O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet
Nazariy ta`limda mavzu bo`yicha o`quv materialini o`rgatish
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish
Nazariy ta`limda mavzu bo`yicha o`quv materialini o`rgatish bosqichlari Talabani tay- yorlaydi, uning oldiga muammo qo`yadi. Fandan oldingi o`quv materiallarini takrorlaydi Mavzu bo`yicha talabadagi yangi bilimlarni idrok etishga, oldindagilarni eslashga undaydi Mustaqil fikr-lashga, ishlashga, talaba xotirasidagi bilimlarni umumlashtirishga, tahlil qilishga etaklaydi. Talabaga o`quv materialini o`rganishda va mustahkamlashda test topshiriqla ri, nazorat savollari va topshiriqlar bilan yakunlaydi. O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) Ushbu o`quv modulining maqsadi amaliy masalalarning modellarini qurish, chiziqli dasturlash masalalarini grafik metodda echish, chiziqli programmalash masalasining tayanch yechimini toppish ko`nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat. Har bir o`quv moduli boshlang’ich nazoratdan iborat bo`ladi. Buning uchun mavzusiga oid 10 yoki 15 ta testlar tavsiya qilinadi. Bu talabalarning modulga tayyorgarligi, ularda mavzu bo`yicha dastlabki bilimlarning shakllanganlik darajasini aniqlab olish uchun zarur bo`ladi. Modulning ikkinchi bosqichida ushbu o`quv modulining modulli dasturdagi o`rni, uning oldingi o`quv moduli bilan bog’liqligi, asosiy maqsadi nima ekanligi qisqacha bayon etiladi. Modulni bajarish uchun qaysi o`quv darsliklari va qo`llanmalar zarur bo`lishi hamda modulning qisqacha sharhi yozib qo`yilishi maqsadga muvofiq. Fanning ishchi dasturida “Chiziqli dasturlash masalalarini echish” modulining ikki soat nazariy mashg’ulotning mavzusi “Chiziqli programmalash masalalarini geometrik usulda echish”. Mavzuda o`rganilishi lozim bo`lgan asosiy tushunchalar va ulardan foydalanish jarayonlarini talabaga tushuntirib berish kerak. Shu asosida tegishli o`quv materiali hajmini hisobga olgan holda mavzuni bir-biri bilan bog’liq bo`lgan bo`laklarini birlashtirib, o`quv elementlarini hosil qilishga o`tamiz. Shu asosda bu 2 soat uchun mo`ljallangan dars mavzusi asosida 2 ta o`quv elementiga ajratamiz: 1. Funktsiyalar grafigini qurish. 2. Optimal yechimni topish 3. Bunda 1-o`quv elementi bo`yicha o`qituvchi talabalar bilimlarini nazorat qiladi va ularda mavjud bilimlarni yodiga tushiradi. Ikkinchi o`quv elementida optimal yechimni topish usulining mohiyati o`qituvchi tomonidan tushuntiriladi. Dars oxirida esa nazorat savollari yoki testlar yordamida talabalarning o`zlashtirganlik darajasi baholanadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling