni simvolli ko`rsatuvli o`qitishni jadallashtirishi zarur. Bu esa o`quv jarayonida axborot berilayotganida, o`quv materiallarini strukturalash va tizimga solish o`qitishning komp’yuterlash, o`quv televideniyasidan foydalanishni taqozo etadi. O`.Tolipov modullashgan texnologiyaning afzalligi haqida quyidagicha fikr bildiradi: “Modullashgan texnologiyaning afzalliklaridan biri – ta`lim mazmunini tartibga solishdan iborat bo`lib, bunda mavjud axborotdan shundaylarinigina qat`iylik va qunt bilan tanlab olish kerakki, ular davlat ta`lim standartlari doirasida talabalar faoliyatini etarli darajada muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berishi lozim” [34]. Modulli texnologiya dastlab kasbiy fanlarni o`qitish uchun ishlab chiqilgan bo`lsa, endilikda aniq va tabiiy fanlarni o`qitishda ham muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda. So`nggi yillarda xorijiy tillarni, tarix, tibbiyot fanlarini ham o`qitishda modulli texnologiyadan foydalanish muammolari bo`yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu jarayonning o`ziga xos ob`ektiv va sub`ektiv sabablari bo`lib, ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Modulli o`qitish o`zining tarixiy rivojlanish jarayonida yangi elementlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Natijada mazkur texnologiyaning yangidan- yangi qirralari kashf etilib, turli fanlarni o`qitishda qo`llanilmoqda. O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) 2. Modulli texnologiyani boshqa ta`lim texnologiyalari bilan birgalikda qo`llash imkoniyatlarining kengligi. So`nggi paytlarda modulli ta`limning boshqa o`qitish texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi natijasida pedagogikada «muammoli-modulli», «blokli-modulli o`qitish», «modulli-rivojlantiruvchi ta`lim» kabi tutash texnologiyalar paydo bo`lmoqda. Bu ham modulli ta`lim imkoniyatlarining kengayishiga hamda uning turli fanlarni o`qitishda safarbar etilishiga olib keladi. 3. Fanlarni o`qitish jarayonini loyihalashga bo`lgan ehtiyojning ortib borishi. Masofali ta`limning paydo bo`lishi o`quv materiallarini qaytadan tizimlashni taqozo etadi. Bunda ham modulli texnologiya element va vositalaridan foydalanish eng maqbul yo`l hisoblanadi. Ko`pgina hollarda modulli o`qitish an`anaviy va masofadan turib o`qitish o`rtasidagi oraliq shakl sifatida e`tirof etiladi. Demak, istalgan fan yoki bilimlar sohasi masofali o`qitilar ekan, uning mazmuni mohiyati jihatidan modullarga mos keluvchi bo`laklar asosida shakllantiriladi. 4. Modulli texnologiyaning mustaqil ta`limdagi o`rni. Fanlarning differentsiallashuvi, bilimlar va axborot ko`lamining ortib borishi zamonaviy pedagogikada mustaqil ta`limning salmog’i oshib borishiga olib keladi. Mustaqil ta`limda ta`lim samaradorligini, kafolatli o`zlashtirishni ta`minlash maqsadida ko`pincha o`qitish texnologiyalari qatorida modulli texnologiyadan foydalanilmoqda va hokazo. Qayd qilib o`tilgan sabablar turli fanlarni modulli o`qitish yaxshi samara berishi mumkinligini asoslabgina qolmasdan, uning kelajakda mustaqil va masofali ta`limda istiqbolli ekanligini ham ko`rsatadi. Keyingi yillarda respublikamizda oliy va kasb-hunar ta`limi tizimi muassasalarida modulli o`qitish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borildi va natijalari amalda tatbiq etildi. Bu sohada xaligacha izlanishlar olib borilmoqda, tajribalar o`tkazilmoqda. Modulli o`qitish, kasbiy ta`limning zamonaviy masalalarini xar tomonlama echish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun modulli o`qitish texnologiyasining optimallashgan va sodda ko`rinishda ishlab chiqish muammosini xal etish zarur. O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling