Ozgarishlar
ONTOGENEZNING DAVR VA BOSQICHLARI
Download 5.9 Mb. Pdf ko'rish
|
\'14 taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanerofitlar
- Gemikriptofitlar.
- Terofitlar.
ONTOGENEZNING DAVR VA BOSQICHLARI
O’SIMLIKLARDA MAVSUMIY OZGARISHLARNING YASHASH SHAROITIGA MOSLASHISHI О‘simliklar hayotiy shakllarining asosiy belgilaridan biri mavsumiy xodisalar bо‘lib hisoblanadi. О‘rta iqlim sharoitida yashagan о‘simliklarda mavsumiy hodisalar uncha sezilarli bо‘lmaydi. Sovuq va qurg‘oqchil iqlim sharoitida о‘sgan о‘simliklarda esa mavsumiy xodisalar ancha keskin borib, morfologik va anatomik tuzilishlarida о‘zgarishlar paydo bо‘ladi. Fanerofitlar. Kurtaklari qisman ochiq yerdan ancha balandlikda saqlanadi (daraxtlar, butalar, yog‘ochlangan lianlar, omelaga о‘xshagan yarim parazitlar). Xamefitlar. Kurtaklari yerdan ozgina uzoqroqda joylashgan – (20-30 sm oralig‘ida). Bu guruhga yarimbutalar, yarimbutachalar, yostiq tipidagi о‘simliklar, kо‘pchilik о‘rmalovchi sovuq paytlarida kurtaklari qor tagida qishlaydi. Gemikriptofitlar. Kо‘p yillik о‘t о‘simliklar. Bu о‘simliklarning kurtaklari yer yuzasida yoki ozgina tuproqqa kо‘milib yashaydi (yoki о‘simliklarning qurigan shox shabbalarining tagida). Kriptofitlar – geofitlar. Geo – yer. Kurtaklari tuproqning ichida yer yuzasidan ancha chuqurlikda (ildiz poyali, tuganakli, piyozboshli о‘simliklar kiradi) yoki gidrofitlar – kurtaklari suvda qishlovchi о‘simliklar kiradi. Terofitlar. Bir yillik - qishda yoki kuzda butunlay quriydi, kurtaklari qolmaydi. Keyingi yili urug‘lari yordamida kо‘payadi. Bahorda о‘simliklar uchki kurtaklaridan yillik novdalar shakllanadi, barglar, gullar, tо‘pgullar paydo bо‘ladi. Shu bilan birga poya va ildizlarida kambiy jadal ishlab, yangi xujayra va tо‘qimalar paydo bо‘ladi. Bu vaqtda о‘simliklarda oziqa moddalarning harakati tezlashadi. Yangi organlarning paydo bо‘lishi jadallashadi. О‘simlik vegetatsiyasi davomida barglarida fotosintez natijasida paydo bо‘lgan organik moddalar kraxmal donachalari, oqsil va yog‘lar sifatida hujayralarda tо‘planadi. Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling