O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fani bo`yicha
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish
1.3. “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fani bo`yicha
ta`lim texnologiyalarining kontseptual asoslari O`quv jarayoni bilan bog’liq ta`lim sifatini belgilovchi xolatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma`ruzalar o`qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va mul`timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” kursini loyixalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi: Shaxsga yo’naltirilgan ta`lim. Bu ta`lim o`z mohiyatiga ko`ra ta`lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta`limni loyixalashtirilayotganda, albatta, ma`lum bir ta`lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o`qish maqsadlaridan kelib chiqqan xolda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv. Ta`lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o`zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo`g’inlarini o`zaro boglanganligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta`lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o`quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo`naltirilgan ta`limni ifodalaydi. Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o`quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z-o`zini faollashtirishi va o`z-o`zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta`limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta`lim beruvchi va ta`lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baxolashda O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) birgalikda ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta`lim. Ta`lim mazmunini muammoli tarzda takdim kilish orkali ta`lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob`ektiv karama- karshiligi va uni xal etish usullarini, dialektik mushoxadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo`llash - yangi komp’yuter va axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llash. O`qitishning usullari va texnikasi. Ma`ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyixalash usullari, amaliy ishlar. O`qitishni tashkil etish shakllari: dialog, mulokot xamkorlik va o`zaro o`rganishga asoslangan frontal, kollektiv va gurux.O`qitish vositalari: ishning an`anaviy shakllari (darslik, ma`ruza matni) bilan bir katorda - komp’yuter va axborot texnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari alokaga asoslangan bevosita uzaro munosabatlar. Teskari aloka usullari va vositalari: kuzatish, blits-surov, oralik va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini taxlili asosida o`qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o`quv mashg’uloti boskichlarini belgilab beruvchi texnologik karta kurinishidagi o`quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo`yilgan maksadga erishishda o`qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafakat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashkari mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baxolash: o`quv mashg’ulotida xam butun kurs davomida xam o`qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baxolanadi. “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanini o`qitish jarayonida komp’yuter texnologiyasidan, prezentatsion materiallardan va maxsus o`rgatuvchi interfaol dasturiy majmualardan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baxolash test asosida va komp’yuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o`tkaziladi. O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet Aslonova D. Bajardi: Rahbar: “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish) Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling